O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti
Download 1.4 Mb.
|
Amaliyot
AMALIY ISH №11
MAVZU: POLIMETALL RUDALARNI FLOTATSION SXEMASINI TANLASH VA HISOBLASH Au piriti rudalarda oltin zarrachalari har xil kattalikda bo‘lib, asosan pirit mayindespersli, Au zarrachalari bilan bog‘langan bo‘ladi bunday zarrachalarni yuzasini oddiy yanchish usuli bilan ochib bo‘lmaydi. Ruda tarkibilagi piritning miqdori ortib borishi bilan mayin dispersli oltin zarrachalarning miqdori oshib boradi. Oltin piritli rudalarning asosiy qismini tilliruidli rudalar tashkil qiladi. Bunday rudalarda oltin va kumushning sezilarli miqdori tillur bilan bog‘langan bo‘ladi. Tilliruid rudalarning konlarning asosan Avstraliya va Kanadada keng tarqalgan. Hozirgi kunda piritli oltin rudalarni flotatsiya usulidan foydalanib qayta ishlanadi. Qayta ishlangan jarayonining sxemalari keltirilgan: Ruda
Flotatsiya
Flotatsiya CHiqindi Boyitma Kuydirish Siyanlash CHiqindi Oltin saqlangan eritma 2-sxema Zavod sharoitida qo‘yidagi tartibli rudalar qayta ishlanadi. SiO2-65% , Al2O3-11,5 %, Fe-8,1% , S-4,85%, Cl, Pb, Zn -0,01%, peritning miqdori 10% ga teng. Ruda gravitatsiya usulida boyitilib flotatsiya jarayoniga jo‘natiladi. Flotatsiya jarayonida olingan boyitma esa pirometallurgik zavodlarga yuboriladi. Oltin peritli rudalardan chiqadigan chiqindi tarkibidagi oltinning miqdori kvarslar ruda tarkibidan chiqadigan chiqindilardan 30 marta ortiq. CHiqindi tarkibidagi oltin miqdorini 26, 30 % ga kamaytirish uchun chiqindilarni gidrotsiklonda boyitib boyitish stollarda qayta tozalanadi. Ikki marta qayta tozalanandan keyin tarkibidan oltin miqdori 20-30 gr/t, oltin saqlangan boyitma olish mumkin. Bu boyitma tarkibida S 3=4,7 bor. Olingan boyitma pirometallurgik zavodlarga jo‘natiladi. CHiqindi esa yanchishga yuboriladi. SHu texnologiya bo‘yicha oltin ajratib olish darajasi 80,6-82,8% dan 86-88% gacha ko‘tarilgan. Ilova Oltin saralash fabrikasida gratatsiya sexi chiqindilari qayta ishlanadi. Flotamashinaga (100g/t) li ksantagenat, mis kuporosi (20g/t) beriladi, aeroflot 25 g/t asosiy kameraga beriladi. Olingan konsentrali 2 marotoba suyuq shisha yordamida yuviladi. Har bir yuvishdan olingan konsentrat 38-40% S saqlaydi, uni 90-92%-0,074mm gacha yanchib so‘ng siyanlanadi va siyanlash chiqindi sulfat kislota ishlab chiqarish jarayoniga chiqarish zavodiga jo‘natiladi. Leyk Vyu Star zavodi ishlab chiqarish unumdorligi 1800 t/sutka rudani shlyuzlarda boyitiladi, flotatsiyalanadi va uning chiqindisi shuningdek kuyindi siyanlanadi. Bu zavodda gratatsiya keng rivojlangan qaysiki nafaqat ruda balki kuyindi ham siyanlanadi. Flata konsentratni ko‘ydirish jarayonida konsentrat 36% S saqlaydi. Edvers pechlarida 550 0S dan yuqori bo‘lmagan temperaturada olib boriladi. Kuyindi ikki bosqichda siyanlanadi, boshlang‘ich dekantatsiya va filtratsiya olib boriladi. Siyanlash davomiyligi 80-90 soat siyan konsentratsiyasi 0.07 % ishqor 0.02%. Flotatsiya chiqindilari 5 soat davomida past konsentratsiyada (0.02 va 0.002%) ishlanadi. Ruda tarkibida oltin miqdori 7.5 g/t bo‘lganda zavod bo‘yicha umumiy ajralishi 94.2% shuningdek shelyuzda 13% kuyindini siyanlash bilan 57.6%, flotatsiya chiqindisini siyanlash orqali 3.6 %. Sxema bo‘yicha qayta ishlashning kamchiligi erkin oltinning kuydirishga tegishlidir. Bunda oltin engil eruvchi metallar bilan birikib, siyanlanganda erimay chiqindiga chiqib ketadi. Kumush ham kuydirishdan so‘ng yomon ajraladi. SHuningdek kuydirishda kup miqdorda nodirmetallar gazlar bilan qo‘shilib chiqindiga chiqib ketadi. Birinchi o‘rinda siyanlash chiqindilari yuviladi. Sulfidlar mis qo‘porosi bilan aktivlanadi, ishqorli muhitda ksantagenatlar yordamida flotatsiyalanadi. Siyanlangan mahsulotlari siyanlanilishi juda ham past. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling