O‘zbekiston respublikasi navoiy kon metallurgiya kombinati


Download 7.8 Mb.
bet13/52
Sana13.11.2023
Hajmi7.8 Mb.
#1771267
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
Bog'liq
Nodir metallar metallurgiyasi Ma\'ruzalar matni 2023y.

Nazoratsavollari.
1. Gravitatsiya usulida boyitish natijasida qanaqa mahsulotlar olinadi?
2. Gravitatsiya usulida boyitish dastgohlarini sanab bering?
3. Gravitatsiya usulida boyitishning?


Ma’ruza №6. Oltin saqlovchi rudalarni sianlash jarayonining fizika-kimyoviy asoslari.
Reja:
1. Sianlash jarayonining umumiy xossalari.
2. Sianlash tezligiga ta'sir qiluvchi omillar
3. Kation va anionlar. Diffuziya.


Dunyoning zamonaviy oltin ajaratib olish sanoatida oltinni ruda xom ashyosidan ajratib olishning asosiy usuli XIX asrning yarmidan sanoatda qo’llanilib kelinayotgan Rus olimi Bagrationning ishlanmasi hisoblangan sianlash usulidir. Sianlash usulining moxiyati oltinni ishqoriy yer metallari sianidli eritmalarida sianidli kompleks birikmalar hosil qilishi hisoblanadi. Masalan:
2Au + KCN + 0,5O2 + H2O = 2 KAu[(CN)2]+ 2KOH (11)


Reaksiya uchun kerak bo’lgan kislorod havodan beriladi. Bo’sh tog’ jinslarining asosiy qismi sian eritmalari bilan ta’sirlashmaydi va tanlab eritishdan so’ng uni suvsizlantirish usuli orqali ajatib olinadi. Oltin tarkibli eritmadan oltinni ajratib olish uchun rux kukuni yordamida cho’ktiriladi yoki maxsus ionit qatronga o’tkazib ajratib olinadi. Bu usul sementatsiya deb nomlanib ma’lum bir metallaning o’zidan elektromanfiyligi faol bo’lgan metall yordamida cho’ktirilishiga asoslanga va u quyidagi reaksiya bo’yicha boradi:


2 KAu[(CN)2] + Zn = 2 K2Zn(CN)4 + 2 Au (12)

Sianlash oldi tayyorlash jarayoni sifatida gravitatsiya usuli bilan bir qatorda rudani flotatsiya usulida boyitish jarayonini qo’llash ham mumkin. Rudani flotatsiya usulida qayta ishlashda tug’ma oltin yoki oltin saqlovchi sulfidlar ko’pik tarkibiga boyitma holida o’tadi. Buning natijasida gravitatsiya va amalgamatsiya usulida ajratib olish imkoni bo’lmagan mayin oltin zarrali birikmalar ham boyitmaga o’tkazilib ajratib olinadi.


Yuqorida bildirilgan fikrlarni tahlil qilib shuni aytishimiz mumkinki oltin saqlovchi rudalarni asosiy qayta ishlash usuli bu sianlash jarayonidir, gravitatsiya va flotatsiya usullari oltinni dastlabki boyitish jarayonlaridir.
Oltin ishlab chiqarish sanoatining yangi rivojlanayotgan yo’nalishlaridan bir bu oltinni ionitlar yordamida sorsiyalashdir (sorbsiyalash jarayonlari). Oltinni sorbsiyalash nafaqat tiniq sinil eritmalarida balki sianlash jarayoni amalga oshirilgan vaqtdagi pulpalarida ham qo’llash mumkin.
Oltinni qayta ishlash texnologik sxemalar katta turdagi xilma xillikga ega. U yoki bu sxemani tanlash ko’p omillarga bog’liq bo’ladi. Ularning eng asosiylari oltinning ruda tarkibida uchrash formasi(ko’rinishi), uning o’lchami, rudaning ashyoviy tarkibi, Au bilan birikgan minerallar turi (kvar, sulfidlar ba b.) rudada boshqa qimmatbaho komponentlarning mavjudligi, qayta ishlash texnologiyasiga zarar yetkazuvchilarning borligi hisoblanadi.
Oltinni ruda xomashyosidan ajratib olishning texnologik sxemalariga tayyorlash (maydalash, yanchish, saralash), boyitish jarayonlari ( gravitatsiya, flotatsiya usulida boyitish va b.) va metallurgik jarayonlar (sianlash, sorbsiyalash, eritish, kuydirish va h.) kiradi. Tanlangan texnologiya oltinni yuqori darajada ajratib olishni, xomashyodan kompleks foydalanishni, maxsulotlarni energetik va mehnat resurslarini minimal sarflanishini, atrof muhitni ishlab chiqarish chiqindilaridan zararlanishidan himoya qilinishini ta’minlashi kerak.
Oltin ajratib oluvchi korxonalarni so’ngi maxsuloti qoramtir oltin yoki boy oltin saqlovchi cho’kmalar hisoblanadi. Bu maxsulotlarning keying qayta ishlashning jarayonlari maxsusu affinajlash(tozalash) zavodlarida oltin va boshqa nodir metallarni yuqori tozalikda olish imkonini beradi. Polimetall (ko’p metalli) rudalaridan oltin va boshqa nodir metallarni og’ir rangli metall rudalaridan ajratib olish kitobning yuqori bo’limlarida tavsiflab ketilgan. Yuqorida o’tilgan mavzularda biz oltinni gravitatsiya usulida boyitish va amalgamatsiya usulida ajratib olishni ko’rib chiqqan edik. Bu usullarda oltinni ajratib olish yirik o’lchamli oltin zarrachalari uchun yuqori natija beradi, lekin yirik zarrachalar bilan birga oltin rudalarida kichik o’lchamli oltin zarrachalari ham uchraydi. Bunday kichik zarrachalarni amalda gravitatsiya va amalgamatsiya usulida ajratib olib bo’lmaydi, shu sababli oltin zarrachalari chiqindi tarkibida qolib ketadi.
Kichik o’lchamli oltin zarrachalarini ajratib olishni asosiy usullaridan biri bu sianlash jarayonidir. Sianlash jarayonining asosiy mohiyati - nodir metallarni ishqoriy va ishqoriy yer metallari bilan hosil qilgan tuzlar va kislorod yordamida eritishdan iborat.
Sianlash jarayonida oltin va kumush kislorod yordamida Me+1 holigacha oksidlanadi va eritmaga kompleks anion ko’rinishda o’tadi. Jarayonning umumiy kimyoviy ko’rinishi quyidagi 2 ta ketma-ket reaksiya orqali boradi:


2Ме + 4СN- + O2 + 2 H2O = 2[Me(CN)2]- + 2OH- + H2O2


2Ме + 4СN- + H2O2 = 2[Me(CN)2]- + 2OH-

Oltin bilan ko’pincha birinchi reaksiya amalga oshadi, ya'ni:


2Au + 4CN- + O2 + 2H2O = 2 Au[(CN)2]- + 2OH- + H2O2


Kumush uchun esa ikkinchi reaksiya boradi:




4Ag + 8CN- + O2 + 2H2O = 4 Ag[(CN)2]- + 4OH-

Nazorat savollari.


1) Oltinning fizik-kimyoviy xossalari?
2) Oltinnning qotishmalari?
3) Oltinning minerallari va rudalari?


Download 7.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling