O‘zbekiston respublikasi navoiy kon metallurgiya kombinati
Ma'ruza №21: Desorbsiyalash va regeneratsiyalashda qo`llaniladigan dastgohlar
Download 7.8 Mb.
|
Nodir metallar metallurgiyasi Ma\'ruzalar matni 2023y.
Ma'ruza №21: Desorbsiyalash va regeneratsiyalashda qo`llaniladigan dastgohlar
Reja: 1.To`yingan qatronlarni qum-gil, shepa va charm bo`laklaridan tozalash dastgohi 2.Qatronlarni sianlashda qo`llaniladigan dastgohlar. To’yingan qatronlarni qum-gil, shepa va charim bo’laklaridan tozalash. Sorbsiya jarayonidan jo’natilgan qatron o’zi bilan mayin shlamli il atalmish loylar bilan birga keladi. Loyqalar eritmalar bilan ta’sirlashadi va ularni zararlaydi. Shuninig bilan birga regeneratsiyaga qatron bilan birga shepa va charim bo’laklari keladi. Qatrondan shepa, loyqa va charim bo’laklarini tozalashda kallonnadan foydalanib yuqoridan texnik suv bilan yuvish olib boriladi. Sorbsiya bo’linmasidan qatron quvur orqali kalonna yuqorisiga tashlab beriladi. Kalonna pastki qismidan 30-35m3/s hajmda texnik suv beriladi. Yengil bo’laklar(loyqa va qatron) suv oqimi bilan yuqoriga harakatlanadi, og’irroq bo’lgan(shepa va charim) bo’lakalar kalonna tubiga cho’kadi. Shepa va charim sliv quvuri orqali setka ustiga tashlanadi va sianlash va sorbsiya bo’limiga jo’natiladi. Yuqoriga ko’tarilgan qatron va loyqa barabanli g’alvirga tashlanadi va texnik suv bilan qatron loyqalardan yuviladi. Regeneratsiya bo’limiga tushgan qatron ko’z yordamida loyqaga tekshiriladi. QATRONLARNI SIANLI QAYTA ISHLASH. Qatronlarni sianli qayta ishlash jarayoni qatrondan temir va mis metallarini tozalash uchun amalga oshiriladi. Bunda sian eritmasi konsentratsiyasi 40-45g/l. Temir va mis ion ajralish reaksiyasi asosida eritmaga o’tadi: R4Fe(CN)6 + 4CN- 4RCN + Fe(CN)64- (109) R2Cu(CN)3 + 2CN- 2RCN + Cu(CN)32- (110) Temir va mis bilan bir vaqtda eritmaga kobalt va rux ham desorbsiyalanadi, juda oz miqdorda oltin va kumush ham o’tadi. Qatron sianli qayta ishlovdan so’ng NaCN dan yuvishga jo’natiladi. Jarayon davomiyligi 6 soatdan kam emas, qatron eritma muvozanati 1:3; eritmani berilish tezligi 14 14,5m3/s. QATRONNI NATRIY SIANDAN YUVISH. Qatronni natriy sianga yuvish sianidni yo’qotish va keyingi qatronni sulfat kislota bialan qayta ishlash jarayonida HCN tez ajralishini oldini olishdir. Qatronni yuvish qaynoq (55-60оС)ichimlik suvi bilan olib borilib qatronda natriy sianid to 0,1 g/l qolguncha davom ettiriladi. Qaynoq suv va qatron munosabati 3:1 dir. Yuvilgan suv qatronni sianli qayta ishlash uchun eritma tayyorlashga jo’natiladi, yuvilgan qatron esa kislotali qayta ishlashga tushadi. QATRONNI KISLOTALI QAYTA ISHLASH. Kislotali qayta ishlash jarayoni qo’shimcha metall sianid komplekslari ( bu rux, kobalt, nikel komplekslari) ni anionitdan tozalash va qatronni sianid shakldan sulfat shaklga ion almashinish reaksiyalari orqali o’tkazish maqsadidadir: 2RCN + H2SO4 R2SO4 + 2HCN (111) R2Zn(CN)4 + 2H2SO4 R2SO4 + ZnSO4 + 4HCN (112) R2Co(CN)4 + 2H2SO4 R2SO4 + CoSO4 + 4HCN (113) R2Ni(CN)4 + 2H2SO4 R2SO4 + NiSO4 + 4HCN (114) Kislotali qayta ishlashda H2SO4 miqdori 40-50 g/l ni tashkil qiladi. Kislotali qayta ishlashning tugashi H2SO4 miqdorining 10g/l gacha kamayishi bilan belgiladi. Chiquvchi eritma tindirishga jo’natiladi. Tindirishdan hosil bo’lgan tingan mahsulot sorbsiyaning chiqindi yig’iladigan bo’limiga kelib tushadi; 0,5mm qatronli bo’tana kalonna pastki qismidan zumfga quyiladi va nasos orqali sorbsiyaga haydaladi. Kislotali qayta ishlash jarayoni kamida 6soat davom etadi; qatron va eritma mutanosibligi 1:2,32,8 hajm, eritma sarfi – 1516 m3/s. Sulfat kislotali qayta ishlashdan so’ng qatron H2SO4 tadan ichimlik suvi bilan yuviladi, qatron : suv mutanosibligi 1:1,21,4. Suv sarfi soatiga 7m3. Yuvish jarayoni davomiyligi kamida 6 soat. Olingan shepa va charimlar quritilib so’ng yoqishga jo’natiladi va zola olinadi, u tarkibida oltin saqlaganligi uchun eritishga yuboriladi. OLTINNI DESORBSIYALASH. Desorbsiya jarayoninig maqsadi oltin va kumushni qatrondan ajratish va uni regenerat xom-ashyosiga o’tkazishdan iborat. Oltinni desorbsiyalash jaratyoni regeneratsion kalonnalarda olib borilib, eritma sifatida 70-90g/l CS(NH2)2 va 15 20 g/l H2SO4 qo’llaniladi. Desorbsiya jarayoni kamida 6 soat davom etadi; qatron:eritma mutanosibligi 1:(3,0 3,5); olinadigan regenerat xom-ashyosi hajmi soatiga 14 16 m3/s. Oltinni desorbsiyasi quyidagi reaksiya bo’ylab amalga oshiriladi: 2RAu(CN)2 + 2H2SO4 + CS(NH2)2 = R2 SO4 + Au2CS(NH2)2 SO4 + 4HCN (115) Desorbsiyalovchi eritma regenaratsion kalonnaga beriladi so’ngra eritma 550C da bug’ bilan qayta ishlanadi. TIKARBAMIDDAN YUVISH. Jarayonning maqsadi qatronni tiakarbamitdan yuvish va tiamachevina CS(NH2)2eritmasini desorbsiyaga qaytarishdan iborat. Yuvish qaynoq (5560оС) H2SO4 eritmasi bilan 4050 g/l konsentratsiyada olib boriladi. Jarayon davomiyligi 6-soat, qatron:eritma mutanosibligi 1:1,5; eritma sarfi soatiga 7,07,5 m3/s. Tiokarbamitga yuvilgan qatron sulfat kislotaga yuvish uchun jo’natiladi. SULFAT KISLOTADAN YUVISH. Jarayonning maqsadi qatronni qoldiq tiakarbamitga va sulfat kislotaga yuvish. Yuvish qaynoq (5560оС) suvda amalga oshiriladi. Jarayon davomiyligi 6-soat, qatron/suv mutanosibligi 1:1,5; eritma sarfi soatiga 7,07,5 m3/s. Yuvilgan qatron ishqorli qayta ishlashga jo’natiladi. ISHQORLI QAYTA ISHLASH. Jarayonning maqsadi qatrondan tiosulfat, sulfatlarni va oltingugurtni, ruxni yo’qotish va qatronni 15-20 g/l konsentratsiyali NaOH ishtirokida ОН—formaga o’tkazib olish. Jarayon davomiyligi kamida 5-soat, eritma sarfi soatiga 1516 m3/s. Ishqorli eritma qatron bilan birga aralashtirishga jo’natiladi. Qatron/eritma hajmi mutanosibligi 1:2,5. ISHQORDAN YUVISH. NaOH dan yuvish jarayoni qaynoq (5560оС) ichimlik suvi bilan amalga oshiriladi. Jarayon davomiyligi kamida 5-soat. Qatron:eritma hajmi mutanosibligi 1:2,5; suv sarfi hajmi soatiga 1516 m3/s dir. Qayta ishlangan eritma idishga jo’natilib, u yerda uning konsentratsiyasi mustahkamlanib bug’da qizdiriladi va qatronni ishqorli qayta ishlashda qo’llaniladi. Yuvilgan qatron hajmi o’lchangandan so’ng sorbsiya bo’limiga jo’natiladi. Chizma-27. Harakatlanuvchi qatlamda ishlovchi regeneratsion kalonna.(HQK): 1- havo almashtiruvchi quvur; 2- sath o’lchovchi quvur; 3- aeroliftdan chiqqan qatron va eritmani chiqaruvchi quvur; 4- aeroliftga siqilgan havo berish quvuri; 5- kalonnaga qatron berish quvuri; 6- kalonnaning yuqori qismi; 7- drenaj setkasi; 8- perexadnik; 9- qiqa quvur; 10- tirgak; 11- gardish; 12- aerolift; 13- termopara; 14-avariya holati uchun quvur; 15- panjara; 16- kalonnaning pastki qismi; 17- yuvilgan eritmani yetkazuvchi quvur; 18- filtirlovchi to’siq; 19- nazoratchi quvur; 20- yuvush quvuri; 21- bo’luvchidan kelgan yuvulgan suvni uzatish quvuri; 22- havoni taxsimlab beruvchi quvur; 23- teshik; 24- teploizolyatsiya; 25- isitish tizimi-zmevik. Bunday jarayonlar ketma-ketligining afzalligi qo’shimchalar oltinni desorbsiyalashdan avval yo’qotiladi. Shu sababdan regeneratda qo’shimchalar miqdori juda kamdir. Regeneratsiya jarayoning umumiy davomiyligi barcha yuvish jarayonlari bilan birgalikda 200-250soatni tashkil qilib shundan 75-90soatini oltinni desorbsiyalash tashkil qiladi. 4. Regeneratsiya jarayoni vertikal kalonnalarda olib borilib, uning diametrining balandlikka nisbati 8-12(27-chizma). Kalonnaning silindirsimon korpusi yuqori qismida drenaj setkalar bo’lib ular kengayadi. Setkada ionitlar ushlanib qolinib eritma o’tishiga to’sqinlik qilmaydi. Kalonnaning yuqori qismi ikki yarim aylana shaklida tayyorlangan bo’lib, ulardan biri harakatlanmaydi, ikkinchisi esa sharnir orqali burilishi mumkin qilib yasalgan, bunga sabab kalonna yuqori qismi ochilib setkani almashtirish imkoni bo’lsin uchun. Kalonna pastki qismi tubidada yolg’ondakam metall setka bor. Setkalarni nazorat qilish uchun patrubok o’rnatilgan bo’lib, unda qatron paydo bo’lsa demak setkalar zararlangan va tezlik bilan setkalar almashtiriladi. Kalonnaga qatron quvur orqali yuklanadi, chiqarishda esa aerolift va patrubok yordam beradi. Eritmani isitish uchun kalonnada zmevik atalmish isitish tizimi o’rnatilgan bo’lib, uning ichidan qaynoq suv o’tkaziladi. Kalonna kislotali birikmalar bilan ishlashi sababli uning ichki qismi titandan tayyorlangan bo’ladi. Download 7.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling