O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-§. Dastlabki saralab olish tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga beriladigan imtiyozlar
Download 0.51 Mb.
|
775 27.12.2021
4-§. Dastlabki saralab olish tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga beriladigan imtiyozlar
50. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan va OHTMga o‘qishga imtiyozli kirish uchun harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolarga test sinovi natijalari bo‘yicha o‘zlari to‘plagan ballning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball ko‘rinishida imtiyoz beriladi. 51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qaroriga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari ajratilgan besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining amaldagi kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi hamda xodimlari farzandlari ajratilgan ikki foizli kvota asosida OHTMga kursantlarning umumiy qabul soni doirasida o‘qishga kirish huquqiga ega; harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarishda halok bo‘lgan, shuningdek, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarishda yarador bo‘lishi natijasida nogiron bo‘lib qolgan, kontuziya, shikast olgan yoki kasalliklarga duchor bo‘lgan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari OHTMga tanlovsiz qabul qilinadilar. 52. “Ilg‘or serjant” nominatsiyasida respublika turining g‘oliblari bo‘lgan serjantlar OHTMga test sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining serjantlar tarkibi lavozimlarida 5 yil benuqson xizmat qilgan serjantlarga ijobiy tavsifnomalar, qo‘mondonlik, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda yutuqlari mavjud bo‘lgan taqdirda, OHTMga o‘qishga qabul qilishda to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ballning 20 foizi miqdorida qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi. 53. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq: “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylari bitiruvchilariga OHTMga o‘qishga kirishda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi; “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylarini imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga tarkibida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha OHTMga test sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqi beriladi. 54. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1 — 3-o‘rinlarni egallagan shaxslar uch yil muddat davomida amal qiluvchi ixtisoslik fani bo‘yicha sertifikat asosida OHTMga test sinovlarida imtiyoz sifatida maksimal ball to‘plagan hisoblanadi. Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) g‘oliblari OHTM qabul komissiyasining qarori bilan OHTMga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi. 55. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qaroriga muvofiq OHTMga kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha qabul kvotalari ajratiladi. 56. Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari OHTMga belgilangan qabul kvotasidan tashqari test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilinadilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qaroriga muvofiq: terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya OHTMga belgilangan qabul kvotalaridan tashqari; huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya OHTMga ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida qabul qilinadilar. 57. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qaroriga muvofiq “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilari OHTM qabul komissiyasining qarori bilan tegishli yo‘nalish bo‘yicha va belgilangan qabul kvotasi doirasida kirish imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinadi. 58. Nomzodlar bir vaqtning o‘zida ushbu Nizomning 50 — 57-bandlarida ko‘rsatilgan imtiyozlarning ikki va undan ko‘piga ega bo‘lgan hollarda, eng yuqori natija beruvchi imtiyoz qo‘llaniladi. 59. OHTM qabul komissiyasi tomonidan qabul yilining 25-iyunigacha bo‘lgan muddatda test sinovlarisiz OHTMga kirish imtiyoziga ega bo‘lgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘qish yo‘nalishi, shakli va tili ko‘rsatilgan holda, Davlat test markaziga taqdim etiladi yoki Davlat test markazi tomonidan belgilangan elektron platformaga kiritiladi. 60. Chet tilini bilish bo‘yicha kamida V2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat taqdim etganlarga chet tili fanidan to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball qo‘yiladi hamda ular chet tili fanidan test sinovi topshirmaydi. 61. Davlat test markazi tomonidan beriladigan umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan nomzodlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda kirish test sinovlarida ushbu umumta’lim fanidan belgilangan maksimal ballga mutanosib ball beriladi hamda ular ushbu fandan test sinovi topshirmaydi. 62. Nomzodlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling