Tabiat va hayvonot dunyosini himoyasi bo‘yicha tadbirlardagi shaxsiy ko‘rsatkichlari. “Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida tabiatni muhofaza qilish va yurtimizdagi hayvonot dunyosini himoya qilish asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. Shuningdek, uy hayvonlari
va parandalani parvarishlash, chorvachilik va parandachilik bilan shug‘ullanish o‘smirlarda tabiyatga bo‘lgan mehrini shakllantiradi. Bundan tashqari, otryadlar o‘zlarining umumta’lim maktablarida “Yashil makon”larni yaratishlari, respublikada olib borilayotgan “Yashil makon” loyihasi doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etadilar.
Tabiat qo‘ynida o‘tkaziladigan tadbirlar davomida o‘simliklarni o‘rganish va parvarish qilish, yovvoyi hayvonlar va qushlar uchun in, uylar yasab, ularni qulay sharoitlarda ko‘payishlari uchun
o‘z hissalarini qo‘shadilar.
Otryad rahbarlari o‘z otryadlari a’zolarining bu yo‘nalishdagi har bir harakatini, ishtirokini, amalga oshirgan ishlarini alohida qayd etib boradi va hisobotlarini shakllantiradi.
-
haftada bir marotaba, shaxsan o‘zining ish mahsuli bo‘lsa -15 ball,
|
ikki haftada bir marotaba, shaxsan o‘zining ish mahsuli bo‘lsa-10 ball,
|
bir oyda bir marotaba, jamoa takibida ishtirok etsa-5 ball
|
Ommaviy sportni va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdagi ishtiroki “Vatan tayanchi” harakati a’zolari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni nojo‘ya hatti-harakat va odatlardan tiyilishlariga targ‘ib qilishda asosiy tashkilotchilar hisoblanadilar. Har bir otryad reja asosida haftada bir kun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha mavzuviy kunlar, aksiyalar o‘tkazadilar. Otryad a’zolari bu kunda o‘zlarining tashabbus va loyihalari bilan ishtirok etadilar.
Otryad rahbarlari bunday tadbirlarda otryad a’zolarining ishtirokini qayd etib, hisobotlarni shakllantirib boradilar va quyidagicha baholanadi:
-
haftada bir marotaba-15 ball,
|
ikki haftada bir marotaba-10 ball,
|
bir oyda bir marotaba-5 ball
|
“
Do'stlaringiz bilan baham: |