O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati


San’at yo‘nalishidagi tanlovlardagi ishtiroki


Download 230.5 Kb.
bet12/14
Sana08.04.2023
Hajmi230.5 Kb.
#1341202
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Тавсиянома бериш Низоми II 10 07 2022 2

San’at yo‘nalishidagi tanlovlardagi ishtiroki. “Vatan tayanchi” harakatining a’zolari xududlarning sharoitidan kelib chiqib, o‘zlari istiqomat qiladigan viloyat, tuman aholisining uzoq yillar davomida shakllanib kelgan mahalliy urf-odatlari, an’analariga mos bo‘lgan san’atning barcha yo‘nalishlarida ijod qilishlari mumkin. Shuningdek, otryad a’zolarining darsdan keyin bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish uchun tashkil etiladigan to‘garaklarda san’atning o‘zlari tanlagan yo‘nalishlarida mahoratlarini oshirib boradilar. Otryad a’zolari o‘z qobiliyatlari va mahoratlarini mamlakatimizda bosqichma-bosqich o‘tkaziladigan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri keng ko‘lamli tanlovlarda namoyon qilishlari mumkin.
San’at yo‘nalishidagi ko‘rsatkichlari quyidagicha baholanadi:



Xalqaro tanlovlarda:

I-o‘rin uchun - 20 ball;
II-o‘rin uchun - 18 ball;
III-o‘rin uchun 15 ball

Respublika bosqichida:

I-o‘rin uchun - 15 ball;
II-o‘rin uchun - 12 ball,
III-o‘rin uchun - 10 ball.

Viloyat bosqichida:

I-o‘rin uchun - 10 ball;
II-o‘rin uchun - 8 ball;
III-o‘rin uchun - 5 ball.

Tuman bosqichi:

I-o‘rin uchun - 5 ball;
II-o‘rin uchun - 3 ball;
III-o‘rin uchun 2 ball.



Mehr-sahovat tadbirlaridagi shaxsiy ko‘rsatkichlari. Har bir “Vatan tayanchi” otryadlari o‘zlari joylashgan aholi yashash punktlari, mahallalarda istiqomat qiluvchi yordamga muhtoj fuqarolarga, keksalarga g‘amxo‘rlik qiladilar. Otryad rahbarlari tomonidan bu toifadagi fuqarolar otryad a’zolariga taqsimlab beriladi. Otryad a’zolari ixtiyoriy ravishda ularning holidan xabar oladilar va bu haqida o‘z otryadlari rahbarlariga hisobot berib boradilar. Hisobotlar yozma, foto
va video shaklida, vaqti va sanasi aks ettirilgan holda taqdim ettirib boriladi. Otryad rahbarlari hisobotlarni har bir otryad a’zolari hisobiga qayd etib boradi.
Mehr-sahovat tadbirlari, ya’ni, ko‘makka muhtoj qariyalar yoki nogironlarga ko‘maklashish, ularning holidan xabar olish quyidagicha qayd etib boriladi:

haftada bir marotaba-15 ball,

ikki haftada bir marotaba-10 ball,

bir oyda bir marotaba-5 ball




Download 230.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling