O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
Yadro fizika – atom yadrosining tuzilishi, xususiyatlari va yadro ichida yuz beradigan jarayonlarni o‘rganuvchi fandir. XIX asr oxirlariga qadar atom tuzilishi haqida hech narsa ma’lum emas edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021-2023-yillarda fizika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha bir qator qarorlar belgiladi. Bu qarorlar fizika fani bo‘yicha malakali kadrlarni, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini shuningdek, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ilmiy tadqiqotlarning va innovatsiya ishlarining natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirishga katta xizmat qiladi.
“Yadro va elementar zarralar fizikasi” kursi mikrodunyo qonuniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, umumiy fizika fanining oldingi bo‘limlari bilan uzviy bog‘langan bo’lib atom fizikasi fanining mantiqiy davomidir. Prezidentimiz aytganlaridek taraqqiyotning zamini bu ilm-fan va innovatsiyalardir. Shu sababdan hozirgi kunda fizika fani uni bo`limlarini o`rganishga bo`lgan e’tibor yanada kuchaydi.
Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi vaqtda yadro fizika fani oldida: yadro kuchlar tabiatini, elementar zarralar xususiyatlarini hamda termoyadro reaksiyasini boshqarish kabi eng muhim muammolar turibdi. Bu xil muammolarni hal etishda, yagona nazariyani yaratishdagi asosiy qiyinchilik shundan iboratki, yadrodagi nuklonlar orasidagi o‘zaro ta’sirlashuv kuchlarini bilmaymiz (yadro kuchlari tabiatda eng katta kuch, bu kuchdan katta kuchga ega emasmiz, qisqa masofada R~10-13 sm, ta’sirlashuv vaqti t=10-23s bo‘lganligi uchun). Ikkinchi tomondan nuklonlar orasidagi ta’sirlashuvni bilganimizda ham ta’sirlashuv qiymatini hisoblash uchun matematik hisoblash imkoniyatiga ega emasmiz, chunki yadro ko‘p nuklonli sistema. Hozirgi zamon EHM ham hisoblash uchun ojizlik qiladi.
Shuning uchun hozirgi yaratilayotgan nazariyalar tajriba natijalarini umumiylashga asoslangan fenomenologik xususiyatga egadir. Yadro fizika fani hozirgi zamon tezlatkichlari, qayd qiluvchi detektorlar, kameralar, EHM lar, elektron avtomatik qurilmalar yordamida rivojlanib bormoqda. Yadro fizika taraqqiyoti energetika, geologiya, tibbiyot, avtomatika, ekologiya kabi ko‘plab sohalarda keng qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |