O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti


Download 261.62 Kb.
bet7/14
Sana20.06.2023
Hajmi261.62 Kb.
#1634708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Kenjaboyeva Muborakxon

1.3. Ketma-ket yemirilish.

Ko‘pchilik hollarda radioaktiv yadroning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan ikkinchi yadro ham radioaktiv bo‘lib qoladi, ya’ni 1-radioaktiv yadro parchalanishi natijasida 2-yadro va bu parchalanish natijasida 3-yadro va h.k. radioaktiv yadrolar hosil bo‘ladi:123


Bu holda birinchi yadro sonining o‘zgarishi N1, ikkinchi yadrolarning soni o‘zgarishini esa N2 deb belgilab olamiz va ushbu o‘zgarishlarni ifodalovchi quyidagi defferensial tenglamalar sistemasini hosil qilamiz:
(19)
Bu tenglamalarning ma’nosi quyidagicha: 1 – yadroning soni uning parchalanishi hisobiga kamayadi, 2 – yadroning soni ham o‘zining parchalanishi hisobiga kamayadi, ammo shu bilan birga 1 – yadroning parchalanishi hisobiga ortadi. Bu tenglamalar sistemasini yechamiz va quyidagi ifodalarni olamiz:
(20)
= 0 da birinchi yadroning soni N10 ta, ikkinchi yadroning soni esa N20 = 0 bo‘lsin, u holda (8.7) tenglamalar sistemasi quyidagi ko‘rinishga keladi, ya’ni:
(21)
Agar N20 = 0 va T>> T2 (<< 2) bo‘lsa, << T1 vaqt uchun (11) ifoda quyidagi ko‘rinishga keladi:
(22)
Demak, T>> T2 (<< 2) bo‘lgan holda radioaktiv yadrolarning parchalanish qonuni ikkilamchi yadroning parchalanish doimiysi bilan xarakterlanar ekan. Agar >> T2, ya’ni 2>> 1 bo‘lganda (22) ifoda o‘zining chegaraviy qiymatiga yaqinlashadi:
(23)
Agar > 10T bo‘lsa, (23) ifoda quyidagi ko‘rinishga keladi:
(24)
Bu ifoda asriy muvozanat tenglamasi deb ataladi. Bunda vaqt birligi ichida hosil bo‘layotgan ikkilamchi yadrolar soni parchalanayotgan birlamchi yadrolar soniga teng degan ma’noni beradi. Bunga misol qilib radiy parchalanishi natijasida radon hosil bo‘lish jarayonini keltirish mumkin.
Radioaktiv parchalanishlar statistik hodisa hisoblanadi. Muayyan radioaktiv moddadagi barcha atomlar ayni bir vaqtda parchalanmaydi. Ularning ba’zilarida bu jarayon juda qisqa vaqtda bo‘lsa, boshqalarida esa juda uzoq vaqt davomida sodir bo‘ladi. Bundan radioaktiv parchalanish hodisasi statistik hodisa ekanligi, ya’ni noturg‘un yadroni qachon parchalanishini oldindan aytish mumkin emasligi va bu jarayon ehtimollik qonunlari asosida o‘tishi kelib chiqadi. Ushbu jarayonni tavsiflovchi kattaliklardan eng muhimi bu vaqt birligi ichida parchalanish ehtimolligi, ya’ni parchalanish doimiysi hisoblanadi Agarda ta bir xil turg‘un bo‘lmagan yadrolarni olsak, u holda birlik vaqt ichida o‘rtacha N ta parchalanadi. Bu kattalik “aktivlik” deyiladi. Aktivlik radioaktiv moddaning nurlanish intensivligini ko‘rsatadi, ya’ni u radioaktiv yadrolarning parchalanish tezligidir.

Download 261.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling