O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti


-rasm. Alfa yemirilish energiyasining massa soniga bog’liqligi


Download 261.62 Kb.
bet10/14
Sana20.06.2023
Hajmi261.62 Kb.
#1634708
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kenjaboyeva Muborakxon

3-rasm. Alfa yemirilish energiyasining massa soniga bog’liqligi.
Alfa energiyasining massa soni A oshishi bilan o‘sib borishligini tomchi modeliga ko‘ra kulon energiyasi oshishligi bu bilan bog‘lanish engergiyasining kamayib, massasini oshib borishligi bilan tushuntirish mumkin. Ya’ni dastlabki yadroda hosila yadroga qaraganda zaryad katta kulon energiyasi katta bog‘lanish energiyasi kichik, massasi esa oshib boraberadi. Alfa zarralar energiyasi oshib borishligini solishtirma bog‘lanish energiyasiga ko‘ra tushintirish mumkin. Solishtirma bog‘lanish energiyasini massa soniga bog‘liqlik grafigidan ko‘rinib turibdiki, o‘ta og‘ir yadrolarda qariyb 5,5 MeV to‘g‘ri keladi. Bu degan so‘z og‘ri yadrodan bir proton yoki bir neytronni ajratib olish uchun yadroga 5,5 MeV energiya berish zarur, demakdir. Agar ikki proton ikki neytronni bittadan ajratib olish lozim bo‘lsa, yadroga 22 MeV ga yaqin energiya berishga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi tomondan, ma’lumki, alfa-zarraning bog‘lanish energiyasi 28 MeV iborat. Bordiyu, bu zarralar bittadan emas, balki birlashgan holda alfa-zarralar shaklida chiqsa, u holda 6 MeV sof energiya ko‘lga kiritilgan bo‘lur edi, chunki biz 22 MeV energiya qo‘shib, 28 MeV energiya olishimiz kerak edi. Shunday qilib, bunday yadro proton yoki neytron chiqarish bo‘yicha barqaror bo‘lishiga qaramay, alfa-zarralar chiqarish xususida hali ham barkaror emas, chunki alfa-zarralar chiqqanda har doim qariyb 6 MeV dan iborat musbat energiya ajralib chiqadi. Barqaror bo‘lmagan og‘ir yadrolarning 4 dan 9 MeV gacha energiyaga ega bo‘lgan alfa-zarralar chiqarib yemirilishining boisi ham shundadir.
Alfa-yemirilish energiyasining yer noyob elementlarida kichik ~2 MeV, og‘ir yadrolarda (4-9) MeV gacha oshib borishligi massa soni kichik bo‘lganda radiusi va kulon to‘sig‘i kichik bo‘lishligi, A oshishi bilan bu kattaliklarning oshib borishligi sababli deb tushuntiriladi.


2.2. Beta-yemirilish. Beta-yemirilish turlari.

Radioaktiv yadro -yemirilish tufayli qo‘shni izobar yadroga o‘tadi. Beta-yemirilishda yadro zaryadi Z=1 ga o‘zgaradi, massa soni A o‘zgarmaydi. Beta-yemirilish energiyasi 18 keV dan 16 MeV gacha bo‘lib, barcha yadrolar sohasida kuzatiladi. Beta-zarraning aynan elektron ekanligiga e quyidagi ilmiy dalillarni keltirish mumkin:



  1. Beta-zarra zaryadi, massasi, spini, magnit momenti elektronnikiga teng;

  2. +-zarra atom qobiq elektronlari bilan annigillyasiya beradi ++e+ (annigillyasiyalashuni faqat antizarralargina vujudga keltiradi)

  3. Beta-yemirilish atom qobiq elektronlarini yadro tomonidan qamrab olish bilan ham bo‘ladi.

  4. Beta-zarra elektron kabi Pauli tamoyiliga buysunadi, yadrodan chiquvchi -zarra atom qobig‘ida to‘xtab qolmaydi, albatta, atomdan tashqariga chiqib ketadi.

Shunday qilib, aytish mumkinki, -zarra aynan elektron ekan.
Ikkinchi tomondan -zarra yadroda tayyor holda mavjud emas. Yadro proton va neytronlardan iboratdir. Agar yadroda -zarra mavjud deyilsa, u holda yadroning spin va magnit momentlarini tushuntirib bo‘lmaydi. Bundan tashqari energiyasini tushuntirib bo‘lmaydi. Haqiqatdan ham impuls va koordinata noaniqligi tamoyiliga asosan


-yemirilish energiyasidan katta bo‘lib ketadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, -zarra yadroda tayyor holda mavjud emas, yemirilish vaqtidagina paydo bo‘ladi.
Yadroda -yemirilish jarayonini yadrodagi nuklonlarning o‘zaro almashinuvchi ya’ni protonlarning neytronlarga yoki neytronlarning protonlarga almashinuvi tufayli deb qarash kerak. Beta-yemirilish nuklonlar almashinuviga xos jarayondir. -zarralar manbai nuklonlardir. Yadrodan tashqaridagi erkin neytron yarim yemirilish davri 11,7 min. davr bilan proton va beta-zarraga yemiriladi, yadro ichida proton ham -yemirilishni vujudga keltiradi.
Shuni alohida ta’kidlash mumkinki, erkin neytron n p+- bo‘yicha --yemirilar ekan. Bu yemirilish yadro va elektromagnit kuchlari tufayli deb bo‘lmaydi, chunki yadro kuchlari qisqa masofada ta’sirlashuv xususiyatiga ega bo‘lgani uchun erkin neytronga ta’sir etmaydi, neytron zaryadsiz bo‘lgani uchun elektromagnit kuchlari ham ta’sir etmaydi. Demak, beta-yemirilish alohida kuchlar, ya’ni kuchsiz ta’sirlashuv deb ataluvchi kuchlar tufayli ro‘y beradi.
Beta-yemirilishning uch xili uchraydi: --yemirilish, +-yemirilish va e-qamrash.
1. --yemirilish yadroda neytronlar ortiqcha bo‘lishsa, n p+- yemiriladi, bu bilan zaryadi bittaga oshadi.
M:
2. Agar yadroda protonlar ortiqcha bo‘lishsa, p n++ yemirilishi, bu bilan zaryadi bittaga kamayadi.
M:
3. Atom qobig‘idagi elektronni yadro qamrab olishi e-+p n bu bilan yadro zaryadi bittaga kamayishi mumkin.
M:
Elektron qamrash ehtimoliyati atom qobig‘ining yadroga eng yaqin joylashgan
K-qobiq elektronlari uchun eng katta. Bu jarayonda rentgen nurlari va chet qobiq elektronlari chiqishi kuzatiladi.



Download 261.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling