O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti


Tabiiy radioaktiv oilalarga kirmaydigan tabiiy radioaktiv izotoplar


Download 261.62 Kb.
bet6/14
Sana20.06.2023
Hajmi261.62 Kb.
#1634708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kenjaboyeva Muborakxon

Tabiiy radioaktiv oilalarga kirmaydigan tabiiy radioaktiv izotoplar
Jadval 1

Radioaktiv element

Tabiiy izotopning element tabiiy aralashmasidagi miqdori, %

Yarim yemirilish davri, yil

Nurlanish turi

Nurlanishdan keyin hosil bo’lgan element



0,0119

1,31∙109

β-





0,179

2,0∙1016

β -





27,85

6,15∙1010

β -





2,80

6,2∙1016

β -





95,77

6,0∙1014

β -





34,11

1,4∙1021

β -





0,089

7,0∙1010

β -





5,60

5,0∙1010

β -





15,07

6,7∙1011







2,60

2,4∙1010

β -



Sun’iy radioaktiv elementlar 1919 yili Rezerford tabiiy radiofaol element (RaC) chiqargan zarra bilan azot yadrosini bombardimon qilganda bir elementning boshqa elementga aylanishini aniqladi. Bunday sun’iy yadro reaksiyasi quyidagicha yoziladi:


(14)
Alfa-yemirilish mexanizmini ko’rganimizda bizga ma’lum ediki (kvant mexanikasiga asosan), alfa zarracha “tunnel samarasi” orqali yadrodan chiqish ehtimoliyatiga ega bo’ladi. Xuddi shu kabi tashqaridan kelayotgan alfa-zarra energiyasi bombardimon qilinayotgan yadroning sirtidagi potensial to’siq balandligidan past bo’lsa ham “tunnel samarasi” orqali u yadroga tushish ehtimoliyatiga ega ekan va yadro reaksiyasi ketishi mumkin. Shunday qilib, zarra energiyasi potensial to’siq balandligidan ancha past bo’lganda ham yadro reaksiyasi sodir bo’laveradi.
Rezerford tajribasidan bir necha yil keyin, 1934 yili Fredrik Jolio Kyuri va Iren Kyurilar V, Al, Mg elementlarini alfa-zarracha bilan nurlantirib sun’iy beta-faollikka ega bo’lgan nuklidlarni hosil qildilar. Hosil bo’lghan radiofaol nuklidlar radiokimyo yo’li bilan ajratib olingach, ular N, P, Si ekanligi aniqlandi. Shuning uchun ham hosil bo’lgan radiofaol nuklidlar quyidagi yadro reaksiyasida hosil bo’lishi aniqlandi:
(15)
Hozirgi vaqtda mingdan ortiq sun’iy radiofaol nuklidlar ma’lum. Sun’iy radiofaol nuklidlarni hosil qilishda tezlatgichlarda zarralar energiyasini oshirish juda keng imkoniyat yaratdi. Eng katta tezlatgichlardan biri Dubna (Rossiya) shahrida qurilgan bo’lib, unda protonlarga beriladigan energiya 10 GeV ga tengdir. Serpuxov shaharchasidagi yuqori energiyalar institutida esa 76 GeV energiyali sinxrofazotron ishlab turibdi.
Hozirgi zamon tezlatgichlarida hosil qilingan zarralar (protonlar, deytronlar, alfa-zarralar va og’ir ionlar) yordamida og’ir yadrolarni bombardimon qilish natijasida oila boshlig’ining yarim yemirilish davri juda kichik va biz ko’rgan to’rt oilaga parallel bo’lgan deytron yordamida elementi nurlantirilsa, radiofaol bo’lgan yadrosi hosil bo’ladi:
(16)
bu reaksiya natijasida hosil qilingan radiofaol yadrosi quyidagicha qator yemirilish berar ekan:
Beta faol nuklidlar hozirgi vaqtda ko’pchilik elementlarda aniqlangan. Ular tezlatgichlarga tezlashtirilgan zarralar yordamida turg’un (stabil) nuklidlarni bombardimon qilish hamda uran va toriy yadrolar og’ir nuklidlarining yadro reaktorlarida bo’linishi natijasida hosil qilinadi.
Hozirgi vaqtda umumiy nuklidlar soni 1300 dan ortiq bo’lib, Mendeleyev jadvalidagi har bir elementga o’rtacha 10 ga yaqin va undan ko’proq nuklid to’g’ri keladi. Og’ir elementlarda nuklidlar soni orta boradi. Tartib raqami Z bir xil bo’lib, massa sonlari A bilan farq qiluvchi yadrolarga nuklidlar deyiladi. Bundan ko’rinadiki, Mendeleyev jadvalidagi ma’lum xonada turuvchi element nuklidlari shu element yadrosiga neytronlar qo’shilishi yoki kamayishi natijasida hosil bo’ladi. Neytronlar qo’shilishi natijasida hosil bo’lgan yadrolarda protonlar nisbati kamayishi va ayirilishi natijasida esa neytronlar nisbati kamayishi kuzatiladi. Protonlar nisbati kamayishi natijasida hosil bo’luvchi proton defesit (tanqis) yadrolarda neytronlar protonlarga aylanish ehtimoliyati katta bo’lib, yemirilish beradi:
(17)
Neytronlar nisbati kamayishi natijasida hosil bo’luvchi neytron-tanqis yadrolar esa positron chiqarish yoki qobiqlaridan elektron yutishi natijasida turg’un yadrolarga aylanadilar:
(18)
Og’ir yadrolar bo’linishidan hosil bo’lgan qoldiq, yadrolar kuchli proton-tanqis yadrolar bo’lib va bir necha ketma-ket yemirilishdan keyingina turg’un nuklidga aylanadilar. Masalan, qoldiq yadrosining yemirilishini qaraylik:
Bu ketma-ket keluvchi yemirilish turg’un nuklid bilan tugaydi. Agarda uchun neytron va protonlar nisbati bo’lsa, uchun dir. Bunday yadroviy reaksiyalarda [osil qilingan sun’iy radionuklidlar ilmiy ishlarda, xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlatilishidan radioaktiv chiqindilar hosil bo’ladi. Yadroviy qurilmalar, atom sanoati ishlashidan turli mamlakatlar tomonidan o’tkaziladigan yadro qurollari sinovlaridan hosil bo’lib, atrofda tarqaladigan sun’iy radionuklidlar 137Cs, 90Sr, 144Ce, 125Sb, 106Rh va boshqalar ob-havo sharoitlari, shamollar, suvlar oqwimi orqali atrofga tarqalib, atrof-muxit namunalariga o’tirib qoladi va ularning radioaktiv ifloslanishiga olib keladi.



Download 261.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling