O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/253
Sana22.08.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1669088
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   253
Bog'liq
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu

3.BOG’LOVCHISIZ QO’SHMA GAPLAR. 
Bog’lovchisiz qo’shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o’zaro tobe yoki teng 
bog’lovchi vositalarisiz birikadi. Ammo bu gaplarda mazmuniy va intonatsion 
yaxlitlik kuchayadi.[2,62].
For example: The morning dawned, the sun began to shine. 
(Tong otdi, quyosh porlay boshladi). 
Sintaksis masalasi antik davrdan beri o’rganib kelinmoqda va hanuzgacha 
sintaksis masalalari dolzarb hisoblanadi. Sintaksis grammatika fanining bir bo’lagi 
sifatida ko’riladi. Ma’lumki grammatika fani ikki qismdan, ya’ni morfologiya va 
sintaksis yo’nalishlaridan iborat. 
Sintaksis ta’rifiga ingliz, rus va o’zbek olimlari har tomonlama yondashgan. 
Jumladan, rus olimi V.V.Vinogradov sintaksis so’zning bir birikmasi va gap 
tarkibidagi birikish qoidalarini va usullarini hamda so’z birikmalarini, ularning 
tuzilishini, funktsiyasini, rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan deb 
hisoblaydi. 
“Olimlarning ta’kidlashicha, sintaksisning xarakterli xususiyati shundaki
uning har bir o’rganish ob’ekti o’zidan yuqoriroq bo’lgan grammatik birlikning 
struktur elementi sifatida funksiyalashadi. 
Hozirgi kunda V.Vinogradovning nazariyasi va ta’limoti o’rta 
maktablarning darsligida o’z o’rnini topgan, ya’ni maktab o’quvchilarini o’qitishda 
aynan ushbu olimning fikrlariga tayaniladi. 


54 
O’zbek tili sintaksisi tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida dastlab Fitrat 
tomonidan “nahv” atamasi ostida o’rganildi. Shundan so’ng H.Qayumov va 
S.Dalimov ham ikki qismli “Grammatika” asarini yozib, ikkinchi qismini “nahv” 
deb nomlaganlar. 1955-yilda F.Kamol “Qo’shma gaplarga doir masalalar”  
kitobini nashr etdi va unda qo’shma gaplarning maqomi, ularning tasnifi haqida 
dastlabki ma’lumot berdi.“Sintaksis uslubni belgilaydi” deydi Richrd Omon. 
Haqiqatdan, nutqni hosil qilishdagi asosiy sistema bo’lgan sintaksisning har 
qanday tuzilishi va uslubidagi ahamiyatini ta’kidlamasdan ilojimiz yuq, asosiy 
sintaktik birlik gapdir. Sintaksisning nutq uslubini tuzatishdagi ahamiyati antik 
davr olimlarining qarashlarida ham o’z aksini topgan. Masalan: Aristotel o’zining 
“Ritorika” asarida nutqning tinglovchiga ta’sir qiluvchi kuchini xosilga xizmat 
ko’rsatish uchun turli sintaktik jihozlar hosil qilish usullarini saqlash haqida 
tuxtalib o’tgan.[5,1-65].
Xulosa qilib aytish joizki, XXI asrda til sistemalaridan amaliy foydalanish 
muammolari 
tilshunoslikning yangi paradigmalarini o’zida birlashtirgan 
antroposentrik yondashuvning diqqat markazida bo’lmoqda. O’zbek tilshunosligi 
jahon tilshunosligi taraqqiyotining ikkinchi bosqichida unga qo’shildi va u ham o’z 
o’rnida XX asrda o’ziga xos maqsad va vazifalarga ega bo’lgan ikki bosqichni 
bosib o’tdi. O’tgan asrning 80-yillarida tor yo’nalish sifatida ish boshlagan 
substansial lingvistika bugungi kunda jahon tilshunosligi tomonidan e’tirof etildi 
va, hatto, unga ta’sir ko’rsata boshladi. O’zbek tili lisoniy qurilishiga berilgan 
yangi ilmiy-nazariy baho qator monografiya, darslik va qo’llanmalarda o’z 
ifodasini topdi. 
Jahon tilshunosligida lisoniy imkoniyatlarning amaliy voqealanishi-uning 
nutq, jamiyat, madaniyat, milliy tafakkur, xatto sun’iy intellekt bilan uzviy 
munosabatini tekshiruvchi yo’nalishlarning allaqachon shakllanib bo’lganligi ham 
fanimiz oldidagi yangi vazifalarning dolzarbligini ko’rsatadi. 
O’zbek tilshunosligida sintaktik birliklarning substansial tadqiqi natijasida 
ularning lisoniy minimal va maksimal qoliplari aniqlandi. Sodda va qo’shma gap 


55 
orasidagi “oraliq uchinchi” qonuniyatining yaqqol ifodasi sifatida uyushgan gap 
farqlanib, sintaktik strukturalarning darajalanish asosidagi tavsifi berildi. 
O’zbek tilshunosligining navbatdagi vazifasi lisoniy birlik va strukturaning 
nutqiy voqealanishini tekshirish bo’lib, boshqa lison boshqa lisoniy va nolisoniy 
omillar qo’rshovida tahlil qilinadi. Zero har qanday lisoniy birlik nutqda sof holda 
voqelanmaydi va boshqa nolisoniy hamda lisoniy omillardan ajratilgan birlik 
mavhumligicha qolaveradi. Substansial yondashuvning yangi bosqichi diskursiv 
tahlilni taqozo qilmoqda.[5,1-168]. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling