O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/253
Sana22.08.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1669088
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   253
Bog'liq
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu

Kalit so'zlar: arab tili, leksik-semantik xususiyatlar, diniy so‘zlar, 
Avliyo,Islom spravochnigi. 
Kirish. Ushbu maqolani yozishdan ko’zlangan maqsad аrabcha ayrim diniy 
so’zlarni Ozbek tilining izohli lug’ati va islom spravochnigida berilishi masalasini 
yoritishdan iboratdir. Uni qay tarzda vа qay usuldа ifodalanishini arab tili nuqtai 


161 
nazaridan tahlil qilish, hamda ushbu ishdagi аsosiy maqsad uni qo’llash o’rinlarini 
ko’rsatib berishdir. 
Dinga bo‘lgan munosabatni zamon, aniqrog‘i tuzum belgilaydi. Ya’ni diniy 
tushuncha va tasavvur bilan bog‘liq so‘zlarning anglatilgan leksik –semantik 
ma’nolariga o‘sha davr tuzum mafkurasidan kelib chiqib, munosabat bildiriladi. 
Bizning ushbu ishimizdan maqsad « O‘zbek tilining izohli lug‘ati »da diniy so‘zlar 
izohlanishini o‘ziga xos xususityalarini leksik–semantik xususiyatlari qay darajada 
ochib berilishini izohlashda qanday yutuq va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligini 
aniqlashdan iborat.
Asosiy qism. Istiqlol dinimizga keng yo‘l ochib berdi. Bu o‘z navbatda 
islom dini insoniyat uchun muqaddas, oliy ne’mat ekanligini anglab yetishga 
imkon berdi. Islom isnosnlar tomonidan jamiyatga, ma’ naviyatga keltirilayotgan 
jirkanch holatlarni, qusurlarni yo‘qotish, kishilarni Аlloh oldida kelgusi nasllar 
oldida pokiza halol, ma’naviyati yetuk ma’rifatli va ilmli bo‘lish ruhida
tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Anashu narsalarni kishilar ongiga 
yetkazish lozim. Shuning uchun til-nutq zarur bo‘ladi. Til o‘zida bir qancha 
xususiyatlarni qamrab oladi. So‘z ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. Jumladan,
tilimizdagi mavjud diniy so‘zlar ham o‘zining ta’sir doirasi jihatidan mazmunga 
boydir. 
Istiqlol bergan erkinlik tufayli dilimizning tubida yashirinib yotgan Allohga, 
uning payg‘ambarlariga, jumladan Muhammad Rasulullohga bo‘lgan e’tiqodimiz 
dilimiz tubidan, tilimizga chiqdi. Anglashiladiki, sobiq imperiya davridagi 
loyqalangan islomiy so‘zlar tindirilib o‘zining haqiqiy ma’nosiga nisbatan izoh 
berish vaqti yetdi. 
Fikrimizcha har bir diniy so‘z o‘zining asl ma’nosi bilan kishilar ruhiyatiga, 
ongiga chuqur ta’sir etadi. 
Shuning uchun ham “O‘zbek tilining izohli lug’ati”dagi diniy so‘zlar bilan 
Islom spravochnigidagi diniy so‘zlar o‘rtasidagi farqlar kishini taajjubga soladi. 
Biz bir necha so‘zlar izohini ko‘rib o‘tamiz. 
ء یلدر Avliyo (a) 


162 
1 din. E’tiqodli, dindor kishilar nazarida go‘yo karomat qila oladigan, mo‘jizalar 
ko‘rsata oladigan aziz odam. 
2.Ko‘chma, kesat. Ulug‘, zo‘r fahmlangan narsa yo odam. 
3.S.t.hazil. Darvesh sifat, darveshnamo odam hech narsa bilan ishi yo‘q odam 
[6.24 ] 
Avliyo (arabcha- يلد valiy so‘zining ko‘pligi xudoga yaqin odam)-keng 
ma’noda go‘yo kelajak voqealarini oldindan aytib beruvchi, odamlarni
mushkulini 
oson 
qiluvchi 
kishilar-payg‘ambarlar 
sehrgarlar, 
rohinlar,
munajjimlarni umumiy nomi. Go‘yo xudoning alohida marhamatiga bahramand 
bo‘lgan “Xudo bilan insonlar o‘rtasidagi vositachi sifatida odamlarning hayotiga, 
turmushiga ta’sir ko‘rsata oladigan kishi” deb tasavvur qilishgan. Bunday sohta 
tushunchalar asosida ashyolar har xil karomatlar ko‘rsatishgan. Masalan: Bo‘lajak 
voqeani oldindan aytib berishi, ofat, baxtsizliklarni qaytara olish, kishilarni turli 
kasalliklardan, baxtsiz hodisalardan xalos qilishga qodir, deb ishonilgan va ularga 
sig‘inilgan[ 3.46 ] “avliyo” so‘ziga berilgan har ikki ta’rifdan shu narsa ma’lum 
bo‘ladiki, bu adabiyot nashr etilgan davr islom diniga qattiq taziyq o‘tkazilayotgan, 
vijdon erkinligi siqiq holatda keltirilgan zamon edi. Shuning uchun ham islomiy 
so‘zlarning ba’zi birlariga boshqacha urg‘u berilib, buzib ishlatilganligini guvohi 
bo‘lamiz. 
“Avliyo” so‘zi har ikkala adabiyotda izohlangan, lekin keyingi islom 
spravochnigidagi ta’rifda so‘zning kesatiq salbiy ma’nolari bo‘rttirib izohlangan bu 
so‘zdan anglashiladigan bir qator semalar majburan yetishtirilgan. Quyidagi 
misollar asosida bu izohning noto‘g‘riligi to‘la isbotlangan. 
I.O‘zimdan keyingi ummatlarimda sodir bo‘lishidan qo‘rqqan narsam uchtadir. 
1. Boshliqlar zulmi 
2. Munajimlikka (folbinga) ishonish 
3. Taqdirga ishonmaslik, uni yolg‘onga chiqarish 
II. Shirk degani juda-keng ma’nodir kishi qalbida bir kishini muqaddas 
hisoblashi ham shirkdir. 
III. Beshta narsa bor, ularni Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. 


163 
1. Ertaga nima bo‘lishini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. 
2. Xotinimning qornidagi chaqaloqni qanaqa ekanligini hech kim bilmaydi. 
3. Qiyomat qachon bo‘lishini hech kim bilmaydi. 
4. Kishi qayerda bo‘lishini hech kim bilmaydi. 
5. Yomg‘ir qachon yog‘ishini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. 
Muhammad payg‘ambar qissasi, hadislar [4.46-168-749]. 
Bu misollardan so‘ng, diniy islomiy so‘z “Avliyo” so‘zining to‘g‘ri ta’rifini 
topish oson bo‘lmadi. Bizningcha O‘zbek tilining izohli lug’atidagi ta’rif to‘g‘ri 
biroq “islom spravochnigi” dagi berilgan barcha so‘zlarning izohi noto‘g‘ri degan
xulosaga kelish mumkin emas. Chunki ba’zi o‘rinlarda “Islom spravochnigi” dagi 
ta’riflar to‘liq va aniqdir. Masalan: Azon (a) din. So‘fining masjidda jamoat bo‘lib 
namoz o‘qishga chaqirig‘i [6. 31] 
رذر Azon (ar. namozga chaqirish). Islomda har kuni besh mahal o‘qiladigan 
namoz vaqtini e’lon qilish va unga da’vat etish. Namozga har bir masjidda maxsus 
kishi-Muazzin (arab, “azon aytuvchi”) chaqiradi. Islomda yangi tug‘ilgan 
chaqaloqning qulog‘iga azon aytish odati bor. 
Bu bilan chaqaloq go‘yo musulmonlar qatoriga kiritilar emish. Shundan 
so‘ng azonning to‘la matni arab va o‘zbek tillarida keltirilgan. Islom 
spravochnigida ko‘proq shaxs, marosim bilan bog‘liq so‘zlarning ma’nosi 
bo‘rtirilgan. 
Salbiy munosabat esa o’ta oshirib izohlangan . Ayniqsa joy narsa, sifat 
bildiruvchi so‘zlar «Islom spravochnigi»da aniq va to‘liq izohlangan. Buni albatta, 
adabiyotning izohli lug‘atida 60000 dan ziyod so‘zning izohi berilgan bo‘lsa 
“islom sprovochnigi”da esa olti yuzdan ortiq so‘z xususan, diniy so‘zlar 
izohlangan, holos Islom sprovochnigida esa mavzuviy bo‘lib kengroq 
ma’lumotlarga asoslanishi shart. 
Ravza (a) 1. Gulshan, gulzor, bog‘ 
1. Jannat, behisht 
2. Xotin-qizlar ismi [6.610 ]


164 
ةضدر Ravza (Fors rivoyati, hikoyat, kundalik hollarda o‘tadigan shahidlarga
motam tutish haqida o‘qiladigan shar’iy rivoyatlar [ 3.149 ] 
Bu so‘z adabiyotlarda turlicha izohlangan, jumladan bu so‘zni “O‘zbek 
tilining izohli lug’ati”da arabcha deb berilgan bo‘lsa, “Islom spravochnigi”da 
forscha deb berilgan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bizningcha har ikkala 
adabiyotda ham ma’lum kamchiliklar mavjud. Ayniqsa “Islom spravochnigi”da bu 
kamchiliklar ko‘proq ko‘rinadi. 
“O‘zbek tilining izohli lug’atidagi” izohlar ishonarli, ya’ni turli illyustrativ 
misollar asosida isbotlangan. Masalan: 
ةدع Idda (a) din. Erdan ajralguncha shariat bo‘yicha erga tegish man 
qilingan, yuz kunlik muddat. Mening bu xotinimni iddangiz bitishi bilan sizga 
boshqa er qilishga ixtiyor bersalar kerak. A.Qodiriy “O‘tgan kunlar” [6. 314 ]. 
“Islom spravochnigi”dagi ta’rif ham xuddi shunday, lekin badiiy misol yo‘q. 
Shunday bo‘lishiga qaramasdan har ikkalasidagi ta’riflar bir-birini to‘ldiradi. 
Bizningcha, “O‘zbek tilining izohli lug’ati”dagi izohlar to‘g‘ri berilgan. 
Xulosa. Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, tilimizda keng qo’llanilib 
kelayotgan o’zlashma so’zlarning ma’nolari , ishlatilishi borasida mutaxassis 
tadqiqotchilar yanada ko’proq tadqiqotlar olib borishlari bunday chalkashliklarni 
oydinlashtirishga yordam beradi.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling