O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi innovatsion ta’lim universiteti
Download 36.21 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arxeologik tadqiqotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Paleolit davriTosh davri eng uzoq davom etgan tarixiy davr hisoblanib, qadimgi odamlar tomonidan mazkur davrda asosiy mehnat qurollari toshdan yasalgan. Tosh davri milodgacha IV ming yillikkacha davom etgan. Tosh davri arxeologiyada qadimgi (paleolit) va yangi (neolit) tosh davrlariga bo‘linadi. Shuningdek, paleolitdan neolitga o‘tish davrini bir-biriga bog‘lovchi o‘rta tosh davri (mezolit) ga ham bo‘linadi. Tosh davrida insoniyat rivojlanishining natijasi o‘laroq ko‘plab yirik kashfiyotlar qilingan. Ular sirasiga olovni olish va undan foydalanish, kiyim-kechak tayyorlash, uy-joy qurish, kamonning kashf etilishi, turli mehnat, ov va baliqchilik qurollarining yasalishini alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Tosh davrining oxiriga kelib odamlar turli idishlar yasashni, mato tayyorlashni o‘rganadilar. Shuningdek, turli narsa buyumlar, o‘simliklar va hayvonlarning foydali tomonlarini ham o‘zlashtirdilar. Eng diqqatga sazovor jihati dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi, ya’ni mehnat taqsimoti bo‘ldi. Paleolit davri tosh davrining eng qadimgi davri bo‘lib, bundan 2,5 mln.dan 14 ming yillikkacha bo‘lgan davr kiradi. Paleolit davri o‘z navbatida 3 bosqichga bo‘linadi: quyi yoki ilk paleolit (2,5 mln. – 150 mingyillik), o‘rta paleolit (150 ming yillikdan – 40 ming yillikgacha) va yuqori yoki so‘nggi paleolit (40 – 14 ming yilliklar). Insoniyatning qadimgi davri haqida antik davr mualliflarining asarlarida dastlabki ma’lumotlar keltiriladi. Yunon faylasufi Demokrit (mil.av. 460-370) ibtidoiy davr odamlarining hayotini tasvirlar ekan, ularni boshpanasiz, kiyim kechaksiz, olovni bilmay va tartibsiz hayot kechirganliklarini keltirib o‘tadi. Arxeologik tadqiqotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]Aristotel, mil.avv. I asrning 1-yarmida yashab o‘tgan faylasuf Lukretsiyning asarlarida ham qadimgi odamlar hayoti haqida ayrim ma’lumotlar uchraydi. 1813 yilda daniyalik tarixchi Vedel Simonsen qadimgi davr - tosh, bronza va temir davriga bo‘linishini taklif qilgan bo‘lsada arxeologik jihatdan isbot qilib bera olmagan. Buni yana bir daniyalik tarixchi, Kopengagen muzeyining direktori, arxeolog Kristian Yurgensen Tomsen (1788-1865) amalga oshiradi. U topilgan moddiy ashyolarni 3 davr bo‘yicha taqsimlab chiqadi. U aniq bir davrni bermagan bo‘lsada, mehnat qurollarining yasalish uslublaridan kelib chiqib bosqichlargaV bo‘lganligini ko‘rsatadi. Uning bu fikri ko‘pchilik tarixchilar, xususan nemis mutaxasislari tomonidan qattiq tanqid qilinadi. Shved arxeologi Gildebrand Tomsen bilan tanishgach, Lund va Stokgolmdagi muzeylarni uning davrlashtirishi bo‘yicha tuzadi. Keyinchalik buni Germaniyadagi Shverin muzeyi direktori Fredrix Mel ham amalga oshiradi. Shunday qilib Tomsenning arxeologik davrlashtirishi boshqa tarixchilar tomonidan ham qabul qilinadi. 1832 yilda Fransiyaning Somma daryosi bo‘yidagi Abbivil shahri yaqinida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayonida juda katta, hozirgi biror hayvonga teng kelmaydigan suyak qoldiqlari, kremen toshi topiladi. Bu topilmalar bojxona amaldori, havaskor arxeolog Bushe de Pertda katta qiziqish uyg‘otadi. XIX asrning 50-yillarida Olduvay (Tanzaniya) dan keyin 2-o‘rinda turuvchi qadimgi manzilgoh - Sent Ashel tolpiladi. Bu yerdan juda ko‘plab toshdan qilingan “boltalar” topiladi (800 ga yaqin). Ular ustida 25 yil davomida tadqiqot ishlarini olib borgan arxeolog Rigollo ularni soxta emasligini tasdiqlaydi. Keyinchalik Shell (Fransiya), Ispaniyaning Dordon departamentida Solyutre va Mustye manzilgoh� larining topilishi tosh davri qurollarining yasalish uslubi va texnikasini o‘rganishga yo‘l ochib berdi. 1868 yilda Shimoliy Ispaniyada Altamir g‘oridagi qoyatosh suratlari ovchilar tomonidan topiladi va arxeolog Savtuola tomonidan o‘rganiladi. Bunga o‘xshash qoyatosh suratlari Dordondagi La-Mut g‘orida arxeolog Emil River tomonidan o‘rganiladi. 1892 yilda birinchi marta Brassempuida suyakdan qilingan ayol haykalchasi topiladi. O‘rta Osiyoda paleolit davrining o‘rganilish tarixi 1938 yildan boshlanadi. Bu yilda A.P. Okladnikov tomonidan Teshiktosh g‘ori topiladi va mustye davri madaniyati hamda neandertal tipga mansub odam suyaklari topiladi. Bu esa, O‘rta Osiyoning boshqa hududlarida ham ilk paleolit davriga oid yodgorliklarini topib o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ilk paleolit davri yodgorliklarida D.N. Lev, B.A. Ranov, M.M. Gerasimov, R.H. Suleymanov, M.R. Qosimov, N.X.Toshkanboyev, O‘.I. Islomovlar tomonidan tadqiqotlar olib bordilar. Download 36.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling