O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
NKSHT-1-mt topshiriqlari
1.2.Olovbardosh materiallar Toshkent shaxrida joylashgan «Ogneupor» korxonasida ishlab chiqariladi. Bu korxonada shamotli, kaolinli yengil vaznli olovbardosh g’ishtlar ishlab chiqariladi. Angren shahri hududi bu material turini barpo etish uchun kerakli xom ashyo - kaolin va tuproqlarga o’ta boy. Bu esa o’z navbatida 1580°S va undan ham yuqori daraja haroratga chidamli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar yaqin yillar ichida yana qurilajakligidan dalolat beradi. Umuman Respublikada an’anaviy va samarali silikat mahsulotlarining eng muhim turlarini ishlab chiqarilishining zafarli odimi ilgarilab bormoqda. Yuqorida keltirilgan raqamlar O’zbekistonda tsement, keramika, shisha va elektron texnika vositalari (dielektrik va magnit materiallari) sanoatlari mahsulotlarining yillar davomida muntazam oshib borganligini ko’rsatmoqda. Perspektiv planlar bundan keyingi yillarda ham bu materiallarni ishlab chiqarish sur’atini yanada yuksaltirilishi haqida dalolat bermoqda. O’zbekistonda silikat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sohalarni rivojlanishida Respublikamiz olimlarining ham hissalari katta. Ayniqsa bu borada Toshkent kimyo-texnologiya institutining «Silikat materiallar texnologiyasi» kafedrasida Tadjiyev F.X., Otaqo’ziyev T.A., Ismatov A.A va boshqalar, O’zbekistonda Fanlar Akademiyasi qoshidagi «Umumiy va noorganik kimyo» institutining «Silikatlar kimyosi» laboratoriyasida Konsepolskiy I.S. va Sirajiddinov N.A. tomonidan O’zbekistonning mahalliy resurslari asosida olib borilgan va hozirda ham olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining ahamiyati kattadir. O’zbekiston Fanlar Akademiyasining geologiya va geofizika instituti gilmoya laboratoriyasi, O’zbekiston geologiya vazirligining «Ximgeolnorud» tresti, O’rta Osiyo ilmiy-tekshiruv geologiya va mineral xom ashyo instituti, O’zbekiston sanoat qurilishi materiallari konsernining «Toshqurilishmateriallari» loyiha-ilmiy tadqiqot instituti hamda yana bir qator muassasalarda ham silikat mahsulotlari olishga yaroqli yangidan yangi xom ashyo manbalari izlanmoqda, yangi progressiv texnologiyalar yaratish, chiqarilayotgan mahsulot sifati va mustahkamligini oshirish bobida ko’pgina foydali ishlar qilinmoqda. Silikat mahsulotlari ishlab chiqarishning bundan keyingi ravnaqi albatta shu soha mutaxassislarining saviyasiga bog’liq. SHuning uchun ham «Bog’lovchi materiallar kimyoviy texnologiyasi», «Keramika va o’tga chidamli buyumlar kimyoviy texnologiyasi», «SHisha va sitallar kimyoviy texnologiyasi» va «Elektron texnikasi vositalari kimyoviy texnologiyasi» shisha ixtisosliklari talabalari «Silikat va qiyin eruvchi nometall material va buyumlar texnologiyasi» faniga katta ahamiyat berib, shu materiallarning olinish texnologiyasi, xossalari, ishlatiladigan joylari to’g’risida chuqur va har taraflama bilimga ega bo’lishlari kerak. SHunday qilib, silikat va qiyin eruvchi nometall materiallar texnologiyasi sohalariga oid mahsulotlar ishlab chiqarish O’zbekiston Respublikasida yaxshi yo’lga quyilgan. O’zbekistonda yuqori sifatli buyumlar ishlab chiqarish uchun texnika ham, xom ashyo bazasi ham yetarlidir. «Ohangarontsement», «Bekobodtsement», «Quvasoytsement», va «Qizilqumtsement» kabi portlandtsement ishlab chiqaruvchi, «Kvars», «Oniks» va «Asl oyna», kabi shisha mahsulotlari beruvchi, Toshqurilishmaterillari, «Kulol», Toshkent, Quvasoy, Samarqand va Xiva chinni zavodlari kabi keramika buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning dovrug’i faqat Respublikamizdagina emas, balki xorijiy davlatlariga ham keng tarqalgan. Bugungi kundagi vazifa bu yutuqlarimizni avaylab asrash, ularning boy tajribalarini boshqa korxonalarga yoyish va ulardan samarali foydalana bilish, malakali kadrlar tayyorlashni yanada yaxshi yo’lga qo’yishdan iboratdir. SHisha va shisha tayyorlash jarayoni antik Misr, Mesopotamiya, Gretsiya va Rimda eramizdan avvalgi 40-30 asrlarda ma’lum bo’lgan. Markaziy Osiyoga SHisha texnologiyasi sharkiy Xitoy orqali kirib kelgan. Rossiyada birinchi SHisha zavodi 1635 yilda Voskresensk shahri yaqinida ishga tushirilgan. SHisha buyumlarning mustahkamligi, bezararligi, xom ashyosining serobligi keng tarqalishini takozo etdi, ammo ishlab chiqarish texnologiyasining davlat siri hisoblanganligi shishaning jahon bo’ylab tez tarqalishiga yo’l qo’ymagan. O’zbekistonda mustaqillik tufayli SHisha va SHisha buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, tsexlar ko’paymoqda. SHular jumlasiga 1996 yilda ko’rib ishga tushirilgan CHirchiq, Quvasoy SHisha zavodlarini kiritish mumkin. Bundan tashqari bir tomonlama nur o’tkazuvchi, SHishapaket, rangli SHishalar ishlab chiqarish yo’lga kuyilmoqda. Qattiq, amorf, optik diapazonning u yoki bu sohasida (tarkibiga qarab) shaffof bo’lgan, tarkibida SHisha hosil qiluvchi qo’shimchalar (kremniy, bor alyuminiy va boshqalarning oksidlari) hamda metall (litiy, kaliy, magniy, qo’rg’oshin va boshqalar) oksidlari bo’lgan o’ta sovitilgan suyuq mineral eritmalardan olinadigan material SHisha deb ataladi. Vazifasiga ko’ra shishalar qurilish oynalari (deraza oynasi, naqshli, shishabloklari va hokazo), texnik shisha (kvartsli, yorug’lik-texnika, shisha tola), navli shisha va hokazolarga bo’linadi. SHisha tayyorlash uchun sof kvarts qum, ohaktosh dolomit, kal’tsinirlangan soda yoki natriy sul’fat asosiy xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Qurilish oynalarining qurilish-texnika xossalarini yaxshilash uchun ba’zi oynalarning tarkibiga bor oksidi (issiqqa chidamliligini oshiradi), alyuminiy (mustahkamligi va kimyoviy turg’unligini oshiradi), ftor, rux va boshqalar kiritiladi. Rangli shisha olish uchun marganets peroksid, xrom, kobal’t oksidlari va boshqalardan foydalaniladi. SHisha ishlab chiqarish xom ashyo materiallar tayyorlash (boyitish, quritish, maydalash); shixta tayyorlash (komponentlarni aralashtirish va briketlash); shisha suyuqlantirish o’choqlarida 1400-1500 0C da suyuqlantirish; shisha massasini kerakli haroratgacha sovitish (bunda shisha oyna ishlab chiqarish usuli uchun optimal qovushqoqlikka ega bo’ladi) va hosil qilingan eritmadan buyumlar qoliplash; ularga termik, mexanik yoki kimyoviy ishlov berish texnologik operatsiyalarini o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish (qoliplash) usuli buyum turiga bog’liq. Qurilish oynasi olish uchun cho’zish, prokatlash va presslash usullaridan foydalaniladi. SHisha siqilishiga yuqori mustahkamligi (600-1200 MPa) va cho’zilishga esa (30-90 MPa) nisbatan kam mustahkamligi bilan xarakterlanadi. U zarbga juda yomon qarshilik ko’rsatadi, ya’ni mo’rt bo’ladi. SHishaning tiniqligi va ko’rinadigan spektr nurlarining kamida 84% ini o’tkazishi uning o’ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. Oynalarning zichligi 2,2 dan 2,6 g/sm3 gacha o’zgaradi, sanoat shishasining zichligi 2,5 g/sm3 atrofida bo’ladi. SHisha nisbatan issiqlikni past o’tkazuvchanligi bilan farqlanadi; shishaning turiga qarab uning issiqlik o’tkazuvchanligi 0,5-1 Vt/(m-0C) chegaralarida o’zgaradi. Issiqlikka chidamliligi past bo’ladi, ya’ni keskin va kuchli qizdirilganda yoki sovitilganda katta kuchlanishlar vujudga keladi, natijada yoriqlar bilan qoplanadi. Qizdirilganda yumshaydi va 10000C ga yaqin haroratda suyuqlanadi. Kimyoviy jihatdan yuqori turg’unlikka ham ega. Aksariyat mineral kislotalar shishani emirmaydi; ishqorlar eritmasi va hatto toza suv, juda sekin oqsa ham, shisha sirtini yemiradi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng xalq xo’jaligini bozor munosabatlari sharoitida rivojlantirishga doir chiqqan bir qator farmonlar respublikamiz shisha ishlab chiqarish sanoatiga bo’lgan e’tiborni kuchaytirdi. Qurilish ashyolarini ishlab chiqarish va kapital qurilishni yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling