O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti
Download 0,59 Mb. Pdf ko'rish
|
NKSHT-1-mt topshiriqlari
Dala shpati – silikatlar guruhida keng tarqalgan oq va qizg’ish rangli mineraldir.
U silikatlar guruhidagi ortoklaz va plagaoklaz, al’bit, anortit jinslarida uchraydi. Kimyoviy tarkibi bo’yicha ortoklaz (K2O-Al2O3-6SiO2) alyumosilikat kaliydan farq qilmaydi. Ortoklaz to’g’ri burchak shaklidagi bo’laklarga parchalanadi. Qurilish sanoatida ishlatiladigan tabiiy tosh ashyolariga tomonlari qirrali yoki kichik burchak shaklida bo’linuvchan jinslar – plagioklaz, al’bit (alyumosilikat natriy – Na2O-Al2O3-6SiO2) va anortit (alyumosilikat kal’tsiy - CaO-A12O3 6SiO2) lar kiradi. Dala shpatining siqilishdagi mustahkamligi kvartsnikidan kam (120-170 MPa), erish harorati esa 1170-1550°C ga teng. Dala shpati atmosfera ta’sirida asta-sekin emirilib, kaolin (chinni buyumlari ishlanadigan xom ashyoning bir turi), qumtuproq qumlari va boshqa jinslarga aylanadi. Toza dala shpatidan quyma sopol ashyolari ishlanadi. Ohaktosh – er qatlamining ustki qismida keng tarqalgan, tarkibi 92-98 % kal’tsiy karbonatidan (CaSO3) tashkil topgan jinsdir. Oxaktosh ohak, loyli ohak yoki ohakli kremniy singari tabiiy bog’lovchi moddalar vositasida hosil bo’lgan. Oxaktoshlar xossalariga ko’ra zich (oddiy ohaktosh), g’ovakli ohak tufi, chig’anok ohaktosh (va loysimon sochiluvchan), mergel’ (bo’r) xillarga bo’linadi. Zich ohaktoshda kaltsiy donalari tabiiy tsementlar vositasida zichlangan. Uning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 100-150 MPa, zichligi 1800-2500 kg/m 3 . Sitallar – SHisha kristallar qhishani qisman yoki to’la kristallash usulida olinadi. Sitall olish uchun SHisha xom ashyosi va maxsus mineral qo’shilmalar juda toza holda ishlatiladi. SHisha ishlab chiqarishni asosiy texnologik boskichlari kuyidagilardan iborat: -Xom ashyolar quritiladi, to’yiladi va aralashtirilgan unsimon tarkibiy qismlar (shixta) olinadi. -SHisha qorishmasini tayyorlashda tarkibidagi moddalar miqdori me’yorlashtiriladi. - Maxsus xumdonlarda shisha eritiladi. -YUmshagan shisha bo’tqasini maxsus qozonlarda 1500°C gacha eritiladi va qoliplanadi. - Qo’shimcha texnologik jarayonlar: pardoz berish, silliqlash, chiniqtirish. 1.4. SHisha to’g’ri fazoviy panjara tuzilishiga ega bulmaganligi sababli xossalari barcha nuktalarda bir xil emas. Bundan tashqari SHishaning muayyan erish harorati bulmaydi. SHishada kechadigan pishirish va toblash jarayonlarini urganish uning tarkibida mikrokristall hosilalar-kristallitlar hosil bo’lishini ko’rsatadi. SHishaning bu holati uning «mikrogeterogenligi» deyiladi. Kristallitlik nazariyasi asosida xossalari mukammallashgan, murtligi kam SHishalar - sitallar yaratiladi. SHishaning o’ziga xos tuzilishi uning shaffofligini, murtligini, atmosfera muhimiga, o’tga chidamliligini, harorat o’zgarishiga ta’sirchanligini belgilaydi. Download 0,59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling