O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana08.11.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1758251
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
NKSHT-1-mt topshiriqlari

mahsulotlari - deraza oynasi, shisha tolasi, maishiy xo’jalik shisha (banka, 
butilka), suyuq shisha, billur, rangli shisha, archa taqinchoqlari, yo’l belgilari 
shishasi, elektronika va elektrvakuum texnikasi shishalari ishlab chiqarilmoqda. 
2009 yildan boshlab Toshkentda joylashgan «Asl Oyna» OAJ korxonasida shisha 
tarasi ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Bu korxonada rangli (jigarrang va yashil 
rangli) va rangsiz butilka ishlab chiqariladi va nafaqat O’zbekistonni ixtiyojini 
qondiradi, balki Qozog’iston, Turkmaniston va Kirgiziya davlatlariga ham eksport 
qilinadi. Korxonada ISO 9001:2008 Sifat Menedjmenti sistemasi kiritilgan. 
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati 124,6 mln. dona shisha tara/yiliga. Quvasoy 
shaxrida joylashgan «Kvars» OAJ O’rta osiyo regionida rangli, chiniqtirilgan va 
tonirovanniy listli shisha, shisha banka va butilka ishlab chiqaruvchi eng katta 
korxona hisoblanadi. Ishga 1975 yilda tushurilgan bo’lib, 2002 yilda 
rekonstruksiya qilindi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozorning talabini 
to’liq qondiradi va qo’shni davlatlarga ekport qilinadi (Kozog’iston, Turkmeniston, 
Tojikiston, Kirgiziston va Afg’oniston). Korxonada yiliga 219 mln. dona shisha 
banka (MVP uchastok № 1), 33 mln. dona shisha butilka (MVP uchastok № 2) 
ishlab chiqarish sexlari, MVP uchastok № 3 sexida 2005 yilda yangi liniya ishga 
tushurildi («Emxart», Germaniya) va rekontruksiya natijasida yiliga 120 mln. dona 
shisha butilka ishlab chiqariladigan bo’ldi, hamda mahsulot sifati ancha 
yaxshilandi. Korxonada bundan tashqari 1996 yildan boshlab kuniga 200 tonna 
listli shlifovkalangan (polirovannoye listovoye steklo) shisha ishlab chiqarish 
yo’lga qo’yilgan (SPPS), bu sexda shisha eng progressiv bo’lgan float usulda 


shakllanadi. Listli
shisha ishlab chiqarish tsexi 2002 yil «Tekint» (Italiya) firmasi 
yordamida rekonstruksiya qilinib, ishlab chiqarish unumdorligi xozirda yiliga 10 
mln.m tashkil qilmoqda. Korxonada chiqarilayotgan arxitektura qurilish shishasini 
M1, M2, M3 va M4 markalari ramalar, vitraj, mebel, avtotransport uchun 
mo’ljallangan chiniqtirilgan shishalar olishda qo’llanilmoqda. 2010 yildan boshlab 
«Kvars» korxonasi bronza rangli massada buyalgan shisha ishlab chiqarishni 
yo’lga qo’ydi, ilgari bunday listli shishalar respublikaga Xitoy, Rossiya, 
Turkiyadan valyutaga olib kelinar edi. Korxonada yangi zamonaviy jihozlar va 
texnologiyalar o’rnatilganligi munosabati bilan oxirgi yillarda chiqarilayotgan 
mahsulotning sifati dunyo talablariga to’liq javob beradi, korxona tarafidan 
Umumjaxon «Lavri slavi» va «Zolotoy yaguar» mukofotlari bo’nga da’lil bo’lib 
qoladi. CHirchiq shisha zavodining bir yilda ishlab chiqargan qurilish shishasi 2,85 
mln.m ni tashkil qiladi. Toshkent va Quvasoy tara zavodlarining bergan butilka va 
bankalari soni esa 127 mln donadan ortiq.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling