O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
NKSHT-1-mt topshiriqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik xususiyatlari.
- SHisha buyumlarini qurilishda keng ko’lamda ishlatilishi
Elektr o’tkazuvchanlik. SHishaning elektr o’tkazuvchanligi uning kimyoviy
tuzilishiga, shu jumladan kremniy, bor, bariy, litiy va sh.k. larning oksidlari miqdoriga, mikroarmatura va fibroarmatura bilan ta’minlanganligiga bog’liq bo’ladi. Oddiy silikat shishasining xona haroratidagi solishtirma elektr qarshiligi 1010-1011 Om.sm, teshib utish kuchlanishi 450 kV sm2 ni tashkil qiladi. Texnologik xususiyatlari. SHishani va undan tayyorlangan buyumlarni mexanik qayta ishlash mumkin: olmos bilan kesish, arralash, pobedit keskichlari vositasida charxlash, yassilash, jilolash shular jumlasidandir. SHishani 800-1000 haroratda list, nay, tola sifatida chuzib olish, payvandlash va puflab shakl berish, buyum olish mumkin. Keyingi paytda SHishaning ishlanuvchanligidan foydalanib, undan turli qurilish va me’morchilik buyumlari va qismlari, SHishapaketlar, tola va matolar tayyorlash imkoniyati tug’ildi. SHisha buyumlarini qurilishda keng ko’lamda ishlatilishi: - deraza uchun, qalinligi 2-6 mm, yorug’lik o’tkazishi 84-90% ga teng. - vitrina uchun, shisha taxtaning qalinligi 5-15 mm, o’lchami 3,5x4,5m.ga teng bo’lishi kerak. - kucha chiroklari va sanoat binolari uchun har turli rangdagi xrom va nikel bilan qoplangan hamda temir sim panjarali shisha, nurni kam o’tkazadigan (20-25%) g’adir-budir, notekis shisha taxta (list)lar oyna-romlari qoplashda ishlatiladi. - tez qizdirib va asta-sekin sovitish bilan chiniktirilgan shisha - sanoat derazalari zarb va titratish ta’sirida bo’ladigan bino qismlari va avtomobil sanoatida ishlatiladi. - shisha tolalari- pishiq ingichka tolali (5-6 mkm) ashyo. U issiq va tovushni kam utkazadigan ashyolar olishda qo’llaniladi, ichi bush yumalok donali xar xil rangli SHisha engil suvoqbop qorishma olishda to’ldirgich sifatida, shuningdek, SHisha plastik buyumlar olishda ishlatiladi. - kremnezit – shisha plitkalari yuzasi silliqlangan tog’ jinslariga o’xshash, rangli, yaltiroqmas. Bunday shisha plitkalari jamoa binolarini, foye va vestibyullarni pardozlashda ishlatiladi. - shisha siniklarini eritib qoliblab silliqlangan, o’lchami 150x150 mm va 10x75 mm li plitkalar yuzasi sirlangan xillari sanitar-gigienik talablari yuqori bo’lgan binolarda qo’llaniladi. -2 yoki 3 ta shisha oynalar orasi 15-20 mm havosi so’rilgan germetik shisha qatlamli paketlar deraza rom va eshiklar tayyorlashda ko’plab ishlatilmoqda. Ular muzlamaydi, deyarli terlamaydi, oynalash jarayonini arzonlashtiradi va yog’och ashyolarni ishlatilishini 1,5-2 baravar kamaytiradi. - siqilishga bo’lgan mustahkamligi 700-1000 MPa, egilishdagi mustahkamligi esa 35-85 MPa ga teng chiniqqan shishaning mexanik xossalari oddiy shishaga nisbatan 3-4 baravar katta. - shisha mo’rt ashyodir. MOOS o’lchami bo’yicha oddiy silikat shishalarning qattiqlik ko’rsatkichi 5.7, kvartsli shishaniki yuqori. - texnologik xossalariga ko’ra SHishaga mexanik usulda ishlov berish oson. SHishani plastik quyuq holatida (900-1100 haroratda) havo bosimi bilan shishirish, cho’zish, bosim bilan qoliplash mumkin. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling