Oʻzbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 196.53 Kb.
bet11/12
Sana08.03.2023
Hajmi196.53 Kb.
#1248680
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KURS ISHI (1)

(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/208/0311-son)
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlarini 2022-yil 1-fevralga qadar taqdim etish.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi har bir ko‘chmas mulk obyekti qiymatini mustaqil baholash natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning doimiy asosda ma’lumotlar bazasiga kiritilishini ta’minlasin.
16. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari (import shartnomalari asosida amalga oshiriladigan xaridlardan tashqari) uchun to‘lovlar faqat elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.
17. 2022-yil 1-apreldan 2022-yil 31-dekabrga qadar tajriba tariqasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ misolida tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi joriy qilinadi.
Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi 2022-yil 15-martga qadar mazkur korxonalar misolida o‘zaro hisobga olish mexanizmini ishlab chiqsin.
Moliya vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2022-yil 1-noyabrga qadar tajriba sifatida qo‘llanilgan tartibni boshqa korxonalarga tatbiq qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
18. Belgilansinki, 2022-yil 1-iyulga qadar davlat soliq xizmati organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiya qilinmaganlik yoki undagi barcha operatsiyalarni to‘liq aks ettirmaganlik uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi.
19. 2022-yil 1-iyuldan boshlab ishlab chiqaruvchilar uchun etil spirti va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan elektron hisobga olish va o‘lchash uskunalaridan foydalanish majburiyligi belgilansin.
20. Davlat soliq qo‘mitasi bir oy muddatda avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari hamda avtomobillarga gaz quyish va gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga zamonaviy elektron hisobga olish va o‘lchash uskunalarini o‘rnatish, ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Davlat soliq qo‘mitasi:
etil spirtini va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan elektron hisobga olish va o‘lchash uskunalaridan foydalanish ustidan tizimli va qat’iy nazoratni ta’minlasin va belgilangan talab buzilgan taqdirda, bunday soliq to‘lovchilarning qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishini ta’minlansin;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni maxsus hisobga qo‘yish uchun foydalaniladigan xavfni tahlil qilish tizimida mezon sifatida etil spirtini, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan qonunchilikda belgilangan ruxsat etuvchi (litsenziya) talablarning buzilishini nazarda tutsin.
22. Davlat soliq qo‘mitasining “Soliq ma’lumotlarini qayta ishlash markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasiga “Soliq ma’lumotlarini qayta ishlash markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan xizmatlar ko‘rsatish uchun asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra mablag‘larni 2023-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ajratishni nazarda tutsin.
23. Hisob palatasi va Moliya vazirligi tadbirkorlikni, iqtisodiyotning ayrim sohalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Davlat budjetidan vazirlik va idoralarning maqsadli jamg‘armalariga 2017 — 2021-yillarda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilganligi, ularning samaradorligi va natijadorligini o‘rgansin hamda 2022-yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 9-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2022-yil 1-yanvardan 10-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
27. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
28. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5252-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga a’zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4756-son qarori.
3.Soliq tushumlarini prognoz qilishning turlari va tamoyillari
2021-2022-yil 31-dekabir holatiga budjet tushumlari to’g’risidagi ma’lumot.

Download 196.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling