Fakultet Kengashi raisi: A. Ilyosov
Kelishildi: UBS o‘quv-uslubiy
bo‘lim boshlig‘i: (PhD) E. Abdurazzoqov
Fan/modul kodi
BKMN1514
|
O‘quv yili
2023-2024
|
Semestr
2-3-4
|
ECTS - Kreditlar
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars
soatlar
2-semestr - 6
3-semestr - 4
4-semestr - 4
|
|
Fanning nomi
|
Auditoriya
mashg‘ulotlari
(soat)
|
Mustaqil
ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi
|
210
|
180
|
390
|
I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Mustaqil respublikamizda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy o’zgarishlar Xalq ta’limi tizimida ham o’z aksini topmoqda. O’zbekistonda uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, shu asosda ta’lim sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazish ta’lim sistemasining eng dolzarb vazifasiga aylandi. Oliy ta’limning fundamentalligi real dunyodagi jarayonlar, obyektlar va hodisalar orasidagi munosabatlarni ajratib bila olishga yo’naltirilgan bo’lib, yuqori malakali mutaxassislarni tarbiyalashda asos sifatida qabul qilingan. Davlat ta’lim standartlari tayyorlanayotgan kadrlarning malaka va ko’nikmalariga yuqori talablarni qo’ymoqda. Shu talablar zamonaviy sharoitlardan bevosita kelib chiqqan bo’lib, ularning maqsadi ta’lim olayotgan yoshlardan milliy intellektual elitani shaklllantirishdan iborat. Bu esa boshlang’ich sinf o’quvchilarini tayyorlash sifatini oshirishni taqozo etadi. Gumanitar ta’lim yo’nalishlari uchun qo’yilgan DTS talablari ichida matematika faniga doir talablar alohida o’rin tutadi.
Mazkur dastur 60110500 - Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi uchun qabul qilingan davlat ta’lim standarti va malaka talablari asosida matematika kursining nazariy asoslari bo’yicha tuzildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |