O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 5,01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
dastur bilan boshqariladigan texnologik uskunalar, robotlashgan texnologik komplekslari,
moslanuvchan ishlab chiqarish modullari hamda avtomatik ravishda ishlashni ta’minlash tuzilmalarini o’ziga mujassamlashtirgan ishlab chiqarish tizimidir. MICHT belgilangan davr mobaynida erkin mahsulot nomenklaturasi doirasida ishlab chiqarishni avtomatik ravishda bajarish, chiqarilayotgan mahsulot o’zgarganda esa, tizim elementlarini yangi mahsulotni chiqarish uchun avtomatlashtirilgan tarzda qayta sozlanishini ta’minlab beradi. MICHT– bu mashinasozlik ishlab chiqarish sohasida avtomatlashtirilgan va qayta sozlanadigan dastgoh-uskunalar va hisoblash texnikasiga asoslangan ishni tashkil etish bo’yichatubdan yangi tizim. MICHT ishchilarni minimal ishtirokida yoki ishtirokisiz ishlab chiqarishni avtonom ravishda yo’l qo’yishga imkoniyat yaratadi. MICHTning asosiy tarkib qismlari quyidagilardan iborat: 1) robotlashgan texnologik komplekslari (RTK); 2) moslanuvchan ishlab chiqarish modullari (MICHM); 3) raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar (RDBD); 4) avtomatik ishlashni ta’minlovchi tizimlar (AITT). RTK- bu texnologik uskuna, sanoat roboti va ta’minlovchi vositalardan tashkil topgan va avtonom ravishda ishlashga moslashgan majmua (tuzilma). MICHM– raqamli dastur bilan boshqariladigan texnologik uskunadan tashkil topib, belgilangan mahslot nomenklaturasini tayyorlash va mahsulotni ishlab chiqarishi bilan bog’lik barcha funktsiyalarni bajarishga moslashgan tuzilma. ITT– ishlab chiqarish bilan bog’langan va uning ishini ta’minlaydigan hamda elektron hisoblash mashinalari orqali boshqariladigan avtomatlashtirilgan tizimlar majmuasi. ITT ning tarkibi quyidagi tizimlardan tashkil topishi mumkin (rasm 4). Rasm 4. Ishlashni ta’minlovchi tuzilmalar tarkibi: ATST – avtomatlashtirilgan transport-ombor tizimi; AATT - avtomatlashtirilgan asboblar bilan ta’minlash tizimi; ATT - avtomatlashtirilgan tekshiruv tizimi; ICHABT - ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish tizimi; CHCHTT - chiqindilarni chiqarib tashlash tizimi; ALT - avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi; TJALT - texnologik jarayonlarni avtomatik loyihalash tizimi Yuqoridagilarni umumlashgan holda MICHTning elementar tuzilish sxemasi quyidagicha bo’ladi (rasm 5): Rasm 5. Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimining elementar tuzilish sxemasi Download 5,01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling