RDB dastgohgida asbob va zagotovkaning harakatini ta’minlovchi ishchi organlarning
shakllantiruvchi harakatlarini avtomatik koordinatsiyalash detalga
ishlov berish jarayonining
xarakterli xususiyatidir. Bunday koordinatsiyalashni RDB qurilmasi stanok yuritmalariga
signallarni uzatish bilan avtomatik ravishda ta’minlaydi. Shuning
uchun RDB dastgohlarni
klassifikatsiyalashda bevosita dastgohlar va RDB qurilmalariga xos belgilarni ko’rish maqsadga
muvofiq bo’ladi.
RDB dastgohlarning klassifikatsiyasi
1.Bajarilayotgan texnologik operatsiyalar bo’yicha: tokarlik, parmalash,
frezalash,
jilvirlash va hokazo, hamda ko’p maqsadli dastgohlar.
2.Ishchi organlarining harakatini muvofiqlashtirish va koordinatsiya qilish bo’yicha:
pozitsion; to’g’ri burchakli; konturaviy va kombinatsiyalashgan boshqarish turlari mavjud.
Pozitsion boshqarish ishchi organni dasturda belgilangan holatga avtomatik ko’chirish
uchun xizmat qiladi (rasm. 11, a). Bunda ko’chirish vaqtida detalga ishlov berilmaydi.
Pozitsion
boshqarish asosan teshiklarga ishlov berishda keng qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: