O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Rasm 18. Vertikal parmalash dastgohining koordinat tizimi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/118
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1809058
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   118
Bog'liq
6AdatpaeXkNBzsF

 
Rasm 18. Vertikal parmalash dastgohining koordinat tizimi 
 
3.Vertikal konsolli frezalash dastgohi (rasm 19). 


 
 
Rasm 19. Vertikal konsolli frezalash dastgohining koordinat tizimi 
 
 
4.Gorizontal yo’nish dastgohi (rasm 20). 
Rasm 20. Gorizontal yo’nishdastgohi: a) ishchi organlarningharakatlari; 
b)koordinat o’qlarining yo’nalishlari 
Parmalash va frezalash dastgohlarida aksariyat hollarda X va Y o’qlari bo’ylab detal 
harakat qilishi sababi bilan o’qlarning musbat yo’nalishi qarama qarshi bo’lib, “X
1
” va “Y
1
” 
harflari bilan belgilanadi. 
Yuqoridagi rasmlarda X,Y,Z harflari bilan asosiy o’qlar, U,V,W harflari bilan ikkilamchi 
o’qlar va P,Q,R harflari bilan uchinchi darajadagi o’qlar belgilangan. 
 
Boshqaruv dasturining tuzilishi 
 
Boshqaruv dasturi perfolentada kadrlar ketma-ketligi tusida yoziladi.
Dastur kadri bu muayyan tartibda joylashgan va o’ziga bitta ishchi operatsiya haqidagi 
ma’lumotni mujassamlagan so’zlar ketma-ketligi. Kadr ishchi organlarining ikki tayanch nuqtalari 
oralig’ida surilishi uchun kerakli geometrik va texnologik axborotlarni o’z ichiga oladi. Kadr bitta 
yoki ko’p so’zlardan tashkil etishi mumkin. 
Dastur so’zi - bu axborotni bo’linmas qismini ifodalidigan belgilar ketma-ketligidir.So’z 
xarfli va raqamli qismlardan tashkil etiladi, masalan: M02 (M - adres nomi, 02 - funktsiyaning 
kodi); X+12345 (X – adres nomi, +12345 - surish uzunligi). 
Dastur tuzilishini bildiradigan sxema rasm 23 ko’rsatilgan. 


Rasm 23. Raqamli dasturning tuzilish sxemasi 
 
Kadrni yozilishiga misol: N001 G01 X+002000 Y- 020000 LF. Ushbu kadr beshta 
so’zlardan tashkil topib, ularning ma’nosi quyidagilarni bildiradi:
 Birinchi so’z: N001 - kadrning nomeri 
 Ikkinchi so’z: G01- chiziqli interpolyatsiya 
 Uchinchi so’z: ishchi organni X o’qi bo’yicha +002000 masofaga surilishi 
 To’rtinchi so’z: ishchi organniY o’qi bo’yicha -020000 masofaga surilishi 
 Beshinchi so’z: LF - kadrning oxiri 
Ushbu kadrni ISO-7bit standartida perfolentada yozilishi
24-rasmda berilgan. 
Rasm 24. Kadr yozlishini namunasi 
Yuqoridagi xalqaro standarti tavsiyalariga ko’ra kadrda so’zlar quyidagi tartibda yozilishi 
lozim: 
1. Kadr nomeri ( N -so’zlar) 
2. Tayyorlov funktsiyalari (G - so’zlar) raqamli dastur bilan boshqarish rejimlari, masalan, tez 
harakat qilish, chiziqli interpolyatsiya, rezba ochish va boshqalar, jami 100 yaqin 
funktsiyalar 
3. Koordinatalar yoki o’lchamli surishlar (X,Y,Z,U,V,W,P,Q,R,A,B,C,I,J,K,D,E) 
4. Surish tezligi (F- so’zlar) 


5. Kesish yoki bosh harakat tezligi (S - so’zi) 
6. Asbobni tanlash funktsiyasi (T - so’zlar) 
7. Yordamchi funktsiyalar (M - so’zlar) 
Kodlashda adreslardan tashqari xizmat belgilari qo’llanishi mumkin.Masalan, “:” -axborotni
tiklash belgisi; “+,- “ - harakat yo’nalishi belgisi; “%” - dastur boshlanishi va boshqalar. 
Tuzilishiga qarab kadrlar doimiy uzunlikda, o’zgaruvchan uzunlikda va adresli bo’lishi 
mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling