O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Sikl dasturlagichlari va o’lchamga sozlash qurilmasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/118
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1809058
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   118
Bog'liq
6AdatpaeXkNBzsF

Sikl dasturlagichlari va o’lchamga sozlash qurilmasi. 
Sikl dasturlagichlari dasturiy topshiriqlar bloki va dasturni bosqichma - 
bosqich kiritish blokidan tashkil topgan. Dasturiy topshiriqlar bloki dasturni to’la 
holda xotiraga oladi va tizimga kiritadi, dasturni bosqichma - bosqich kiritish bloki 
dastur bosqichlarini ketma-ket o’qish va ishlab chiqish(otrabotka) uchun ularni 
tizimga kiritishga xizmat qiladi. Mexanikaviy, elektrik, pnevmogidravlik va boshqa 
turdagi tsikl dasturlagichlari ishlab chiqarilgan. Elektrik turidagi dasturlagichning 
keng tarqalgani shtekerli paneldir(rasm-3). 
Shtekarli panel sxemasi 


Shtekerli panelning har bir gorizontal qatorida ikki bo’lakdan iborat bo’lgan 
o’nta uyachalar 3 mavjud. Uyachalarning chap bo’laklari 1 o’tkazgichlar 2ga 
birlashtirilgan bo’lib, har biri o’zining relesi (R1-R10)ga ulangan. Rele o’ramining 
ikkinchi uchi o’tkazgich 5ga ulangan. Uyachaning o’ng bo’lagi 3 o’tkazgich 6ga 
ulangan bo’lib, qadamli axtargichning kontaktlari A1, A2, A3, ….,A
p
ga 
ulangan(qadamli axtargich rasm - 3dagi blok 7 ga, shteker uyachasi, rele va 
boshqalar- blok 1ga mos keladi). 
Qadamli axtargichning shetkasi 7 A kontaktlaridan biriga tekkanda 
uyachaning o’ng yarim qismi 3 o’tkazgich orqali 9 o’tkazgich bilan va o’z navbatida 
kuchlanish 24 volt bo’lgan ta`minot manbaiga ulanadi, tarmoq tok bilan ta`minlanadi. 
Ammo barcha relelar kuchlanish ostida bo’lmaydi, shteker 4 lar qo’yilgan uyalarga 
bog’langan relelargina kuchlanish ostida bo’ladi. Shetka 7 ni sxemada ko’rsatilgan 
holatida rele R4 va R8 lar ulangan. Relelar elektromagnit muftalarni yoki bajaruvchi 
elementlarni ulashga buyruq beradi(3 rasmdagi blok 3) va ular dastgohni ishchi 
organlarini harakatga keltiradi (3 rasmdagi blok 4). Ishchi organlar kerakli miqdorga 
siljiydi, va tirgak yo’l o’chirgichi PV1ni bosadi. Bu vaqtda rele R4 va R8 ni 
ta`minlash zanjiri uziladi va elektromagnit 11 zanjiri ulanadi; elektormagnit 11 yakor 
10 ni tortadi, kuchukcha 12 orqali xrapovik 8 ni buraydi va qadamli axtargich 
shetkasi 7 A2 kontaktga o’tadi. Natijada shteker uyachalarining navbatdagi 
gorizontal qatori kuchlanish ostida bo’ladi va navbatdagi kompleks buyruqlar 
bajariladi. Bu vaqtda qadamli axtargich o’zi siljimaydi, shuning uchun shteker paneli 
statik turdagi qurilmalarga mansubdir. 
Shteker paneliga dastur qo’lda tez va nihoyatda sodda beriladi, ammo dastgoh 
bu vaqtda bekor turib qoladi. Undan tashqari shtekerlar bevosita tsex ichida 
o’rnatiladi, shuning uchun o’rnatishda xatolikka yo’l qo’yilishi mumkin. Dasturni tez 
va xavfsiz terish uchun qog’oz qoplama shablandan foydalanish mumkin. Shablon 
shteker paneli ustiga qo’yiladi, shtekerlarni dasturga mos holda shablonda hosil 
etilgan teshiklar orqali uyaga kiritiladi. Mana shunday qilinganda kelajakda 
foydalanish uchun dasturni saqlab qolish mumkin. 
Mexanik 
turdagi 
dasturlagichlardan 
keng 
tarqalgani 
bu 
kulachokli 
komandoapparatlar va perfo tasmali dasturlagichlardir. 
Kulachokli komandoapparatlar – bu dasturni kinematik usulda kiritishli 
mexanik turdagi dasturlagichlardir. 
Komandoapparatning barabani 2 ning uyachalariga shariklar yoki 
shtiftlar 1 qo’yiladi, baraban buralganda ular elektr kontaktlariga yoki o’chirgich 3 
larga ta`sir etadi, mos bo’lgan ishchi organ zanjirini ulaydi. Barabanni xrap 
mexanizmi yoki qadamlovchi dvigatel vositasida aylantiriladi. Baraban aylanasi 
bo’ylab joylashgan uyachalar(rasm-4,a) soni dasturni mumkin bo’lgan bosqichlari 
sonini 
aniqlaydi, 
barabanni 
yasovchisi 
bo’yicha 
joylashgan 
uyachalvr 
dasturlanadigan parametrlarning mumkin bo’lgan maksimal sonini ko’rsatadi. 
Shteker panelidagi shariklar va shtekerlarni uyachaga asli yoki kodlashtirilgan 
shaklda qo’yish mumkin. Dasturni asliy holda kiritish qulay, ammo kiritiladigan 
parametrlarni soni katta bo’lganda kodlashtirilgan holda kiritishni qo’llashga to’g’ri 
keladi.


Kulachokli komandoapparat: a- umumiy ko’rinishi; b- harakat printsipi. 
Perfotasmali yoki perfokartali dasturlagichlar axborotlar hajmi katta bo’lganda 
qo’llanadi. Bunday dastur eltuvchilarni saqlash va ulardan qayta foydalanish 
mumkin. Dasturni o’qish yo elektromexanik usulda yoki fotoelektrik yo’l bilan 
amalga oshiriladi. 
DBTS tizimlarining tanarxi kichik va elementlari maksimal darajada 
unifikatsiya qilingan bo’lishi lozim. Shu bilan birga ishlov beriladigan detalning 
murakkabligiga qarab avtomatik boshqarish bo’yicha ham oddiy va ham murakkab 
harakatlarni amalga oshirishi kerak. Shu nuqtai nazardan mikroelektronikadan 
foydalanib qurilgan DBTSning universal tizimlari eng qulaydir. Dasturlanadigan 
kontrolerlar(yoki dasturlanadigan komanda apparatlar) bunday tizimlarga ta`lluqlidir. 
Dasturlanadigan kontrollerlar – bu jihozni tsiklli Raqamli dastur bilan 
boshqarish va hisoblash texnikasi, kontaktsiz rele avtomatikasi bazasida yaratilgan 
ketma-ket ishlaydigan mantiqiy boshqaruv mashinasidir. Ular uzoq vaqt ishlaydi va 
ishonchlidir, uncha katta bo’lmagan o’lchamga ega, dasturni tez o’zgartirish 
imkoniyatini ta`minlaydi, aniq ishlov berishga bog’liq holda oson ixtisoslashadi. 
Dasturlanadigan kontroller quyidagilardan tashkil topgan(5-rasm): 1- 
prtsessor(boshqaruv qurilmasi); 2- doimiy xotiraga olish qurilmasi; 3-kirish va 4-
chiqish qurilmalari; 5- skanator(impul s beruvchi generator). Kontrollerga dekadli 
o’chirgichlari va klavshlari bo’lgan dasturiy panel 6(dastur yuklagich)ni ulash 
mumkin. Mantiqiy elementlari belgilangan klavishlarni bosish orqali dasturni ketma-
ket kiritiladi. Yozish rejimida dastur qurilma 2 da yozib olinadi va unda xotiraga 
olinadi. Ish rejimida skanator 5 navbatma-navbat kirish va chiqish qurilmalarini 
so’rovdan o’tkazadi(protsessor 1ga ulaydi).
Dasturlanadigan kontrollerning tarkibiy sxemasi 






Chiqish 
Kirish 


Protsessor 1da dasturga muvofiq kirish xolatlarini chiqish holatlariga 
aylantiruvchi berilgan mantiqiy operatsiya bo’lib o’tadi. Agar navbatdagi so’rashda 
kirishdagi holat o’zgargan bo’lsa, protsessor dasturga muvofiq chiqishning holatini 
o’zgartiradi. Kontrollerga magnit kassetali to’plagichni, pechat qilish qurilmasini, 
jihozlarni holatini, asosiy va yordamchi vaqtlarni , 
avariya 
holatini 
ro’yxatga 
oluvchilarni, displeylarni ulash mumkin. 
DBTSli dastgohlarni o’lchamga sozlash qurilmasi ishchi organni talab etilgan 
miqdorga siljishini ta`minlaydi. Bu maqsad uchun ko’pincha guruhli yo’l 
o’chirgichlari ishlatiladi. Ular o’chirgichlar bloki va tirgaklar blokidan tashkil 
topgan. Tirgaklar bloki tirqishli(paz) baraban yoki paneldan iborat bo’lib, ishlov 
beriladigan detal chizmasiga binoan tirqishga tirgaklar joylashtiriladi va ular 
o’chirgichlarga ta`sir etadi. 
Tirgaklar paneli 
O’chirgichlar yagona konstruktorlik blokiga birlashtirilgan. Bir blokni dastgohni 
qo’zg’olmas qismiga mahkamlanadi, ikkinchisini esa qo’zg’aluvchiga. Dastgohni 
qo’zg’aluvchi qismi siljiganda hamma tirqishlarga joylashtirilgan kulochoklar 
o’zlarini o’chirgichlarini bosadilar, ammo talab etilgan buyruq avtomatika sxemasi 
bilan tanlab olinadi. Ayrim holarda tirgaklar paneli olib qo’yiladigan qilinadi, unda 
sozlash ishi dastgohdan tashqarida, dastgohni sozlash bo’yicha navbatdagi 
aniqlashtirishlar asosilda bajariladi. Tirgaklar panelining biriga sozlanadigan va 
sozlanmaydigan kulochoklar joylashtiriladi. Sozlanadigan tirgak mikrometrik vintga 
ega bo’lib, aniq o’rnatishni ta`minlaydi. Mexanik tirgaklar o’rniga magnitli 
«tirgaklar» (latunli barabanda magnit risklar) qo’llanishi mumkin. Magnit kallagi 
baraban bo’ylab siljiganda shunday magnitli risklarni uchratadi va mazkur bosqichni 
tugaganligi haqida signal beradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling