O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/118
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1809058
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118
Bog'liq
6AdatpaeXkNBzsF

 
5-Amaliy mashg’ulot 
Pozitsiyali va konturli RDB texnologik jihozlar uchun boshqarish dasturini 
tayyorlash metodikasi 
 
Dastgoh ishchi organining harakatini ta’minlovchi mexanikaviy, elektrik, gidravlik
elektron va boshqa qurilmalar dastgoh yuritmasini tuzadi. Vazifasiga qarab 
dastgohlarda bosh harakat, surish va yordamchi harakat yuritmalari mavjud.
Bosh harakat yuritmasi bevosita kesish jarayonini ta’minlaydi. 
Surish harakatlari yuritmalari zagotovka yoki kesish asbobni kesish zonasi ichida 
harakatini ta’minlab beradi. 
Yordamchi yuritmalar zagotovkalar, detallar, kesish asboblarning yordamchi 
harakatlari, asbob magazinlar va stollarning burilishini, sovutish suyuqliklarni uzatish 
va boshqa harakatlarni ta’minlaydi.
Har bir yuritmaga qo’yiladigan talablar uning vazifasiga bog’liq. 
Bosh harakat yuritmasidan doimiy quvvatni (N
e
= const) ta’minlab berish talab 
etiladi, chunki shpindelning kichik chastotalarida asosan katta kuchni talab etadigan 
kuchli kesish amalga oshiriladi, baland aylanish chastotalarida esa kichik kesish 
kuchni talab etadigan toza ishlov berish bajariladi. Bunda shpindelning chastotalarini 
rostlash diapazoni 100dan oshmaydi (D 
shp 
≈ 100). 
Surish harakati yuritmalaridan asosan doimiy moment bilan rostlanish talab etiladi 
(M = const). Surish mexanizmlarida yuritmaning asosiy kuchi ishchi organning 
surilishi chog’idagi ishqalanish kuchlarni yengishga sarflanadi. Surish yuritmalaridan 


o’ta keng surishlar diapazonini (D

≥ 10000) ta’minlab berish talab etiladi, chunki 
raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda minimal surilish boshqarish 
diskretligi hamda teskari aloqa bilan belgilanadi. Yuritma tomonidan faqat har bir 
diskretani amalga oshirish orqali yuqori aniqlik va yuzaning tozaligiga erishish 
mumkin. Bundan tashqari surish yuritmalari tez harakatlarni yuqori tezlikda amalga 
oshirishi va tezlikni olish hamda to’xtashda tez ishlaydigan bo’lishi kerak. 
Yordamchi yuritmalar kesish jarayonida qatnashmaydi va ulardan katta rostlash 
diapazoni va tez ishlash ko’p holatlarda talab etilmaydi. 
Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda mexanikaviy, gidravlik, 
pnevmatik va elektrik yuritmalar qo’llanishi mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling