O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
6-Amaliy mashg’ulot
Siklli tizimning vazifasi va uning funktsional sxemalari. Raqamli dastur bilan boshqarishning tsikloviy (DBTS) tizimi deb raqamli dastur bilan boshqarishning shunday tizimiga aytiladiki, unda dastgoh ish tsiklining ishlov berish rejimlari va asboblarni almashtirish to’liq yoki qisman dasturlanib, ishcha organlarning harakat miqdorlari oldindan sozlab qo’yiladigan tirgaklar yordamida beriladi. Dastgohni ish tsikli – bu ma`lum bir ketma-ketlikda bajariladigan va ishlanmaga ishlov berish uchun kerak bo’ladigan hamma harakatlarning majmuidir. Ayrim tsikloviy Raqamli dastur bilan boshqariladigan(TSDB) dastgohlarda kesish rejimlari dasturlanmaydi, qo’lda o’zgartiriladi, asboblarni avtomatik avtomatik almashtirish esa umuman bo’lmasligi mumkin. DBTS tizimlari oddiy va arzon bo’lib, malakali xizmat ko’rsatish xodimlarini talab etmaydi, ammo kulochoklarni o’lchamlarga sozlash yetarlicha uzoq vaqtni egallaydi. Shuning uchun DBTS tizimlarini nisbatan kamdan-kam qayta sozlash ishlari bajariladigan o’rta seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishda qo’llash maqsadga muvofiq bo’lib, sezilarli iqtisodiy samaradorlikni beradi. Keyingi vaqtlarda TSDB dastgohlar ommaviy ishlab chiqarishda ham ishlatila boshlandi. DTSB tizimlari bilan tokarlik - revol ver, lobotokar, tokarlik-nusxa ko’chirish, vertikal frezalash va kopir-frezalash, vertikal parmalash,olmosli teshik yo’nish va boshqa turdagi dastgohlarga joriy etgan. Agregat dastgohlariga DBTS tizimini joriy etish natijasida ularni qayta sozlash imkoniyati kengaydi, ular endi maxsus dastgohlar emas, balki maxsuslashtirilgan dastgohlar toifasiga mansub bo’lib, bir turdagi ishlanmalarga ishlov berish uchun ayrim agregatlarni va moslamalarni almashtirish yo’li bilan qayta sozlanishi mumkin, ishlov berishning ish tsikli va siljishlarning miqdorlari tirgshaklar yordami bilan sozlanadi. EHMdan foydalanish orqali ish tsiklini boshqarish uchun avtomatik liniyalarda ham DBTS tizimlari qo’llanilmoqda. Sanoat robotlarini DBTS tizimida boshqarish yo’lga qo’yilgan. DBTS tizimining funktsional sxemasi 2- rasmda keltirilgan. Sxema tarkibiga tsikllar dasturlagichi, avtomatika sxemasi, bajaruvchi qurilma va qayta aloqa qurilmasi kiradi. DBTS qurilmasi tsikllar dasturlagichini va avtomatika sxemasini o’z ichiga oladi. ЦДБ қурилмаси Дастгоҳ 5 Цикл дастур- лагичи Автоматика схемаси 1 2 6 7 Бажарувчи қурилма 3 4 Sikllar dasturlagichi dasturni berish bloki 1dan va dasturni bosqichma- bosqich kiritish bloki 7dan iborat. Dastur bosqichi - bu to’liq dasturning qismi bo’lib, bir vaqtni o’zida Raqamli dastur bilan boshqarish(DB) tizimiga kiritiladi. Dasturni berish bloki 1dan axborotlar dastgohni ish tsiklini boshqaradigan sxema 2 va nazorat signallarini qayta ishlovchi sxema 6 dan tashkil topgan avtomatika sxemasiga kelib tushadi. Avtomatika sxemasi tsikl dasturlagichi harakatini dastgohning bajaruvchi elementlari va qayta aloqa datchigi bilan kelishtiradi, buyruqlarni ko’paytiradi va kuchaytiradi, bir qator mantiqiy funktsiyalarni bajaradi, misol uchun standart tsikllarni bajarilishini ta`minlash. DTSB tizimida avtomatika sxemasi ko’pincha elektromagnit relelardan tuziladi. Dasturdan berilgan buyruqni ishlab berishni ta`minlaydigan bajaruvchi qurilmaga signallar blok 2 dan keladi. Bajaruvchi qurilma bajaruvchi elementlar 3 va dastgohning ishchi organi 4 dan iborat. Bajaruvchi elementlarga elektrik, gidravlik yoki boshqa turdagi yuritmalarni, elektromagnitlarni, muftalarni va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Supportlar, revolver kallaklar, stollar va boshqalar ishchi organ tarkibiga kiradi. Ishchi organlar dastur bosqichi bo’yicha ish bajaradi. Bu jarayonni datchik 5 nazorat qilinadi, ish bajarish tugagandan so’ng blok 6 orqali dasturning navbatdagi bosqichiga o’tish uchun blok 7 ga buyruq beradi. Dastur bosqichini tugashini ko’pincha yo’l qayta ulagichlari(pereklyuchatel) bilan nazorat qilinadi. Ayrim hollarda bu maqsadlar uchun vaqt saqlagich relelaridan foydalaniladi, ammo buni dastur bosqichini otrabotka qilish vaqtini o’zgarib turishi uncha katta bo’lmagan holda ishlatish mumkin. Agar ishchi organ gidrotsilindr bilan harakatga keltirilsa nazorat bosim relesi yordamida amalga oshiriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling