Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
Mazkur bobda bayon etilgan ilmiy tahlillarni umumlashtiradigan bo‘lsak, talaba-yoshlar kreativlik omillari va uni tadqiq qilish metodlari aniqlandi.
Art- terapiya usullari shu darajada ommalashganki, u bilan ko’pgina kasalliklarni davolab bo’ladi. Odamlar ming yillar davomida muloqot qilish, o'zini namoyon qilish va davolanish uchun san'atga tayanib kelishgan. Ammo art - terapiya 1940-yillargacha rasmiy dasturga aylana olmadi.
Shifokorlarning ta'kidlashicha, ruhiy kasallik bilan yashovchi odamlar ko'pincha o'zlarini rasm va boshqa san'at asarlarida ifodalaydilar, bu esa ko'pchilikni san'atdan davolanish strategiyasi sifatida foydalanishni o'rganishga olib keldi. O'shandan beri san'at terapevtik sohaning muhim qismiga aylandi va ba'zi baholash va davolash usullarida qo'llaniladi.
Art-terapiya ruhiy kasalliklarni davolashda qo'llaniladigan ijodiy san'atning yagona turi emas. Ammo eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham tadqiqot ishini olib borishda, art – terapiyaning har bir usullaridan foydalanish va ayniqsa kichik maktab yoshi o’quvchilarida bu usullardan foydalanish ulardagi ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Shuningdek bugungi kunda bolalarda ta’lim olishda yetishmayotgan original fikrlash, ijodkorlik uchun ham shunday samarali usullardan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Vilyams tecti natijalariga ko‘ra kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ijodkorligi quyidagicha ko‘rinadi: o’quvchi kichik maktab yoshidagi o’quvchilari individual psixologik xususiyatlarning muhim roliga yega va ular har bir vaziyat va jarayonda o‘ziga xoc shaxciy xususiyatlarini namoyish yetadilar. Shunday qilib, o‘quvchilarning atrof-muhitga, turli xil noqulay vaziyatlarga va o‘z tengdoshlariga, shuningdek boshqa odamlarga ijtimoiy moclashuvi yaxshi shakllanganligi ko‘rinib turadi.
Ijodkorlik murakkab va ko'p qirrali hodisa bo'lib, unda turli shaxsiy, jarayon va atrof-muhit omillari o'zaro bog'liqdir.
III BOB. KICHIK MAKTAB YOSHI O’QUVCHILARDA ART TERAPIYA ORQALI TASAVVUR VA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI EMPIRIK JIHATDAN O’RGANISH NATIJALARI
Do'stlaringiz bilan baham: |