O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Download 45.61 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi45.61 Kb.
#1495023
  1   2   3   4
Bog'liq
Islomova annotatsiya (3)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI



Fakultet: Sharq filologiyasi
va tarjimashunoslik
Kafedra: Tarjimashunoslik va
xalqaro junalistika
O‘quv yili: 2021–2022

Magistratura talabasi: Islomova Sabina
Ilmiy rahbar: PhD. Mubarakova Dilshoda
Mutaxassisligi: 70230201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik



NAJIB MAHFUZ HIKOYALARI TARJIMASIDA OKKAZIONAL VA UZUAL SO‘ZLARNI BERISH MUAMMOSI” MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINING
ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi. Mazkur ilmiy tadqiqot ishida okkazional so‘zlar so‘zlovchi yoki ijodkorlar tomonidan o‘z fikr va maqsadini o‘ziga xos tarzda hamda aniq ifodalash, o‘zlari tasvirlayotgan biror shaxs, narsa, obyekt, voqea-hodisalarni barcha qirralari bilan namoyon etish, shu bilan birga, ularga nisbatan bo‘lgan o‘z munosabati, ya’ni his-tuyg‘ularini yorqin ifodalash maqsadida yaratiladi va qo‘llanadi. Okkazionalizmlar tasvir obyektini tavsiflashda tildagi imkoniyatlar nutq egasini qanoatlantirmaganda yaratiladi.
Okkazionalizmlar bir marta qo‘llanishi va o‘ta ta’sirchanligi, obraz yaratishda nihoyatda qulayligi bilan til birliklaridan farqlanib turadi. Okkazional so‘zlarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjudki, okkazionalizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari, okkazional so‘zning tug‘ilish sabablari, unga bo‘lgan ehtiyoj, okkazionalizmlarga yondosh bo‘lgan hodisalar – neologizm, sinonimiya, omonimiya kabi leksik birliklardan farqi, ularning badiiy matnda qo‘llanishi ushbu dissertatsiya mavzusining dolzarbligini ko‘rsatadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Najib Mahfuz hikoyalari tarjimasida okkazional va usual so‘zlarni aniqlash, tarjimon mahorati xususiyatlarini o‘rganish va ilmiy asoslab berish magistrlik dissertatsiyamizning asosiy maqsadi hisoblanadi. Asosiy maqsadni amalga oshirish uchun tadqiqot oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
• tarjima matnlaridagi okkazional so‘zlarni to‘plash va ularni muayyan sistemaga solish;
• okkazional so‘zlarning mohiyati, lisoniy xususiyatlarini o‘rganish;
• okkazional so‘zning unga yondosh hodisalardan farqini aniqlash;
• okkazional so‘zning badiiy matndagi badiiy-estetik vazifalarini yoritish;

Download 45.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling