O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti
Download 84.19 Kb.
|
kurs ish1111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuv: “Xalqaro kredit reyting agentliklari va ularning faoliyati” Bajardi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “XALQARO MOLIYA-KREDIT” KAFEDRASI “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari nazariyasi” FANIDAN KURS ISHI Mavzuv: “Xalqaro kredit reyting agentliklari va ularning faoliyati” Bajardi: Ilyosov Ravshan “Moliya” fakulteti, Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari yo‘nalishi, MXVKM-70/22-guruh talabasi. Ilmiy rahbar: Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ataniyazov. J TOSHKENT-2023 MUNDARIJA: Kirish………………………………………..…………………………..3 Xalqaro kredit reyting agentliklari faoliyatining omillari..........................6 Xulosa va takliflar..................................................................................17 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .........................................................19 KIRISH Jahon iqtisodiyoti integratsiyalashgan sari suveren kredit reytinglari global kapital oqimini yo'naltirishlarini belgilovchi eng muhim elementlaridan biriga aylandi. Kredit reyting agentliklarining ham milliy iqtisodiyotga, ham jahon iqtisodiyotiga ta'siri oshdi. Mamlakatimizning so’ngi yillarda ko‘plab reyting va indekslarda egallab turgan o’rni yuqorilab bormoqda. Ammo, shunday bo‘lsada bu ko‘rsatkichlar qoniqadigan darajada yuqori emas. Aynan shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7- martdagi “Xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to’g’risida”gi1 PF–5687-son Farmoni qabul qilindi va unga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining soni 10 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash departamenti tashkil etildi. Reyting agentliklari mamlakat suveren kredit reytingini belgilashda ko‘plab omillarni hisobga oladi. Kredit reyting agentliklari tomonidan e'lon qilingan hisobotlarda ularning suveren kredit reytinglari asosida ko‘plab iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy omillar keltirilgan. 2015-yil Fatih Bahadir Haspolatninng “Procedia Economics and Finance” jurnalida “Moody's suveren kredit reytingini tahlil qilish: Reyting agentliklariga nisbatan tanqidlar hozir o‘z kuchini yo'qotadimi?”2 nomli maqolasida avvalgi tadqiqotlar va Moody's reyting metodologiyasi asosida, o'n uchta iqtisodiy va beshta korporativ boshqaruv ko‘rsatkichlari va suveren kredit reytinglarini bashorat qilish uchun uchta model ishlatgan holda qaysi omillar reytinglarni belgilashda eng kata ega ekanliga va baholash metodologiyasidagi kamchiliklarni ko‘rsatib bergan. Tadqiqot ishida aniqlikni ta’minlash uchun 69 ta mamlakatni 1996-yildan 2012-yilgacha bo‘lgan yillik ma'lumotlardan foydalanilgan. Iqtisodiy ma'lumotlarni olish va e'lon qilish bilan reytinglar va iqtisodiyot o'rtasidagi o‘zaro korrelatsion bog'liqlik mavjud bo‘lib, ushbu bo‘g‘liqlik asosida bir yil keyingi suveren kredit reytinglarini tahmin qilish mumkin. Iqtisodiy o‘sish jarayonini jadallashtirish uchun jahon iqtisodiyoti, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar katta miqdordagi tashqi moliyalashtirishga muhtoj ekan, kredit reyting agentliklari va ularning kredit reytingi metodologiyalarini holisona tahlil qilish juda muhimdir. Moody’s reyting agentligi metodologiyasi ma’lumotlarini tahlil qilish natijasida; aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha YaIM, boshqaruv sifati, to’lov balansi, makroiqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari va o‘sish prognozlari, mamlakatning sanoatlashgan bo'lishi va zaxira valyutaga ega bo'lish suveren kredit reytingiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan omillar sifatida aniqlandi. Boshqa tarafdan; valyuta kurslarining o‘zgaruvchanligi, foizlar bo‘yicha to‘lovlar, qarzlar hajmlari va ssudalarning paydo bo'lishi kredit reytingiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan omillar hisoblanadi. Reyting shkalariga asosan3, «A1» –investitsiya darajasini yuqori o’rta sinfiga kiruvchi shkala, «C» esa defolt holatini anglatuvchi reyting shkalasi hisoblanadi. 2007-yilda investitsiya darajasida baholangan davlatni 2012-yilda o‘zini defolt deb e’lon qilishini o‘ziyoq reyting agentliklarini baholash metodologiyasiga bo‘lgan ishonchni susaytiradi. Fikrimizcha, Standart&Poor’s, Fitch, Moody’s va boshqa xalqaro reyting agentliklari mamlakatlarning reytingini baholayotganida mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishiga bevosita ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillarni yetarlicha tahlil qilmasligi ularning metodologiyasidagi kamchiliklar hisoblanadi.. Shunday bo‘lsada bugungi kunda har bir tashkilot yoki mamlakatning iqtisodiyotini baholash uzoq vaqt va katta miqdordagi moliyaviy mablag‘ talab qilganligi sababli xalqaro kreditorlik va investitsion tashkilotlari, moliya bozori ishtirokchilari o‘zlari mustaqil ravishda baholay olmaydi.Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, IHRTning maxsus qo‘mitasi mamlakatlar riskini klassifikatsiyalash tizimi orqali dunyoning 200dan ortiq davlatini guruhlarga ajratadi. IHRTga a'zo mamlakatlarning eksport-kredit agentliklaridan (agentliklar) tashkil topgan ushbu qo‘mita yilda bir marotaba har bir davlatning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini chuqur tahlil etgan holda 1-guruhdan (eng yuqori to‘lov qobiliyati) 7-guruhgacha (eng past to‘lov qobiliyati) klassifikatsiya qiladi4.Ma'lumot uchun, MDH davlatlaridan Rossiya 4-guruhga, Ozarboyjon va Qozog‘iston 5-guruhga, aksariyat boshqa davlatlar 6- va 7- guruhlarga ajratilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlardan Braziliya, Turkiya, Serbiya va Vetnam kabi mamlakatlar 5-guruhda O‘zbekiston bilan bir qatorda o‘rin olgan.Mamlakatlar riskini klassifikatsiyalash tizimida O‘zbekiston guruhining yaxshilanishi mamlakatimizga eksport-kredit agentliklarining kafolati ostida jalb qilinadigan kreditlar uchun sug‘urta badalini sezilarli ravishda kamaytiradi. Qolaversa, ushbu ko‘rsatkichning yaxshilanishi O‘zbekiston Respublikasining ilk xalqaro obligatsiyalarini jahon moliya bozorlarida muvaffaqiyatli joylashtirish uchun bevosita yordam berishi kutilmoqda. Xalqaro kredit reyting agentliklari va ualrning mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun so’ngi tahminlari(prognozlari) Xalqaro reyting agentliklari- (Xalqaro reyting agentliklari) Reyting agentliklari moliya bozori sub'ektlarining to'lov qobiliyatini baholovchi tashkilotdir Xalqaro reyting agentliklari: mamlakat kredit reytinglari, Fitch Ratings, Moody’s, S&P, Morningstar.Kredit reytingi va jahon reyting agentliklari- S P xalqaro reyting agentligi tarixda birinchi marta AQShning kredit reytingini maksimal AAA dan AA+ ga tushirdi; bu hodisa Qo'shma Shtatlarda mumkin bo'lgan defoltning oldini olishdan keyin sodir bo'ldi. Kredit reytingi mustaqil va ishonchli Newsmakers ensiklopediyasi. 1913- yilda Nyu- York shtatida kichik nashryot sifatida ish boshlagan. Hozirgi kunda 3 ta asosiy shtab kvartiaralari mavjud (Chikago, Boston va Nyu-York) 1982- yilda Milliy tan olingan stastik tashkilot (NRSRO) ga ayklgan. 1992- yilda NRSRO bank tizimi sifatida ham ish boshlagan. Hozirgi kunda 4500 dan ortiq xodim va 40 ta ofisga ega Fitch Ratings Osiyo-Tinch okeani mintaqasida (APAC) 2022-yilning sarmoyaviy darajasi, davlat moliyasi va suveren reyting agentligi va The Asset tomonidan Yevropada ABS bo‘yicha eng yaxshi reyting agentligi deb topildi. Sustainable Fitch, shuningdek, ESG reyting agentligining yil mukofotiga sazovor bo'ldi. “Fitch Ratings”da taʼkidlanishicha5, mamlakatimizda mustahkam tashqi va fiskal zaxiralarning mavjudligi, diversifikatsiyalangan tovarlar eksporti bazasi hamda tashqi moliyaviy manbalardan foydalanish imkoniyatlari COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan global inqiroz sharoitida O‘zbekiston reytingi saqlab qolinishining asosiy omillaridan hisoblanadi. Agentlik fikriga ko‘ra, mazkur omillar global inqiroz holatlarining O‘zbekiston iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish bo‘yicha choralarni moliyalashtirish, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash hamda joriy amaliyotlar hisobi defitsitining yuqoriligi va davlat qarzining oshishi bilan bog‘liq qisqa muddatli xatarlarni yumshatishga xizmat qiladi.Shu bilan birga, “Fitch Ratings” Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 2017-yilda boshlangan islohotlar, jumladan, makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish istiqbollarini yaxshilash, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish hamda institutsional va boshqaruv sohalaridagi zaif tomonlarni bartaraf etishga qaratilgan islohotlar izchil amalga oshirilmoqda, deb hisoblaydi.Garchi joriy yilda “Fitch Ratings” tomonidan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi 2 foizga tushirilgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonning inqirozga qarshi kurash choralari, investitsiya loyihalarining davomiy moliyalashtirilishi hamda asosiy savdo hamkorlar bilan aloqalarning tiklanishi kelgusi yilda yuqori iqtisodiy o‘sish surʼatlarini (2021-yil uchun 6,8 foiz) taʼminlashi alohida taʼkidlangandi.COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish, aholi bandligi, ijtimoiy to‘lovlarning amalga oshirilishi, iqtisodiy va investitsiyaviy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Moliya vazirligi huzurida Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasining (1 milliard AQSH dollari hajmida) tashkil etilgani hamda Hukumat tomonidan maqsadli va vaqtinchalik soliq imtiyozlari, tegishli sektorlarning kredit to‘lovlarini kechiktirish imtiyozlarining (3 milliard AQSH dollari hajmida) taqdim etilishi alohida qayd etiladi.Shuningdek, agentlik tomonidan davlat tashqi qarzini jalb etishning yillik yuqori chegarasi joriy etilgani va hukumatning davlat qarzi (hukumat nomidan va uning kafolati ostidagi qarz) yuqori miqdorini yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 50 foiz etib belgilash bo‘yicha rejalari davlat qarzi o‘sishini kamaytirishga qaratilgani bildiriladi.Institutsional islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi korrupsiyaga qarshi kurashish va qonun ustuvorligi sohalarining rivojlanishi, boshqaruv standartlarining yaxshilanishiga olib kelib, bu “Transparency International” tashkiloti tomonidan yuritiladigan Korrupsiyani qabul qilish indeksi va “World Justice Project” tomonidan yuritiladigan Qonun ustuvorligi indeksida mamlakatimiz o‘rni yaxshilanishida aks etgani hamda 2020-yilda Jahon bankining Biznes yuritish indeksida 76-o‘rindan 69-o‘ringa ko‘tarilganiga alohida eʼtibor qaratildi. Asosiy faoliyati Elektr energiya bozoridagi narxlarni baholash S&P Globalning ildizlari 1860-yilga borib taqaladi, asosiy razvedka sanoat inqilobidagi taraqqiyotni qanday tezlashtirishi mumkinligi haqidagi tasavvurga ega. Yaxlitlik, kashfiyotlar va hamkorlik bizning shaxsiyatimizga kiritilgan.Agentlik direktori Duglas Petrson Joriy yilning 2-dekabr kunida e’lon qilingan “S&P” 6xalqaro reyting agentligining O‘zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingiga bag‘ishlangan navbatdagi hisobotida respublika reyting bahosi “BB-” (barqaror kutilma) darajada o‘zgarishsiz tasdiqlandi.Qayd etilishicha, 2022-yil boshidan agentlik tomonidan 22 ta mamlakatning reyting bahosi yoki reyting kutilmasi pasaytirilgan. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston kredit reytingi bo‘yicha “barqaror” kutilmaning saqlab qolinishi nisbatan mustahkam fiskal va tashqi zaxiralarining mavjudligi tufayli iqtisodiyot kelgusi 12 oy davomida tashqi shoklar hamda global iqtisodiyot sekinlashishining qo‘shimcha salbiy ta’sirlarini kamaytirish imkoniyatiga egaligini aks ettiradi.Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, hukumat likvid aktivlari YAIMga nisbatan 17% ni, foydalaniladigan xalqaro zaxiralar YAIMga nisbatan 32,6 foizni tashkil etgan.Shu bilan birga, mamlakatning sof tashqi kreditor pozitsiyasi va sof davlat qarzi yukining mo‘tadilligi respublika kredit reytingini qo‘llab-quvvatlovchi omillar sifatida keltirilgan.Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi, monetar siyosatning moslashuvchanligi, hisobdorlik va institutlarning rivojlanish darajasi respublika suveren kredit reytingini hozirgi vaqtda cheklovchi omillar sifatida sanab o‘tilgan.Hisobotda O‘zbekiston iqtisodiyoti tashqi shoklarning ta’siriga agentlik kutilmalaridan ko‘ra yaxshiroq bardosh bergani qayd etilgan. Xususan, O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi pul o‘tkazmalari oqimi, eksport va davlat xarajatlarining ortishi bilan ta’minlangani keltirilgan. Shu sababli, agentlik 2022-yil uchun iqtisodiy o‘sish kutilmasi 3,5% dan 5,8% gacha oshirgan.Prognoz davri mobaynida kapital xarajatlarining kamayishi, maqsadli ijtimoiy xarajatlar va elektr energiyasi tariflari islohoti hamda soliq yig‘ishning yaxshilanishi hisobiga fiskal konsolidatsiya amalga oshirilishiga olib keladi. Shu bilan birga, hisobotda amalga oshirilayotgan investitsiya dasturlari va davlat korxonalari sektoridagi islohotlar, xususiy sektorning rivojlanishi va biznes muhitining yaxshilanishi o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga yordam berishi keltirilgan.“S&P” xalqaro reyting agentligi 2017-yildan buyon hukumat islohotlar va iqtisodiy modernizatsiya bo‘yicha o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarida sezilarli ravishda ildamlaganini qayd etgan. Hisobotda davlat qarzi o‘rta muddatda barqarorlashishi va, asosan, imtiyozli kreditlardan tashkil topganligi hisobiga davlat qarzi xarajatlarining pastligi keltirib o‘tilgan.Shu bilan birga, O‘zbekistonning monetar siyosati samaradorligi keyingi yillarda rivojlanish tendensiyasida ekanligi va bu boradagi eng muhim islohotlardan biri sifatida valyuta kursi liberalizatsiyasi e’tirof etilgan.O‘zbekistonning global iqtisodiyotga integratsiyalashuvi va iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiy o‘sish salohiyatining yaxshilanishi va eksport tushumlari hamda budjet daromadlarining diversifikatsiyasi respublika kredit reytingini oshiruvchi omil bo‘lishi mumkin.Respublika kredit reytingini pasaytiruvchi omillar sifatida quyidagilar qayd etilgan .2022 yildan keyingi davrda tashqi savdo va pul o‘tkazmalari pasayishi sababli agentlik kutilmalariga nisbatan O‘zbekistonning fiskal va tashqi zaxiralari zaiflashsa davlat va moliya sektorining tashqi qarzlari o‘sish sur’atlarining mo‘tadil darajada saqlanishi bo‘yicha agentlik kutilmalaridan farqli o‘laroq, mazkur qarzlar tez sur’atlar bilan o‘sishda davom etsa yirik davlat korxonalari moliyaviy holatining zaiflashuvi natijasida davlat shartli majburiyatlari amalga oshsa (ya’ni, hukumat davlat korxonalarining qarzlarini to‘lashni boshlasa). Download 84.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling