O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Download 84.19 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi84.19 Kb.
#1555051
1   2   3
Bog'liq
kurs ish1111

1-jadval.

MOODY’S INVESTORS SERVICE

Turi

ommaviy kompaniya

Ro'yxatni almashish

NYSE : MCO

Baza

1909 ; asoschisi - Jon Mudi (1868-1958)

Ta'sischilar

Jon Mudi ]

Manzil

AQSh 250 Grinvich ko'chasi, Nyu-York (yangi Jahon savdo markazi)

Asosiy raqamlar

Raymond MakDaniel, Jr. (boshqaruvchi direktor); Robert Fauber (COO)

Sanoat

xalqaro reyting agentligi

aylanmasi

4,8 milliard dollar ( 2019 yil )

Operatsion foyda

  • ▼ 1,88 milliard dollar ( 2022 )

Sof foyda

  • ▼ 1,37 milliard dollar ( 2022 )

MOODY’S” reyting agentligi.7
“Moody’s Investors Service” xalqaro reyting agentligi 2020-yil 24-yanvar kuni “Ipoteka-bank” aksiyadorlik-tijorat ipoteka bankining milliy valyutadagi omonatlari bo‘yicha – “B1”, xorijiy valyutadagi depozitlari bo‘yicha – bo‘lgan uzoq muddatli reytinglarini tasdiqladi. "B2". Bank reytinglari bo'yicha prognoz "barqaror.Moody's Investors Service reyting agentligi tahlilchilarining fikricha, ATB Ipoteka-bankning xalqaro reytingi uning chakana va korporativ bank xizmatlari bozorida, xususan, iste'mol va ipoteka kreditlari, plastik kartochkalar, depozitlar, xalqaro pul mablag'lari segmentlarida mustahkam o'rnini aks ettiradi. transfertlar, lizinglar, kafolatlar va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish.Ijobiy omillar sifatida Moody's Investors Service reyting agentligi kapitalning etarlilik ko'rsatkichlari yaxshilanganini, har bir qarz oluvchiga to'g'ri keladigan kredit konsentratsiyasining kamayganini, kredit portfelining dollarlashuvi pasayganini, shuningdek, bank likvidlik pozitsiyasining mustahkamlanganini qayd etadi.
ATB “Ipoteka-bank” O‘zbekistonning to‘rtta yirik banklaridan biri bo‘lib, respublikaning barcha hududlarini qamrab olgan keng filial va bo‘limlar tarmog‘i orqali turli turdagi bank xizmatlarini taqdim etadi.
Agentliklarning mamlakatimiz iqtisodiy tarmoqlaridagi ahamiyati
1."Fitch Ratings". 2019-yilning 14-iyun8 kuni nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan biri "Fitch Ratings" O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrining uzoq muddatli xorijiy va milliy valyutadagi kredit reytinglari darajasida "BB-" prognozli "Barqaror" maqomini tasdiqladi. Ta’kidlash joiz, bu poytaxtning mazkur yo‘nalishdagi ilk xalqaro e’tirofidir.19- iyun kuni Rossiya federatsiyasi, MDH va Qoradengiz mintaqasi bo‘yicha "Fitch Rating" agentligining mintaqaviy rahbari Dmitriy Surkov tomonidan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga barqaror progonozli “BB-” suveren kredit reytingini tasdiqlovchi sertifikat topshirilgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xalqaro darajadagi e’tirof Toshkentning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi, poytaxt iqtisodiyoti xalqaro miqiyosda barqaror rivojlanayotganini tasdiqlaydi.“O‘zbekgidroenergo” AJ: “Fitch ratings” agentligining xalqaro kredit reytingini barqaror saqlab kelmoqda Joriy 2022-yilda ham “O‘zbekgidroenergo” AJ jahonda yetakchi “uchlik” reyting agentliklaridan biri hisoblangan “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining BB-” barqaror xalqaro kredit reytingini qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash joizki, 2020-yilda Jamiyat reytingi B+ (barqaror) bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yilda Jamiyat reytingi BB- (barqaror) darajasiga ko‘tarildi. Joriy 2022-yilda ham Jamiyat BB- (barqaror) darajasini saqlab qoldi. Bir so‘z bilan aytganda, “O‘zbekgidroenergo” AJ so‘nggi yillarda “BB-” barqaror xalqaro kredit reytingini saqlab kelmoqda.Bu borada, Jamiyat reytingi darajasi Respublika suveren reytingi qatorida ekanligini, ishlab chiqaruvchi tashkilotlar orasida esa 2 yildan beri o‘z mavqeini barqaror holatda saqlab turganligini alohida ta’kidlash lozim.Shunisi ma’lumki, mazkur yilda berilgan reyting o‘tgan moliya yilining tahlili natijalari, ya’ni 2021-yilning natijalari sarhisobiga berilgan baho hisoblanadi.“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekgidroenergo” AJning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy biznes strategiyasi holatini o‘rgandi, balki unga tuzilgan model barqarorligi hamda korporativ boshqaruv tizimi va boshqa yo‘nalishlarni ham chuqur o‘rganib, tahlil qildi. Jamiyatda faoliyat yuritayotgan minglab ishchi-xodimlarning mehnati samarasi va reyting agentligi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar, chuqur tahlillar hamda korxonalar faoliyatining mustaqil baholanishi natijasida “O‘zbekgidroenergo” AJ respublikada ishlab chiqaruvchi korxonalar orasida birinchilardan bo‘lib “Fitch Ratings” xalqaro kredit reytingining “BB-” darajasini qo‘lga kiritdi.Shu bilan birga, dunyoning ilg‘or konsalting kompaniyalari jalb qilindi. Jumladan, moliya sohasiga “Pricewaterhousecoopers”, raqamli transformatsiya bo‘yicha Rossiyaning “X-Holdings”, korporativ boshqaruv va investitsiya dasturini qayta ko‘rib chiqish uchun “McKinsey & Company” korxonalari bilan hamkorlik o‘rnatilib, Jamiyatni rivojlantirish bo‘yicha zaruriy maslahat va tavsiyalar olindi.Yana bir muhim jihat, Jamiyatga kiritilayotgan investitsiya ko‘lamining jozibadorligi va uni boshqarishdagi salohiyati, Jamiyatning kredit yelkasini (target laverage) kerakli darajada nazorat ostida olib borilayotgan tizimli islohotlari samarasi mazkur ijobiy natijani barqaror saqlab qolishga xizmat qildi.Buning natijasida, Jamiyat tomonidan 2022 yilda 8 ta loyihalarni foydalanishga topshirilishi natijasida, qo‘shimcha 178 MVt ishlab chiqarish quvvati yaratiladi hamda jami ishlab chiqarish quvvatlari hajmi 2 230 MVt 9ga yetkaziladi. Shu bilan birgalikda, 2022-yilning 12-may kuni Fitch Ratings xalqaro rеyting agеntligi “O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (kеyinchalik – AO “O‘zmilliybank”)ning krеdit rеytinglarini “Barqaror” prognozi bilan “BB-”darajasida va «b» mustahkamlik rеytingi darajasida tasdiqladi.Fitch Ratings rеyting agеntligining hulosasiga ko‘ra, “O‘zmilliybank” AJ chakana va korporativ bank xizmatlari sohasida, jumladan, stratеgik ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirishda faoliyatini kеngaytirgan holda, O‘zbеkistonda tizim yaratuvchi bank bo‘lib qolmoqda.Bankning barqaror rеytingi o‘z nеgizida kuchli mijoz bazasi, tarixan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan aktivlarning yuqori sifati va yetarli darajadagi kapitalizatsiyani aks ettiradi. Fitch Ratingsga ko‘ra, “O‘zmilliybank” AJ yaxshi kapital darajasiga ega va bu bilan xorijiy invеstitsiyalarni jalb qilishda yuqori o‘rinni egallaydi, bularning hammasi esa rеytingda ijobiy aks ettirildi.Fitch Ratings “O‘zmilliybank” AJ tomonidan O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy bankning barcha prudеnsial normalariga rioya etishi ta’kidlab o‘tildi.Xalqaro agеntlik tomonidan rеyting baholarining yana bir bor tasdiqlanishi bank rivojlanish stratеgiyasini to‘g‘ri tanlanganligini tasdiqlaydi, xorijiy invеstitsiyalarni jalb qilish va xalqaro savdo opеratsiyalariga xizmat qo‘rsatishda o‘zining ajralmas rolini namoyish etadi.
Standard & Poor‘s xalqaro reyting agentligi  O‘zbekiston Respublikasining reyting kutilmasini quyidagi sabablarga ko‘ra “salbiy”dan “barqaror”ga oshirishga qaror qilgan10:
“S&P”ning qayd etishicha 2020-yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishga (1,6 foiz) erishgan dunyodagi kamdan-kam mamlakatlardan biri bo‘lgan.Agentlikka ko‘ra, iqtisodiy o‘sishga asosiy sabab COVID-19 bilan bog‘liq cheklovlarga qaramay qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarining faoliyat yuritganligi, yirik infratuzilma va investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda Hukumatning iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun ko‘rgan tezkor choralari bo‘ldi.2021-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 4,8 foizga o‘sishi prognoz qilingan bo‘lib, xizmatlar sektori asosiy o‘sish drayveri bo‘lishi Agentlik tomonidan taxmin qilinmoqda.
Hisobotga ko‘ra, tashqi qarz o‘sish surʼati sekinlashgan hamda qisqa muddatli fiskal va tashqi xatarlar pasaygan.Xususan, “Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunda davlat tashqi qarziga yillik limit (5 mlrd. dollar) va davlat qarzining eng yuqori miqdorining (yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60%) belgilanganligi, shuningdek davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlab olishga nisbatan yana-da “talabchan” qoidalar tadbiq etilganligi Agentlik tomonidan ijobiy baholangan.Shuningdek, 2017-yildan buyon Hukumat islohotlar va iqtisodiy modernizatsiya bo‘yicha o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarida sezilarli ravishda ildamlagani Agentlik tomonidan qayd etilgan.Agentlik mazkur islohotlar iqtisodiyotning ishlab chiqarish samaradorligi hamda Hukumatning institutsional salohiyatini yaxshilashiga ishonch bildirmoqda.
“S&P”ning kutilmalariga nisbatan O‘zbekistonning fiskal pozitsiyasi 2020-2021 yillarda yaxshilangan. Qayd etilishicha, 2020-yil mobaynida oltin narxining yuqoriligi davlat tushumlari va tashqi balansini qo‘llab-quvvatlab, umumiy fiskal defitsitning kutilganidan kamroq bo‘lishiga sabab bo‘ldi (2020-yil yakuniga umumiy fiskal defitsit 4,5 foizni tashkil etdi).Natijada, byudjetni qo‘llab-quvatlash uchun jalb qilingan mablag‘larning bir qismi tejalib, Hukumat aktivlari miqdorining oshishiga erishilgan. Bu, o‘z navbatida, sof davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatining barqarorlashishiga o‘z hissasini qo‘shgan.Hisobotga ko‘ra, COVID-19 bilan bog‘liq xatarlar yuqoriligicha qolayotgan bo‘lsada, joriy yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi tezlashishi kutilmoqda.
Hisobotda taʼkidlanishicha, O‘zbekistonning tashqi balansi 2020-yil kutilganidan ko‘ra yaxshiroq ko‘rsatkichlar bilan yakunlagan. Agentlikka ko‘ra, 2020-yil yakunida davlat va moliyaviy sektorning likvid aktivlari umumiy tashqi qarz miqdoridan ko‘proq bo‘lgan.
Hukumat tomonidan so‘nggi yillardagi bir qator islohotlar, xususan sud hokimiyati mustaqilligini oshirish, so‘z erkinligiga qo‘yilgan taʼqiqlarni olib tashlash va fuqarolar oldidagi hisobdorlikning oshishi, korrupsiyaga qarshi kurashish, iqtisodiy maʼlumotlar ochiqligining yaxshilanishi, savdo va valyuta kursi liberalizatsiyasi hamda davlat korxonalari islohoti va xususiylashtirish rejalari alohida eʼtirof etilgan.Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini yaxshilash Hukumatning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib qolayotganligi taʼkidlangan.Shu bilan birga, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmini oshirish, pul-kredit siyosatining samaradorligini oshirish, hisobdorlik va institutlar o‘rtasidagi o‘zaro tiyib turish tizimining rivojlantirish zarurati qayd etilgan.Agentlik hisobotida O‘zbekiston reytingiga ijobiy va salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi omillar sanab o‘tilgan. Unga ko‘ra O‘zbekistonning global iqtisodiyotga integratsiyalashuvi va iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyot o‘sish salohiyatining va fiskal hamda tashqi zaxiralar darajasining yaxshilanishi mamlakatimiz kredit reytingini oshiruvchi omil bo‘lishi mumkin.Mamlakatimiz kredit reytingini pasaytiruvchi omillar sifatida quyidagilar qayd etilgan:
Agentlik kutilmalariga nisbatan O‘zbekistonning fiskal va tashqi zaxiralari tez surʼatlarda yoki sezilarli darajada kamaysa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimining yetarli emasligi natijasida qarz jalb qilish oshsa va tashqi aktivlar kamaysa iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasi sezilarli darajada oshsa davlat korxonalari holatining zaiflashuvi natijasida davlat shartli majburiyatlari amalga oshsa (yaʼni Hukumat davlat korxonalarining qarzini to‘lasa).
Joriy yilning 20-yanvar kuni Moody’s xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning kredit reyting bahosini “B1” (ijobiy kutilma)dan bir pog‘ona yuqoriga “Ba3” (barqaror kutilma)ga oshirdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi11.2022-yil davomida Moody’s tomonidan 36 ta mamlakatning reyting bahosi yoki reyting kutilmasi pasaytirilgan.Agentlikka ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi 5 foizni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda.Moody’s hisobotida mamlakat kredit reytingini oshiruvchi omillar sifatida quyidagilar sanab o‘tilgan:Davlatning fiskal holatiga putur yetkazmasdan iqtisodiyot va moliya sektorida mustahkam raqobat muhitining yaratilishiga qaratilgan murakkab islohotlar amalga oshirilsa;Fiskal defitsitini moliyalashtirish uchun ichki imkoniyatlarni safarbar etish, milliy valyutada qarz jalb qilishning rivojlantirilishi orqali defitsitni moliyalashtirish uchun davlat tashqi qarziga bog‘liqlik kamaytirilsa.Mamlakat kredit reytingini pasaytiruvchi omillar sifatida quyidagilar qayd etilgan:Agentlik kutilmalariga nisbatan joriy tashqi shokning real iqtisodiy o‘sish sur’atlarini doimiy ravishda sekinlashtirishi va fiskal ko‘rsatkichlarni zaiflashtirishi natijasida makroiqtisodiy barqarorlik bilan bog‘liq xatarlar ortsa;Joriy operatsiyalar hisobi defitsitining ortishi hamda xorijiy investitsiyalarning mutanosib ravishda oshmasligi mamlakat tashqi pozitsiyasiga xavf solsa.
«Moody's» tahlilchilari rеytingni taqdim etishning umumiy uslublari to’g’risida taqdimot namoyish etishdi. Shuningdеk, rеytingni taqdim etishga ta'sir etuvchi turli omillar haqidagi muhokamada «O’zbеkinvеst» kompaniyasi uchun rеytingni tashkil etish haqida ma'lumot hamda yaqin istiqbolda rеyting o’rnini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar bеrildi12.Muhokama davomida O’zbеkiston sug’urta bozorining rivojlanish istiqbollari va zamonaviy holati, Kompaniyaning qayta sug’urtalash bo’yicha xorijiy tashkilotlar bilan hamkorligi, Bеrn Ittifoqi Praga klubidagi ishtiroki hamda hududiy filiallari va tarkibiy tuzilmalari faoliyati muhokama etildi.Ma'lumot o’rnida ta'kidlash kеrakki, «O’zbеkinvеst» kompaniyasi O’zbеkiston sug’urta kompaniyalari orasida «Moody's Investors Services Ltd.» rеyting agеntligining xalqaro rеytingini olgan birinchi va yagona kompaniyadir. Joriy yilning avgust oyida «Moody's Investors Service Ltd.» Xalqaro rеyting agеntligi B1 - «barqaror» progonozi bilan «O’zbеkinvеst» kompaniyasining xalqaro moliyaviy barqarorlik rеytingini yana bir bor tasdiqlagan.


XULOSA
Xalqaro kredit reyting agentliklari qarz beruvchi yoki qarz olish imkoniyatiga ega bo'lgan mamlakatlar, korporatsiyalar yoki boshqa tashkilotlarning kreditga layoqatliligini baholovchi firmalardir. Uchta yirik xalqaro reyting agentliklari: Standard & Poor's (S&P), Moody's va Fitch Ratings. Ushbu agentliklar investorlar uchun defolt xavfini aks ettiruvchi kredit reytinglarini belgilash uchun standartlashtirilgan reyting shkalalaridan foydalanadilar. Eng yuqori reyting odatda AAA yoki Aaa bo'lib, past riskli investitsiyalarni ko'rsatadi va eng past reytinglar odatda D yoki C bo'lib, yuqori defolt xavfini ko'rsatadi. Reyting agentliklarining baholashlari qarz olish xarajatlari, investorlarning ishonchi va iqtisodiy o'sishga ta'sir qilishi mumkin. Biroq, agentliklar oligopolistik bozor hokimiyati, mumkin bo'lgan manfaatlar to'qnashuvi va moliyaviy inqirozlarni kuchaytirish tendentsiyasi uchun tanqid qilindi.
Xalqaro kredit reyting agentliklari mamlakatlar, korporatsiyalar va moliyaviy vositalarning kreditga layoqatliligini baholash orqali jahon moliya bozorlarida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ularning reytinglari investorlarga ongli qarorlar qabul qilishda va xavfni baholashda yordam beradi. Biroq, ba'zi tanqidchilar, ayniqsa, 2008-yilgi moliyaviy inqirozdan so'ng, kredit reyting agentliklarining to'g'riligi va mas'uliyati haqida xavotirda. Ularning ta'kidlashicha, agentliklar manfaatlar to'qnashuvi bo'lishi mumkin va foydani ob'ektiv reytinglardan ustun qo'yishi mumkin. Umuman olganda, kredit reyting agentliklarining roli va ta'siri moliya hamjamiyatida muhokama qilinadi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, xalqaro kredit reyting agentliklari jahon moliya tizimining muhim ishtirokchilari bo'lib, investorlarga turli sub'ektlarning kredit layoqatliligi to'g'risida muhim ma'lumotlarni taqdim etadilar. Biroq, ularning metodologiyasi va reytinglari, ayniqsa, moliyaviy inqiroz davrida tekshirish va tanqidga duch keldi. Agentliklar reytinglari defolt xavfini to'g'ri aks ettirishi va bozordagi beqarorlik potentsialini yumshatish uchun o'z modellarini moslashtirish va takomillashtirishni davom ettirishi kerak. Investorlar investitsiya qarorlarini qabul qilishda kredit reytinglariga tayanishda davom etar ekan, reyting agentliklari o'zlarining mustaqilligi, shaffofligi va xolisligini saqlab qolishlari juda muhimdir.
Xalqaro kredit reyting agentliklari jahon moliya tizimida muhim rol o'ynaydi. Ular sub’ektning kreditga layoqatliligini xolis va mustaqil baholashni ta’minlaydi, undan investorlar, emitentlar va tartibga soluvchi organlar asosli qarorlar qabul qilishda foydalanadilar. Biroq, ushbu agentliklar o'zlarining metodologiyasi, aniqligi va mumkin bo'lgan manfaatlar to'qnashuvi tufayli tanqidlarga ham duch kelishdi. O'z ishonchini oshirish va jamoatchilik ishonchini saqlab qolish uchun kredit reyting agentliklari o'zlarining metodologiyalari va reyting metodologiyalarini takomillashtirishni davom ettirishlari kerak. Ular o'z amaliyotlari va protseduralari bo'yicha shaffof bo'lishi va emitent-to'laydi modeli kabi manfaatlar to'qnashuviga moyilligini kamaytirishi kerak. Umuman olganda, xalqaro kredit reyting agentliklarining mavjudligi jahon moliya tizimida barqarorlikni saqlash va tavakkalchilikni yumshatish uchun juda muhimdir. Investorlar muhim investitsiya qarorlarini qabul qilish uchun kredit reytinglariga tayanishda davom etar ekan, ushbu agentliklar o'zlarining ishonchliligi va xolisligini ta'minlash uchun o'z reytinglariga qat'iy va intizomli yondashuvni qo'llashlari shart.



Download 84.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling