O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi
Download 177.4 Kb.
|
Noallel genlarning ta\'sirida belgilarning irsiylanishi polimeriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Diduragay chatishtirish
Chala dominantlik. Hayvon va o‘simliklar ustida olib borilgan tajribalarda birinchi bo‘g‘in duragaylarida chala dominantlik hodisasi aniqlandi. Bunday hodisa Mendel tajribalarida ham kuzatildi. Ya’ni birinchi bo‘g‘in duragaylarida ota yoki onaning belgilari to‘liq ko‘rinmaydi. Faqatgina ota yoki onaga ozgina o‘xshaydi. Misol: oq va sariq gulli nomozshomgul chatishtirilib pushti gulli duragay olinadi. Bunda ikkinchi bo‘g‘in duragayning fenotip bo‘yicha ajralishi (3:1) genotip bo‘yicha (1:2:1) ajralishga mos kelmaydi. Chunki geterozigota (Aa) gomozigotadan (AA) tashqi ko‘rinishi bilan farq qilmaydi. Chala dominantlikda 2-bo‘g‘inida duragaylarning belgilar bo‘yicha fenotip va genotip ajralishi bir xil bo‘ladi. Ya’ni dominant gomozigota (AA) geterozigota (Aa) dan farq qiladi. Nisbat quyidagicha bo‘ladi: 1 (AA) sariq: 2 (Aa) pushti: 1 (aa) oq gulli, shartli ravishda sariq - dominant, oq esa - retsissiv deb olinadi. Chala dominantlikni to‘la dominantlikdan ajratish uchun harflar ustiga chiziq qo‘yiladi. Masalan: (Āa).
1.1. Diduragay chatishtirish Bir-biridan 2 juft alternativ belgilari bilan farq qiladigan organizmlarni chatishtirish diduragay chatishtirish deyiladi. Mendel o‘z tajribalarida 3-qonuniyatni ham ochib, har xil juft belgilarning bir-biridan mustaqil ravishda nasldan-naslga berilish qonuni deb atadi. Buni quyidagi tajribada tekshirdi, ya’ni sariq - sillik va yashil - burushgan gomozigota no‘xatlarni oldi. Birinchi bo‘g‘in sariq silliq bo‘ldi. Sabab sariq rang - yashildan, silliq - burushgandan ustun keldi. Bu yerda sariq rangning dominanti - A, silliqligining dominanti - B yashil rangning retsissivi – a, burushganlikning retsissivi - v bo‘lsa, ona o‘simlik genotipi AAВВ, otaniki esa aavv bo‘lib, bular AВ, av gametalar hosil qiladi. Birinchi bo‘g‘inda genotip AaВв bo‘lib, 2 juft allel genlar bo‘yicha geterozigotadir. Mendel birinchi bo‘g‘in duragaylarning ikki gen bo‘yicha geterozigotaligini aniqlash uchun taxliliy chatishtirish o‘tkazdi. Buning uchun birinchi bo‘g‘in duragayni 2 ta retsissiv belgisi bo‘yicha gomozigota bo‘lgan aavv forma bilan chatishtirib ko‘rdi. F2 duragayda meyoz natijasida AВ, aВ, Aв, aв kabi 4 ta gameta hosil bo‘ldi. Gomozigota aavv forma bir xil av gameta hosil qildi. Birinchi bo‘g‘in duragay (Aa, Вв) retsissiv gomozigota aaвв forma bilan chatishtirilganda, gametalar teng imkoniyatlarda qo‘shilishi natijasida 4 xil zigota AaВв: aaВв: Aaвв: aaвв hosil bo‘ladi.
Download 177.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling