O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi
Download 177.4 Kb.
|
Noallel genlarning ta\'sirida belgilarning irsiylanishi polimeriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Epistaz ta’sir
- 3. Polimer ta’sir
1. Komplementar ta’sir - genotipda allel bo‘lmagan genlarning birgalikda, ya’ni belgilarning rivojlanishiga olib kelishiga tushuniladi. Buni to‘ldiruvchi ta’sir ham deyiladi. Bunda har bir gen alohida biror belgini yuzaga chiqara olmaydi. Misol: xushbo‘y hidli oq gulli no‘xat chatishtirilganda F1 da duragay sariq gulli bo‘ladi. Sariq gullar o‘zaro chatishtirilganda F2 da 9:7 nisbatda, ya’ni fenotipda 9/16 sariq, 7/16 oq gulli bo‘ladi. Sababi genotipdagi dominant bo‘lgan bitta gen A yoki V gulga sariq rang bera olmaydi. Ular birikib rang hosil qiladi. Bunday hodisani sichqonlarda ham, makkajo‘xorida ham, piyozlarda ham ko‘rish mumkin.
Ba’zan 1 yoki 2 komplementar gen mustaqil ta’sir etishi ham mumkin. Misol: sharsimon qovoqlar chatishtirilsa F1 da gardishsimon qovoqlar hosil bo‘ladi. (AAвв x aaВВ) F2 da esa cho‘zinchoq qovoq ham hosil bo‘ladi. 2. Epistaz ta’sir - Fenotipda bir dominant genning allel bo‘lmagan ikkinchi dominant gendan ustunlik qilishiga aytiladi. Epastaz dominantlikka o‘xshaydi. Dominantlikda dominant gen (A va В) retsissiv (a va в) dan ustun chiqadi va bu bir juft allel genlar ichida ro‘y beradi. Epistazda esa boshqa allelomorf juftga oid bo‘lgan bir dominant gen ikkinchisidan ustun chiqadi. Misol: A gen allel bo‘lmagan В gendan ustun chiqadi. A - epistatik, В - giposttik gen deyiladi. 3. Polimer ta’sir - allel bo‘lmagan bir xildagi bir nechta genning bitta belgining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishiga aytiladi. Bunday genlar yig‘indisi ko‘p bo‘lsa, organizm belgilari kuchli rivojlanadi, kam bo‘lsa sekin rivojlanadi. Polimer hodisa organizmning miqdoriy belgilarida uchraydi. Misol: hayvonlar og‘irligi, o‘simliklar bo‘yi, tarkibi va boshqalar. Polimeriya hodisasida allel bo‘lmagan genlar nazoratida hosil bo‘ladigan 2 yoki undan ko‘p genlar bir belgining rivojlanishiga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi. Bu hodisani 1908 yilda shved genetigi Nilson Ele o‘rgangan. Sariq va oq onli bug‘doy chatishtirilganda F2 da monogibrid chatishtirishga xos bo‘lgan 3:1 nisbat yuz bergan. Keyinroq doni shunday, ya’ni sariq tusdagi boshqa bug‘doy formasini (ССDD x ssdd) chatishtirib СсDd oraliq tusli don oladi. Bunda 15 qism sariq, 1 qism oq donli bo‘ladi. 15 qism to’q sariqdan och sariqga o‘zgarib boradi. Bunda allel bo‘lmagan С va D genlar donning rangini belgilaydi. Retsissiv (ssdd) genlar oq rang hosil qiladi. Rangning o‘zgarishi genotipda ishtirok etuvchi dominant genlar soniga bog‘liq. 1 to’q sariq, 4 sariq, 6 oq sariq, 4 juda och sariq, 1 oq. Download 177.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling