O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi
Download 177.4 Kb.
|
Noallel genlarning ta\'sirida belgilarning irsiylanishi polimeriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- F1 АаВв
- АаВв х АаВв
F1 da hosil bo‘lgan АаВв ni o‘zaro chatishtiramiz. АаВв х АаВвgam. АВ АВ Ав Ав аВ аВ ав ав
Endi ushbu Pennet katakchalarida hosil bo‘lgan avlodni fenotip bo‘yicha, ya’ni tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ajratamiz. Monogibrid chatishtirishda 4 ta katakdan iborat bo‘lsa, digibridda esa 16 ta katakdan iborat. Ya’ni monogibrid chatishtirishda dominant organizmlar 3/4 imkoniyatda, retsissiv organizmlar 1/4 imkoniyatda bo‘ladi. Digibrid chatishtirishda esa 9/16, sariq-silliq 3/16 sariq burushgan, 3/16 silliq yashil, 1/16 yashil burushgan bo‘ladi. Yoki 9:3:3:1 nisbatda bo‘ladi. Ushbu Pennet katakchasini genotip bo‘yicha ya’ni irsiy xususiyati bo‘yicha tahlil qilganimizda quyidagicha ko‘rinish beradi: 1 ААВВ: 2 ААВв: 2 АаВВ: 4 АаВв: 2 Аавв: 1 ааВВ: 1 ААвв: 2 ааВв: 1 аавв. 1:2:2:4:2:1:1:2:1 nisbatda bo‘ladi. Poliduragay chatishtirish. Uchta va undan ko‘p belgilari bilan farq qiladigan organizmlarni chatishtirish poliduragay chatishtirish deyiladi. Misol: guli sariq, doni sariq, silliq o‘simlik - guli oq, doni yashil, burushgan o‘simlik bilan chatishtirilsa, bunda, donning rangini ifodalaydigan gen — A, a; shaklini ifodalaydigan gen — В, в; gulining ranginiki — С, с. trigibrid chatishtirishda ishtirok etadigan 1 ta o‘simlik genotipi AAВВСС, ikkinchisiniki esa aaввсс, F1 da esa duragay genotipi AaВвСс bo‘ladi. AAВВСС aaввсс sariq silliq yashil burushgan sariq gulli oq guli AaВвСс sariq silliq, sariq gul. P AaВвСс x AaВвСс ular o‘zaro chatishganda quyidagi erkak va urg‘ochi gametalar hosil bo‘ladi. Pennet katagiga tushiramiz.
Ikkinchi bo‘g‘in o‘simliklari fenotip bo‘yicha 8 xil gruppa, 27:9:9:9:3:3:3:1 nisbatda ajralishi genlarning mustaqil tarqalish qonuniyati asosida ro‘y beradi. Bunda, ya’ni trigibrid chatishtirishda fenotip va genotip bo‘yicha mikdoriy nisbatlarning taqsimlanishi, juft allellardan Har birining nisbiy son ko‘paytmasidan kelib chiqadi. 8 ta gruppaning yettitasi tashqi ko‘rinishidan bir-biriga o‘xshasada, genotip bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Bo‘lar o‘zaro chatishtirilsa keyingi bo‘g‘inda bir-biridan farq qiladigan nasl beradi. Biz quyidagi jadval yordamida poliduragay chatishtirishda hosil bo‘lgan gametalar soni, kombinatsiyalar soni, genotip va fenotip bo‘yicha ajralish klasslarini keltirib umumiy formula hosil qilamiz:
1.2. Genlarning o‘zaro ta’siri Ma’lumki, irsiyat faktorlarini «gen» deb atashni 1909-yilda V. Iogannsen taklif etgan. Barcha xromosomalarda genlar bo‘ladi. Gen haqidagi ta’limotni A. S. Serebrovskiy va Dubininlar yanada boyitdi. 1957 yilda Amerikalik genetik S. Benzer genning vazifasi va strukturasi to‘g‘risidagi yangi tushunchani yaratdi. Natijada genning muton, rekon, tsistron deb ataluvchi qismlari borligini isbotladi. Muton - genning eng kichik qismi bo‘lib o‘zgarish xususiyatiga ega. Rekon - genlarning chalkashish xususiyatiga ega. Sistron - genlarning organizmda ma’lum belgilarni rivojlantiradigan qismi. Umuman gen irsiyat birligi sifatida organizmning belgi va xususiyatlarini ifodalaydi. Har bir gen o‘ziga xos tuzilishga ega. Ko‘pgina tajribalar shuni isbotladiki, genlar bilan belgilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar mavjud. Birinchidan bitta genning o‘zi bir qancha belgiga ta’sir ko‘rsatishi, ikkinchidan genlarning o‘zaro ta’siri va shu bilan birga bir qancha irsiy belgilarning bitta gen ta’sirida rivojlanishi aniqlandi. Uchinchidan bitta gen ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatishi, ya’ni ko‘p belgilar rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, bunday hodisani pleyotrop - ko‘p tomonlama ta’sir deb ataladi. Har xil juft xromosomadagi genlar organizmdagi biror bir belgining revojlanishiga bir xil ta’sir ko‘rsatadi, buni polimerlar, ya’ni poligenlar deyiladi. Bir gen boshqa genga u yoki bu xolda ta’sir etib uning kuchini o‘zgartiradi. Somatik hujayralarda genlarning to‘planishi belgilarning yuzaga chiqishini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin. Gen ta’sirining ruyobga chiqishi tashqi sharoitga bevosita bog‘liq. Turli omilga mansub genlar ba’zan belgilarning rivojlanishiga bir muncha mustaqil ta’sir etishi bilan birga ko‘pincha turli shaklda o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Natijada organizmda biron belgining rivojlanishi bir necha gen nazorati ostida bo‘ladi. Bu o‘tgan asr boshlarida tovuq toji shaklining nasldan naslga berilishida aniqlangan. Masalan: tovuq tojlari gulsimon, no‘xatsimon, yong‘oqsimon va oddiy bo‘ladi. Gulsimon va oddiy tojli tovuqlar o‘zaro chatishtirilsa, birinchi bo‘g‘in gulsimon toj dominant bo‘ladi. No‘xatsimon va oddiy tojli tovuqlar chatishsa F1 da no‘xatsimon toj dominant bo‘ladi. Har ikkala tajribada har ikkinchi bo‘g‘in F2 duragaylarda 3:1 nisbatda ajralish ro‘y beradi. Ya’ni 2 ta toj gulsimon yoki no‘xatsimon, bitta toji oddiy bo‘ladi. Gulsimon va no‘xatsimon tojlar oddiy bo‘lib 2 xil belgini tashkil etadi, ya’ni oddiy tojlar retsissiv xususiyatiga ega. Agar gulsimon va no‘xatsimon tojli tovuqlar chatishtirilsa F1 da yong‘oqsimon toj hosil bo‘ladi. Ya’ni: Aaвв aaВВ gulsimon tojli no‘xatsimon tojli F1 AaВв Yong‘oqsimon F1 ning gametalari Aa, Aв, aВ, aв o‘zaro chatishtirilsa 9 yong‘oqsimon, 3 gulsimon, 3 no‘xatsimon va 1 bargsimon nisbatda ajraladi. Bu digibrid chatishtirishning 2 bo‘g‘inida yuz bergan fenotip bo‘yicha ajralishga mos keladi. AAвв va aaВВ tojli tovuqlar gomozigota genotipga ega. F1 da geterozigota AaВв bo‘lib 2 gendan iborat. Bo‘lardan yong‘oqsimon toj rivojlanadi. A va В genlarning dominant allellari ishtirokida F2 da 9/16 nisbatda yong‘oqsimon tojli tovuqlar hosil bo‘ladi. A va b genlar avlodida 3/16 gulsimon, В va a genlar birlikda 3/16 nisbatda no‘xatsimon toj hosil bo‘ladi. Gomozigota holdagi retsissiv - aaвв genlar birgalikda 1/16 bargsimon tojli tovuqlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Keyingi bo‘g‘inlarda bargsimon tovuqlarda bargsimon tojli tovuqlar hosil bo‘ladi. Yong‘oqsimon toj zigotadagi bir yo‘la 2 ta dominant gen bo‘lgan takdirda rivojlanadi. Ya’ni yong‘oqsimon toj 2 ta allel bo‘lmagan dominant genning, bargsimon toj esa 2 ta retsissiv genning o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. Allel bo‘lmagan genlar o‘zaro 4 xil: komplementar, epistaz, polimer, modifikator (turlanib) ta’sir etadi. Download 177.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling