O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi
Download 177.4 Kb.
|
Noallel genlarning ta\'sirida belgilarning irsiylanishi polimeriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Pleyotropiya
4. Genlarning modifikator (turlanib) ta’siri - Mendelning irsiyat qonunlaridan ma’lumki, organizmda bir belgining rivojlanishi aloxida bo‘lgan qandaydir bir genga bog‘liq. Organizmlar ontogenezida genlar ostida hosil bo‘ladigan fermentlar o‘rtasida ta’sirlanish reaktsiyasi ro‘y beradi. Biror bir belgining rivojiga bitta ferment ko‘proq ta’sir etadi. Organizmning biror bir xususiyatini rivojlantiruvchi asosiy va aksincha kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi genlar bor.
Organizmdagi belgilarni rivojlantirishga ishtirok etmay, asosiy genga ta’sir etuvchi (kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi) allel bo‘lmagan genlar modifikator genlar deyiladi. Kuchaytiruvchi genlar - intensifikator, susaytiruvchi genlar - zaiflashtiruvchi - ingibitor, supressorlar deyiladi. Modifikator genlar hayvonlarda olachipor bo‘lishini yuzaga keltiradi. Organizmga rang beruvchi fermentlar ishlab chiqishni 3 xil gen tartibga solib turadi: strukturali genlar oqsillarda aminokislotalarning tartib bilan joylashishini belgilaydi. Har bir gen ma’lum bir ferment hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lib, fermentni to‘xtatish yoki ishlab chiqarishni davom ettirishi mumkin. Bu ishni operator genlar va regulyator genlar amalga oshiradi. Operator gen regulyator gen buyrug‘iga asosan ish ko‘rib, strukturali genning faoliyatini susaytiradi yoki kuchaytiradi. Agar hujayrada biror ferment miqdori oshib ketsa shu fermentni to‘xtatuvchi ingibitorlar ishlab chiqadi. Ingibitorlar tsitoplazma orqali operator genga ta’sir etadi. U o‘z navbatida strukturali genning ferment ishlab chiqishi faoliyatini to‘xtatadi. Bu esa genlarning differentsial faolligi deyiladi. 5. Pleyotropiya. Bir genning bir qancha belgiga ta’sir etishi pleyotropiya deb ataladi. Bu hodisa tabiatdagi ko‘plab hayvon va o‘simliklarda uchraydi. Masalan: drozofila pashshasi ko‘zining rangsiz bo‘lishini belgilaydigan gen yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, u erkak pashshada ko‘zning rangsiz, tuxumlarning esa oddiy kul rang o‘rniga oq bo‘lishini ta’minlaydi. Shu bilan birga erkak pashshaning nasl qoldirishini va hayotchanligini susaytiradi yoki 1 gen gul rangining sariq, bargning binafsha, poyasining uzun bo‘lishini ta’minlaydi. Ba’zi bir genlarning pleyotrop ta’siri turli organizmlarning rivojlanishida katta o‘zgarishlar ro‘y beradi, natijada organizm halok bo‘ladi. Bunday genlar letal - ya’ni zaharli genlar deyiladi. Tovuqda, qo‘yda, cho‘chqada, otda bunday genlar bo‘ladi. Hayotchanligini susaytiruvchi genlar poluletal genlar deyiladi. Organizmdagi har qanday irsiy belgi bir qancha gen bilan, ya’ni genotip bilan aniqlanadi. Shu bilan birga har bir gen ko‘p belgiga ta’sir etadi. Gen va tashqi sharoit. Fenotip bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan 2 organizm genotip bo‘yicha har xil bo‘lishi mumkin. Geterozigota (Aa) organizm tashqi ko‘rinishidan gomozigota (AA) organizmga o‘xshash bo‘ladi. Avlodlarini o‘rganish yo‘li bilan ularning genotipini aniqlash mumkin. Genotipi bir xil organizmlar tashqi ko‘rinishi jihatidan har xil bo‘lishi ham mumkin. Bunga tashqi sharoit ta’sir qiladi. Bunga qoqio‘tning ildizi bo‘linib 2 yerga ekilishi misol bo‘ladi. Bularning bo‘yi, bandi, rangi, urug‘lari yaxshi joyda o‘xshash bo‘lib unib chiqadi. Vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan o‘simliklar bo‘laklarga bo‘linib (kartoshka) bir xil sharoitda ekilsa ulardan genotipi bir xil bo‘lgan o‘xshash o‘simliklar yig‘indisi hosil bo‘ladi. Bitta boshlang‘ich organizmdan olingan o‘simliklar yig‘indisi klon deb ataladi. Bir klon o‘simliklari turli sharoitda ekib o‘stirilsa bulardan har xil o‘simlik yuzaga keladi. Biroq bu belgilar keyingi bo‘g‘inga berilmaydi. Odamda vujudga kelgan klonga egizaklar misol bo‘ladi. Egizaklarning genotipi bir xil bo‘ladi, ular urug‘langan bitta tuxum hujayradan rivojlanadi. Ba’zan bitta tuxum hujayra o‘rniga bir vaqtning o‘zida 2 ta, 3 ta hatto 4 ta tuxum hujayra urug‘lanadi. Bitta tuxum hujayraning urug‘lanishidan paydo bo‘lgan egizaklar hamma vaqt bir jinsli bo‘ladi, o‘xshash bo‘ladi (Gita-Zita, Ram-Sham). Ikki tuxum hujayraning urug‘lanishidan paydo bo‘lgan egizaklar bir xil va har xil jinsli bo‘lib, bir-biriga o‘xshamaydi (o‘g‘il-qiz, qiz-o‘g‘il, qiz-qiz, o‘g‘il-o‘g‘il). Download 177.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling