O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi
Polimeriyaga oid masala ishlash usullari
Download 177.4 Kb.
|
Noallel genlarning ta\'sirida belgilarning irsiylanishi polimeriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Polimeriyaga oid masalalar
- ADABIYOTLAR RO‘YXATI Asosiy adabiyotlar
2.2. Polimeriyaga oid masala ishlash usullari
1-masala. Bug’doy o’simligida donining rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan polimer genlar bilan ifodalanadi. Genotipda 4 ta dominant genlarning kelishi qizil, 3 ta dominant genlarning kelishi och qizil, 2 ta kelishi pushti, 1 ta kelishi och qizil, dominant genlarning kelmasligi oq rangda bo’lishini belgilaydi. Pushti (A1a1A2a2) donli o’simliklar o’zaro chatishtirligan. Olingan avlodlarning necha foizi (a) qizil va (b) pushti donli bo’ladi? A) a-6,25; b-25 B) a-25; b-18,75 C) a-18,75; b-6,25 D) a-6,25; b-37,50 Yechilishi: Buning uchun yuqoridagi fenotip va jadvaldan foydalanamiz. A1A1A2A2 – qizil; A1A1A2a2 – och qizil; A1A1a2a2 – pushti; A1a1a2a2 – och pushti; a1a1a2a2 – oq A1a1A2a2 x A1a1A2a2
Hosil bo’lgan 16 ta avlodning har biri 6,25 % ga teng ekanligini hisobga olib, so’ralgan fenotiplar sonini 6,25 ga ko’paytiramiz. a=6,25x1 a=6,25; b=6,25x6 b=37,5 Javob – D. 2-masala. Genotipi A1A1a2a2A3A3 bo’lgan bo’yi 170 sm li erkak va genotipi a1a1A2a2A3A3 bo’lgan bo’yi 165 sm li ayol avlodining bo’y uzunligi qancha (sm) bo’ladi? A) 170, 165 B) 175, 160 C) 150, 160 D) 175, 180 1-usul:
Erkak genotipida 4 ta dominant gen bor u 170 sm. Ayol genotipida 3 ta dominant gen bor u 165 sm. Farzandlar genotipiga qaralsa, ularda ham 4 ta va 3 ta dominant gen bor. Demak, ularni ham bo’y uzunligi 170, 165 sm. 2-usul: A geni – x a geni – y A1A1a2a2A3A3 – 4x + 2y = 170 a1a1A2a2A3A3 – 3x + 3y = 165 4x + 2y = 170 3x + 3y = 165 12x + 6y = 510 –6x – 6y = –330 6x = 180 x = 30 3•30 + 3y = 165 y = 25 Avlodni genotipini hisoblaymiz: A1A1a2a2A3A3 a1a1A2a2A3A3 4•30 + 2•25 = 170 3•30 + 3•25 = 165 Javob: A) 170, 165 2.3. Polimeriyaga oid masalalar 1. Makkajo’xori so’tasining uzunligi ikki juft polimer genlar (A1 va A2) bilan belgilanadi. Dominant gomozigotali formalar so’tasining uzunligi 24 sm, retsessiv gomozigotali formalar so’tasining uzunligi 16 sm bo’lsa, F2 da 16 sm so’taga ega bo’lgan formalar naslning necha % ini tashkil etadi? A) 6,25 B) 50 C) 37,5 D) 25 2. Makkajo’xori so’tasining uzunligi ikki juft polimer genlar (A1 va A2) bilan belgilanadi. Dominant gomozigotali formalar so’tasining uzunligi 24 sm, retsessiv gomozigotali formalar so’tasining uzunligi 16 sm bo’lsa, F2 da 20 sm so’taga ega bo’lgan formalar naslning necha % ini tashkil etadi? A) 6,25 B) 50 C) 37,5 D) 25 3. Jag’-jag’ o’simligida mevasining shakli ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan polimer genlar bilan ifodalanadi. Genotipda dominant genlarning kelishi uchburchak shaklni, dominant genlarning kelmasligi oval shaklni belgilaydi. Mevasi uchburchak shaklli jag’-jag’ mevasi ovalsimon shaklli boshqa o’simlik bilan chatishtirilib, F1 da uchburchak shaklli o’simliklar olingan. F2 qanday fenotipik nisbat kuzatiladi? A) 1:4:6:4:1 B) 13:3 C) 15:1 D) 12:3:1 4. Jag’-jag’ o’simligida mevasining shakli ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan polimer genlar bilan ifodalanadi. Genotipda dominant genlarning kelishi uchburchak shaklni, dominant genlarning kelmasligi oval shaklni belgilaydi. Mevasi uchburchak shaklli jag’-jag’ mevasi ovalsimon shaklli boshqa o’simlik bilan chatishtirilib, F1 da uchburchak shaklli o’simliklar olingan. F2 olingan 320 ta avloddan nechtasi uchburchak shaklga ega? A) 20 B) 300 C) 120 D) 180 5. Bug’doy o’simligida donining rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan polimer genlar bilan ifodalanadi. Genotipda 4 ta dominant genlarning kelishi qizil, 3 ta dominant genlarning kelishi och qizil, 2 ta kelishi pushti, 1 ta kelishi och qizil, dominant genlarning kelmasligi oq rangda bo’lishini belgilaydi. Pushti (A1a1A2a2) donli o’simliklar o’zaro chatishtirligan. Keyingi avlodda qanday fenotipik ajralish ro’y beradi? A) 1:4:6:4:1 B) 13:3 C) 15:1 D) 12:3:1 6. Odam terisining rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan polimer genlar bilan ifodalanadi. Genotipda 4 ta dominant genlarning kelishi qora, 3 ta dominant genlarning kelishi qoramtir, 2 ta kelishi oraliq, 1 ta kelishi oqish, dominant genlarning kelmasligi oq rangda bo’lishini belgilaydi. Teri rangi oraliq bo’lgan ayol, teri rangi oq bo’lgan erkak bilan turmush qurgan. Bu nikohdan 1 ta oraliq, 2 ta oqish, 1 ta oq terili farzandlar tug’ilgan. Ota-onagenotipini ko’rsating? A) A1A1A2A2 x a1a1a2a2 B) A1a1A2a2 x a1a1a2a2 C) A1a1A2A2 x a1a1a2a2 D) A1a1a2a2 x a1a1A2a2 7. Achambiti o’simligini shakli bir juft polimer genlar (A1va A2) bilan belgilanadi mevaning uchburchak shakli dominant holda irsiylanadi, tuxumsimon shakli retsessiv holda irsiylanadi. Uchburchak shaklli degeterozigotali achambiti o’simliklari o’zaro chatishtirilib F1da olingan 960 ta o’simlikdan nechtasi uchburchak shaklga ega? A) 900 B) 60 C) 360 D) 240 8. Teri rangi oraliq bo’lgan ayol, oqish terili (A1a2a1a2) erkak bilan turmush qurgan. Ulardan qanday teri rangli bolalar tug’ilmaydi? A) qora B) qoramtir C) oraliq D) oqish 9. Quyonlarda quloq suprasini uzun (24sm) bo’lishi A1A1A2A2 kaltaligi (12 sm) a1a1a2a2 genotip belgilaydi. Bunday zotlarning o’zaro chatishtirilsa, F2 olingan avlodlarning necha %i F1 ga o’xshash quloq suprasiga ega bo’ladi? A) 25 B) 37,5 C) 50 D) 12,5 10. Tovuqlar oyog’ida pat bo’lishi 2 ta polimer (A1 va A2) genga bog’liq; agar ulardan 1 tasi genotipda bo’lsa tovuq oyog’ida pat hosil bo’ladi, agar polimer genlar retsessiv holatda bo’lsa, pat rivojlanmaydi. Oyog’ida pati bor tovuq, oyog’ida pati yo’q xo’roz bilan chatishtirilib F1da oyog’ida pati bor avlod olingan. Ota -ona va F1 avlod genotipini toping? A) A1A1a2a2 x a1a1A2A2; A1a1A2a2 B) A1A1A2A2 x a1a1a2a2; A1a1A2a2 C) A1a1A2a2 x a1a1a2a2; A1a1A2a2 D) A1a1a2a2 x a1a1a2a2; A1a1a2a2 11. Norkalarda mo’ynaning rangi ikki juft birikmagan, noallel polimer genlar bilan ifodalanadi. Ikki juftning dominant genlari mo’ynaning qo’ng’ir rangini, ularning retsessivi esa kumush rangda bo’lishini belgilaydi. Qo’ng’ir rangli norkalar o’zaro chatishtirilganda ulardan faqat ota-onaga o’xshash fenotipli avlodlar olingan. Ota-onaning genotipini ko’rsating? A) A1A1a2a2 x a1a1A2A2 B) A1a1A2A2 x a1a1a2a2 C) A1a1A2a2 x a1a1a2a2 D) A1a1a2a2 x a1a1a2a2 12. Tajribada pushti (A1a1A2a2) donli va och pushti (A1a1a2a2) donli bug’doy o’simliklari o’zaro chatishtirilib, 160 ta osimlik olingan. Olingan o’simliklarning nechtasi pushti donli bo’ladi? A) 80 B) 20 C) 60 D) 40 13. Bug’doy o’simligida donining rangi ikki juft allel bo’lmagan va birikmagan polimer genlar bilan ifodalanadi. Genotipda 4 ta dominant genlarning kelishi qizil, 3 ta dominant genlarning kelishi och qizil, 2 ta kelishi pushti, 1 ta kelishi och qizil, dominant genlarning kelmasligi oq rangda bo’lishini belgilaydi. Pushti (A1a1A2a2) donli o’simliklar o’zaro chatishtirligan. Olingan avlodlarning necha foizi qizil va pushti donli bo’ladi? A) 6,25; 25 B) 25; 18,75 C) 18,75; 6,25 D) 6,25; 37,50 14. Bug’doy donining rangi ikki juft kumulyativ polimer genlarga bog’liq. Agar A1a1A2A2 va a1a1a2a2 genotipli bug’doylar chatishtirilsa, olingan avlodda genotip bo’yicha nisbat qanday bo’ladi? A) 1:1 B) 1:2:1 C) 1:1:1:1 D) 1:4:6:4:1 15. Bug’doy donining rangi ikki juft kumulyativ polimer genlarga bog’liq. Agar A1A1a2a2 va a1a1A2a2 genotipli bug’doylar chatishtirilsa, olingan avlodda genotip bo’yicha nisbat qanday bo’ladi? A) 1:1 B) 1:2:1 C) 1:1:1:1 D) 1:4:6:4:1 16. Bug’doy donining rangi ikki juft kumulyativ polimer genlarga bog’liq. Agar A1A1a2a2 va a1a1A2A2 genotipli bug’doylar chatishtirilsa, olingan avlodda qanday rangli bug’doylar hosil bo’ladi? A) pushti B) qizil C) och pushti D) oq 17. Muhitning ta’siri unchalik inobatga olinmasa odam bo’yining uzunligi A1A1A2A2A3A3, past bo’lishi a1a1a2 a2a3 a3 genlarga bog’liq. Odamda barcha genlar dominant bo’lganda bo’y uzunligi 180 sm, barcha genlar retsessiv bo’lganda bo’y uzunligi 150 sm ga teng. Barcha genlar bo’yicha dominant gomozigota erkak, past bo’yli ayolga uylandi. Ularning farzandlari-da bo’y uzunligi necha sm bo’ladi? A) 50 % 180 sm, 50 % 150 sm B) barchasi 175 sm C) barchasi 165 sm D) 180 sm, 175 sm,170 sm,165 sm,160 sm,155 sm,150 sm 18. A1A1a2a2; A1a1A2A2; A1a1A2a2 genotipli makkajo’xorilarning so’ta uzunligini ko’rsating? A) 20; 22; 20 B) 18; 22; 20 C) 20; 22; 18 D) 16; 22; 20 Davron Sultonov 19. Muhitning ta’siri unchalik inobatga olinmasa odam bo’yining uzunligi A1A1A2A2A3A3, past bo’lishi a1a1a2 a2a3 a3 genlarga bog’liq. Odamda barcha genlar dominant bo’lganda bo’y uzunligi 180 sm, barcha genlar retsessiv bo’lganda bo’y uzunligi 150 sm ga teng. Bo’yi 170 sm li ayol, past bo’yli erkakka turmushga chiqqan. Ushbu nikohdan to’rtta farzand tug’ilgan. Farzandlarning bo’y uzunligi qanday bo’lgan? A) 165 sm; 160 sm; 160 sm; 150 sm B) 180 sm; 175 sm; 160 sm; 155 sm C) 165 sm; 165 sm; 160 sm; 155 sm D) 165 sm; 160 sm; 160 sm; 155 sm 20. Quyonlarda quloq suprasini uzun (24 sm) bo’lishi A1A1A2A2 kaltaligi (12 sm) a1a1a2a2 genotip belgilaydi. Bunday zotlarning o’zaro chatishtirilsa, F2 olingan avlodlarning necha % 24 sm va 21 sm quloq suprasiga ega bo’ladi? A) 6,25; 25 B) 25; 18,75 C) 18,75; 6,25 D) 6,25; 37,50 21. Quloq suprasi 24 sm bo’lgan quyon, quloq suprasi 15 sm (a1a1A2a2) quyon bilan chatishtirilgan. Keyingi bo’g’inda qanday fenotipik ajralish nomoyon bo’ladi? A) 2:1 B) 1:1 C) 1:1:1:1 D) 3:1 22. Quyonlarda quloq suprasini uzun (24 sm) bo’lishi A1A1A2A2, kaltaligi (12 sm) a1a1a2a2 genotip belgilaydi. Bunday zotlarning o’zaro chatishtirilsa, F2 640 ta olingan avlodlarning nechtasi quloq suprasi 15 sm bo’ladi bo’ladi? A) 40 B) 160 C) 80 D) 240 23. Makkajo’xorida so’taning 22 sm bo’lishini belgilovchi genotiplarni ko’rsa-ting? 1) A1a1A2A2; 2) a1a1A2a2; 3) A1A1a2a2; 4) A1a1A2A2; 5) A1a1A2a2; 6) A1a1a2a2 A) 1, 6 B) 2, 6 C) 1, 4 D) 3, 5 24. Muhitning ta’siri unchalik e’tiborga olinmasa, odam bo’yining uzunligi A1A1A2A2A3A3, past bo’lishi а1а1а2а2азаз genlariga bog’liq. Odamda barcha genlar dominant bo’lganda bo’y uzunligi 180 sm, barcha genlar retsessiv bo’lganda bo’y uzunligi 150 sm ga teng. Quyida berilganlardan bo’y uzunligi 160 sm bo’ladigan genotipini toping. A) A1A1A2A2A3A3 В) а1а1а2а2а3а3 С) А1a1A2a2а3а3 D) A1A1A2A2A3a3 25. Bug’doy donining rangi 2 ta noallel gen (A1 va A2) ta’sirida rivojlanadi. Qizil (A1A1A2A2) va oq (a1a1a2a2) rangli bug’doylar o’zaro chatishtirilsa, F2 da hosil bo’lgan och qizil va och pushti bug’doylar necha xil genotipga ega bo’ladi? A) 3,3 B) 2,2 C) 3,4 D) 2,3 26. So’tasi 20 sm va 8 sm uzunlikda bo’lgan ikkita makkajo’xori navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so’taning 5 sm, retsessiv gen 2 sm uzunligini belgilasa, uning uzunligi 14 sm bo’lgan so’taning genotipini aniqlang. 1) B1b1B2B2; 2) B1b1B2b2; 3) B1B1B2b2; 4) b1b1B2B2; 5) B1B1b2b2; 6) B1B1B2b2. A) 6,3,2 B) 2,5,4 C) 1,6,3 D) 1,3,5 27. Makkajo’xori so’tasi 22 sm va 10 sm uzunlikda bo’lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen 5,5 sm, retsessiv gen 2,5 sm uzunlikni namoyon etsa, u holda F1 da so’taning uzunligi necha sm bo’ladi? A) 16 B) 14 C) 20 D) 18 28. Quyonlaming quloq suprasining uzunligi 2 juft polimer genlar bilan ifodalanadi. Agar har bir dominant gen 6 sm, retsessiv gen esa 3 sm uzunligini ta’minlasa, bu holda quloq suprasining uzunligi 24 va 12 sm li bo’lgan organizmlarning genotipi qanday bo’lishi mumkin? 1) D1D1D2D2 2) D1d1D2D2 3) D1D1D2d2 4) D1D1d2d2 5) D1d1d2d2 6) d1d1d2d2 7) d1d1D2d2 8) D1d1D2d2 A) 5,7 B) 1,6 C) 2,3 D) 4,8 29. Makkajo’xori so’tasining uzunligi 24 va 12 sm bo’lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so’tasining 6 sm, retsessiv gen 3 sm uzunligini namoyon qilsa, F2 dagi 720 ta o’simlikdan nechtasi 2 ta dominant genli bo’ladi? A) 270 B) 120 C) 45 D) 180 30. Bug’doy doni rangining irsiylanishi polimer genlarning o’zaro ta’siriga bog’liq. Bug’doyning doni qizil va oq rangda bo’lgan navlari chatishtirilganda hosil bo’lgan o’simliklarning doni pushti rangli bo’ladi. Oq donli bug’doy navini yetishtirish uchun F1 da olingan o’simliklar qanday genotipli o’simliklar bilan chatishtirilishini ko’rsating. 1) A1a1A2a2 2) A1A1a2a2 3) a1a1A2a2 4) a1a1A2A2 5) a1a1a2a2 6) A1a1a2a2 7)A1a1A2A2 A) 6,2,3,1 B) 7,1,3,4 C) 1,7,4,2 D) 1,6,5,3 31. Makkajo’xori so’tasining uzunligi 24 va 12 sm bo’lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so’tasining 6 sm, retsessiv gen 3 sm uzunligini namoyon qilsa, F2 dagi 720 ta o’simlikdan nechtasi 3 ta dominant genli bo’ladi? A) 45 B) 120 C) 270 D) 180 32. Odamlarda terining rangi ikki xil gen bilan belgilanadi. AABB genotipli odamlarning terisi qora, aabb genotipli odamniki oq bo’ladi. Genotipda uchta dominant gen bo’lsa qoramtir, 2 ta bo’lsa oraliq, 1 ta bo’lsa oqish bo’ladi. Terisi oraliq rangdagi digeterozigota ayol va erkak turmushidan terisi oraliq rangli farzandlar tug’ilish ehtimoli necha foiz bo’ladi? A) 37,5 B) 6,25 C) 66,7 D) 25 33. Makkajo’xori so’tasining uzunligi 24 va 12 sm bo’lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so’tasining 6 sm, retsessiv gen 3 sm uzunligini namoyon qilsa, F2 dagi 720 ta o’simlikdan nechtasi 1 ta dominant genli bo’ladi? A) 45 B) 120 C) 270 D) 180 34. Polimeriya hodisasiga mos keluvchi javoblarni tanlang. 1) bitta genning bir qancha belgini rivojlanishiga ta’siri; 2) allel bo’lmagan bir necha genning bitta belgini rivojlanishiga ta’siri; 3) organizmning miqdoriy belgilarida uchraydi; 4) organizmning nobud bo’lishiga sabab bo’ladi; 5) tovuq pati jingalak bo’lishi hayotchanlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi; 6) gul, poya va shoxlarning to’q qizil bo’lishiga olib keladi; 7) lavlagi ildizmevasidagi shakar miqdorini belgilaydi; 8) bug’doy boshog’i uzunligi shu hodisa tufayli ta’minlanadi. A) 1,3,5,7 B) 1,4,5,6 C) 2,3,7,8 D) 2,4,6,8 35. Oshqovoq mevasining og’irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta’sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo’lsa 4 kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo’lsa 1,2 kg bo’lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 chatishtirilganda olingan mevalarning nechtasi 1900 gr og’irlikka ega bo’ladi. A) 8 B) 4 C) 6 D) 2 36. Digomozigota oq va qizil donli bug’doylar o’zaro chatishtirilganda olingan F1 duragaylar o’zaro chatishtirilganda hosil bo’lgan pushti rangli donlarning necha foizi tahliliy chatishtirilganda ajralish ro’y bermaydi? A) 33,3 % B) 12,5 % C) 66,65 % D) 25 % 37. Digomozigota oq va qizil donli bug’doylar o’zaro chatishtirilganda olingan F1 duragaylar o’zaro chatishtirilganda hosil bo’lgan pushti rangli donlarning necha foizi tahliliy chatishtirilganda ajralish ro’y beradi? A) 33,3 % B) 12,5 % C) 66,6 % D) 25 % 38. Bug’doy donining rangi polimer tipda irsiylanadi. Pushti rang tetrapoid navli bug’doy o’zaro chatishtirilishidan olingan donning endosperimidagi polimerlar sonini toping. A) 12 B) 24 C) 32 D) 8 39. Bug’doy donining rangi polimer tipda irsiylanadi. Pushti rang tetrapoid navli bug’doy o’zaro chatishtirilishidan olingan donning murtak xaltasidagi polimerlar sonini toping. A) 12 B) 24 C) 32 D) 8 40. Genotipi A1A1a2a2A3A3 bo’lgan bo’yi 170 sm li erkak va genotipi а1а1A2a2A3A3 bo’lgan bo’yi 165 sm li ayol avlodining bo’y uzunligi qancha (sm) bo’ladi? A) 170, 165 B) 175, 160 C) 150, 160 D) 175, 180 41. Genotipi A1A1a2a2A3A3 bo’lgan bo’yi 170 sm li erkak va genotipi а1а1A2A2A3a3 bo’lgan bo’yi 165 sm li ayol avlodining bo’y uzunligi qancha (sm) bo’ladi? A) 170, 165 B) 175, 160 C) 150, 160 D) 175, 180 42. Genotipi a1a1A2A2a3a3 bo’lgan bo’yi 160 sm li erkak va genotipi A1A1A2a2A3A3 bo’lgan bo’yi 175 sm li ayol avlodining bo’y uzunligi qancha (sm) bo’ladi? A) 170, 165 B) 175, 160 C) 150, 160 D) 175, 180 43. Qand lavlagi tarkibida shakarning bo’lishi uch juft polimer genlarga bog’liq. Agar barcha genlar dominant holatda bo’lsa, qand lavlagi tarkibida 30 mg shakar, barcha genlar retsessiv holatda bo’lsa 18 mg shakar saqlanadi. Agar trigeterozigota o’simliklar tahliliy chatishtirilsa, olingan 960 ta o’simlikdan qanchasining tarkibida 22 mg shakar bo’ladi? A) 360 B) 240 C) 120 D) 480 44. Oshqovoq mevasini og’irligi ikki juft kumulyativ polimer genlar ta’sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominant gendan iborat bo’la 4,8 kg, agar ikki juft retsessiv gendan iborat bo’lsa 1,6 kg bo’lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 olingan mevalarning nechtasi 4000 gr og’irlikka ega bo’ladi? A) 8 B) 6 C) 4 D) 1 45. Oshqovoq mevasini og’irligi ikki juft kumulyativ polimer genlar ta’sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominant gendan iborat bo’la 4,8 kg, agar ikki juft retsessiv gendan iborat bo’lsa 1,6 kg bo’lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 olingan mevalarning nechtasi 3200 gr og’irlikka ega bo’ladi? A) 8 B) 6 C) 4 D) 1 46. Oshqovoq mevasini og’irligi ikki juft kumulyativ polimer genlar ta’sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominant gendan iborat bo’la 4,8 kg, agar ikki juft retsessiv gendan iborat bo’lsa 1,6 kg bo’lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 olingan mevalarning nechtasi 4800 gr og’irlikka ega bo’ladi? A) 8 B) 6 C) 4 D) 1 47. Oshqovoq mevasini og’irligi ikki juft kumulyativ polimer genlar ta’sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominant gendan iborat bo’la 4,8 kg, agar ikki juft retsessiv gendan iborat bo’lsa 1,6 kg bo’lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 olingan mevalarning nechtasi 1600 gr og’irlikka ega bo’ladi? A) 8 B) 6 C) 4 D) 1 XULOSA 1.Polimer ta’sir - allel bo‘lmagan bir xildagi bir nechta genning bitta belgining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishiga aytiladi. Bunday genlar yig‘indisi ko‘p bo‘lsa, organizm belgilari kuchli rivojlanadi, kam bo‘lsa sekin rivojlanadi. Polimer hodisa organizmning miqdoriy belgilarida uchraydi. Misol: hayvonlar og‘irligi, o‘simliklar bo‘yi, tarkibi va boshqalar. Polimeriya hodisasida allel bo‘lmagan genlar nazoratida hosil bo‘ladigan 2 yoki undan ko‘p genlar bir belgining rivojlanishiga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi. Bu hodisani 1908-yilda shved genetigi Nilson Ele o‘rgangan. 2.Sariq va oq onli bug‘doy chatishtirilganda F2 da monogibrid chatishtirishga xos bo‘lgan 3:1 nisbat yuz bergan. Keyinroq doni shunday, ya’ni sariq tusdagi boshqa bug‘doy formasini (ССDD x ssdd) chatishtirib СсDd oraliq tusli don oladi. Bunda 15 qism sariq, 1 qism oq donli bo‘ladi. 15 qism to’q sariqdan och sariqga o‘zgarib boradi. Bunda allel bo‘lmagan С va D genlar donning rangini belgilaydi. Retsissiv (ssdd) genlar oq rang hosil qiladi. Rangning o‘zgarishi genotipda ishtirok etuvchi dominant genlar soniga bog‘liq. 3.Allel bo’lmagan genlarning polimer tipi komplementariya va epistazdan tubdan farq qiladi. Agar komplementar irsiylanishda belgi asosiy, to’ldiruvchi gen allellari ta’sirida paydo bo’lsa, epistazda belgiga bir allel gen bevosita, ikkinchi allel bo’lmagan gen bilvosita ta’sir qilsa, polimeriyada bir-biriga allel bo’lmagan genlar bir yo’nalishda belgiga ta’sir ko’rsatib uni rivojlantiradi. Polimer irsiylanish kumulativ va nokumulativ polimeriyaga ajratiladi. 4.Kumulativ polimeriyada ikki juft noallel gen ishtirokida F2 da fenotip bo’yicha nisbat 1:4:6:4:1 bo’ladi. Odamlarda teri rangining irsiylanishini olish mumkin, bu belgi ikki juft noallel genning kumulativ ta’siriga bog’liq holda yuzaga chiqadi. 5.Nokumulativ polimeriyada genotipda polimer genlardan birorta dominant alleli bo’lsa ham belgi yuzaga chiqadi. Dominant allellar soni belgining yuzaga chiqish darajasiga ta’sir ko’rsatmaydi. Nokumulativ polimeriyada ikki juft noallel gen ishtirokida F2 da fenotip bo’yicha nisbat 15:1 bo’ladi. Malan, jag’jag’ o’simligida qo’zoqcha mevasi uchburchak va tuxumsimon shaklda bo’ladi. Agar qo’zoqchasi uchburchak jag’-jag’ bilan qo’zoqchasi tuxumsimon shakldagi jag’jag’ chatishtirilsa, F1 avlodda qo’zoqcha mevalarning uchburchak shakli hosil bo’ladi, F2 duragaylarining 15/16 qismi uchburchak, 1/16 qismi esa tuxumsimon shakldagi mevaga ega bo’ladi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI Asosiy adabiyotlar: 1. Musayev D.A. va b. Genetika va seleksiya asoslari. Biologiya yo‘nalishi talabalari uchun darslik. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti. 2011. 488 bet. 2. Y. To‘raqulov, A.T. G‘ofurov. J.H. Hamidov, K.N.Nishonboyev va boshqalar. «Umumiy biologiya», 10–11-sinf o‘quvchilari uchun darslik. Toshkent.: «Sharq», 1996. 3. B. Isroilova. «Hujayra va rivojlanish biologiyasi»: Litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma: Toshkent.: «O‘zinkomsentr», 2002. 4. Eshonqulov O.E. va boshq. Genetika: Akad. litseylar uchun darslik / A.E.Eshonqulov, K.N.Nishonboyev, M.Bosimov. — T.: «Sharq», — 2010. — 176 b. 5. G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S., Xolmatov X.X. Genetikadan masala va mashqlar. Oliy va o‘rta maktab talabalari va o‘qituvchilari uchun qo‘llanma. Toshkent. O‘qituvchi. 1991. 140 bet. 6. Ostonaqulov Т.E. va boshqalar. Genetika asoslari. Qishloq xo‘jalik oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining talabalari uchun darslik. Toshkent. 2005. 168 bet. 7. G‘ofurov A.T. Fayzullayev S.S., Saidov J. Genetika. Pedagogika oliy o‘quv yurtlari biologiya ixtisosligi talabalari uchun darslik. Toshkent. Tafakkur nashriyoti. 2010. Qo‘shimcha adabiyotlar: 8. Eshonqulov O., Nishonboyev K., Bosimov M. Genetika. Akademik litsey o‘quvchilari uchun darslik. T.: «Sharq», — 2010. — 176 b. 9. Zikiryayev A., To‘xtayev A., Azimov I., Sonin N. Biologiya. Sitologiya va genetika asoslari. 9-sinf darsligi. 5-nashr. “Yangiyul poligraph servic”. Toshkent. 2019. – 192 bet. 10. Tolipova J. va boshqalar. Biologiya. 10-sinf darsligi. 1-nashr. “Sharq”. Toshkent. 2017. – 240 bet. 1 https://yuz.uz/uz/news/ilm-fan-va-innovatsiyani-rivojlantirish-masalalari Download 177.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling