Elektr ta’minotining nosinusoidal ish rejimlari ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirish
Kuchlanish nosinusoidaligi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
Kuchlanish sinusoidasining egri chizig‘ini buzilish koeffitsienti nosinusoidal kuchlanishni garmonik tarkibining asosiy qiymatini asosiy chastota kuchlanishiga nisbati bilan aniqlanadi:
bu yerda n-chi garmonikasining kuchlanish qiymati; oxirgi hisobga olingan garmonikalar raqami.
ni hisoblashda qiymati 0,1% dan kam bo‘lgan garmonikalarni hisobga olmaslikka ruxsat etiladi.
Har xil kuchlanishli elektr tarmoqlarida kuchlanish sinusoidalligini buzilish koeffitsientining normal ruxsat etilgan va chegaraviy ruxsat etilgan qiymatlari [13] foiz ko‘rinishida 1.3– jadvalda keltirilgan.
1.3– jadval
Kuchlanishni sinusoidalligini buzilish koeffitsienti
Normal ruxsat etilgan qiymatlari, kV da
|
Chegaraviy ruxsat etilgan qiymatlari,
kV da
|
0,38
|
6...20
|
35
|
110...220
|
0,38
|
6...20
|
35
|
110...330
|
8,0
|
5,0
|
4,0
|
2,0
|
12,0
|
8,0
|
6,0
|
3,0
|
Har xil nominal kuchlanishli elektr tarmoqlariga umumiy ulanish nuqtalarida kuchlanishni n-chi garmonik tashkil etuvchi koeffitsientining ruxsat etilgan qiymatlari 1.4 – jadvalda (foizlarda) keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |