O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi


Elektr energiya sifat ko‘rsatkichlarini buzulishlarini keltirib chiqaradigan sabablar


Download 3.29 Mb.
bet5/25
Sana15.08.2023
Hajmi3.29 Mb.
#1667401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Dissertatsiya uchun qoralama2 Muxayyo

Elektr energiya sifat ko‘rsatkichlarini buzulishlarini keltirib chiqaradigan sabablar

Kuchlanish og‘ishi



O‘rnatilgan kuchlanish og‘ishi

Iste’molchilarni yuklama grafigi

Kuchlanish tebranishi



Kuchlanish tebranishi amplitudasi

Tez o‘zgaruvchan yuklamali iste’molchilar



Fliker miqdori

Uch fazali sistemada kuchlanish nosimmetiryasi



Kuchlanish nosimmetriyasini teskari ketma – ketlik koeffitsienti

Nosimmetriya yuklamali iste’molchilar



Kuchlanish nosimmetriyasini nol ketma – ketlik koeffitsienti

Kuchlanish egri chizig‘li shaklini nosinusoidalligi



Egri kuchlanish sinusoidalligini buzulish keoffitsienti

Nochiziqli yuklamadagi iste’molchilar



Kuchlanishni n- chi garmonik tashkil etuvchilari koeffitsienti

Boshqalari



Chastota og‘ishi

Tarmoq ishlashini xususiyati, iqlim sharoitlari va tabiat hodisalari



Kuchlanish yo‘qolishini davomiyligi



Kuchlanish implusi



Kuchlanishni vaqtincha ortish koeffitsienti

Shuningdek, elektr energiya sifat koʼrsatkichlaridan biri Nosimmetriya tartiblarni paydo boʼlish sabablari quyidagicha:
Kuchlanishni uch fazali simmetrik tizimi uchta fazada kuchlanishni modul va faza boʼyicha bir xilligi bilan tavsiflanadi. Nosimmetrik tartibda fazalarda kuchlanish bir xil emas. Elektr tarmoqlarida nosimmetrik tartibi quyidagi holatlarda boʼladi:[14]

  1. Fazalarda yuklama bir xil boʼlmaganda;

  2. Tarmoq elementlari va liniyani toʼliq boʼlmagan faza tartibida ishlashi;

  3. Liniya fazalari parametrlarini har xil boʼlishi.

Koʼp holatlarda kuchlanish nosimmetriyasi faza yuklamalarining har xilligidan paydo boʼladi. 0,38 kVli shahar va qishloq elektr tarmoqlarida kuchlanish nosimmetriyasi asosan bir fazali kichik quvvatli yoritish va maishiy elektr isteʼmolchilarini ulanishi sababli yuzaga keladi. Bunday yuklamalar soni katta boʼlmaganligi uchun ularni fazalar boʼyicha bir xil taqsimlash kerak.
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida nosimmetriya bir fazali katta quvvat elektr isteʼmolchilari boʼlishidan yuzaga keladi. 0,38-10 kV li sanoat tarmoqlarida nosimmetriyani asosiy manbalari - rudotermik pechlari, induktsiyali eritish pechlari, qarshilik pechlari, termik qurilmalari, har xil quvvatli payvandlash uskunalaridir.[14]
Kuchlanish nosimmetriyasining ikki turi mavjud boʼlib, bular boʼylama va koʼngdalang nosimmetriyalaridir. Elektr tarmoq elementlari nosimmetriyasi bilan bogʼliq boʼlgan nosimmetriya - boʼylama nosimmetriya deb ataladi. Bu havo liniyalarini toʼliq boʼlmagan faza tartibida ishlashidir.
Tarmoqqa bir va koʼp fazali nosimmetrik yuklamalarni ulanishi natijasida kelib chiqqan nosimmetriya- koʼngdalang nosimmetriya deyiladi. Koʼndalang nosimmetriya baʼzi bir elektr energiya isteʼmolchilaring ayrim fazalaridagi aktiv va reaktiv qarshiliklarining tengsizligi tufayli kelib chiqadi.
Uch fazali zanjirlarda nosimmetrik rejimlarni hisoblash va tahlil qilishda asosan simmetrik tashkil etuvchilar usuli qoʼllaniladi. Bu usul har qanday uch fazali nosimmetrik tizim kattaliklarini umumiy holda uchta simmetrik tizim kattaliklari yigʼindisi koʼrinishida tasavvur qilishga asoslangan. Nosimmetrik tizim qiymatlarini tashkil etadigan tizim majmuasi, uning simmetrik tashkil etuvchilari deyiladi. Bu simmetrik tashkil etuvchilar toʼgʼri, teskari va nol ketma-ketlik tizimi deyiladi.[14]
Fazalararo kuchlanish nosimmetriyasi teskari ketma-ketlik, faza nosimmetriyasi esa nol ketma-ketlik tashkil etuvchilarning mavjudligidan hosil boʼladi. Kuchlanishning toʼgʼri- teskari- , nol- ketma-ketlik simmetrik tashkil etuvchilari quyidagi maʼlum tengliklar asosida aniqlanadi.
Toʼgʼri-

Teskari


Nol ketma- ketlik


bu yerda - tarmoqning faza kuchlanishlari.


faza ko‘paytmasi, kompleks son.
Kuchlanish va tok nosinusoidalligini kelib chiqish sabablari - sanoat korxonalari yuklamalarining volʼt-amper tavsiflari nochiziqli oʼzgarishga ega. Ular qatoriga tiristorli oʼzgartgichlar, yoyli va kontaktli payvandlagichlar, elektr yoyli poʼlat eritgichlar, rudotermik pechlar va gaz razryadli lampalar kiradi. Bu yuklamalar tarmoqdan oladigan toklarining shakllari nosinusoidal boʼlib, tarmoq kuchlanishi shakliga nochiziqli tavsif kiritadi, yaʼni nosinusoidal kuchlanishlar keltirib chiqaradi.[14]
Yuqori garmonikaning asosiy manbalari. Ventelli oʼzgartgichlar, yarim oʼtkazgichli qurilmalar metallurgiya zavodlari va kimyo sanoatida keng qoʼllaniladi. Korxonalarda oʼzgarmas tok isteʼmolchilarga rostlanuvchi elektr yuritma, elektroliz qurilmalari, galvanik vannalar, elektrlashtirilgan temir yoʼl transprorti, magnitli separatorlar va boshqa texnologik qurilmalar kiradi. Sanoat korxonalarida eng koʼp tarqalgan qurilma bu - uch fazali koʼpriksimon sxemali oʼzgartgichlar. Uch fazali koʼpriksimon oʼzgartgichlar asosida ularning bir qator sxemalarini yaratish mumkin, masalan:ventil yuritgich asosida tristorli elektr yuritma, asinxron ventilli kaskad, kompensatsiyalangan ventilli elektr yuritma, chastotali boshqariladigan asinxron yuritgich.[14]
Kontaktli elektr payvandlash qurilmalari elektr tarmogʼiga tiristorli kalitlar orqali ulanadi. Payvand tokini mayinlik bilan rostlash maqsadida ventilli qurilmalar faza boʼyicha rostlagichlar bilan taʼminlangan.

    1. Download 3.29 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling