O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
8f5f783b50af75df5adc3449ef0858a5 Biofizika va radiobiologiya
BIOPATENSIALLAR
deyiladi. Biopatensiallar hayvon va o’simliklarning hujayralarida, to’qimalarida va organizmlarida paydo bo’ladi. Ularning ba’zilari doimiy mavjud, ayrimlari tashqi ta’sirlar tufayli paydo bo’ladi. Elektr impulslari nerv, muskul to’qimalarning faoliyati vaqtida paydo bo’ladi va tirik organizmlarda kechadigan fiziologik va patalogik jarayonlarni aks ettirishi mumkin. Bioelektrik hodisalarni o’rganish 1771 yilda L.Galvani tajribalaridan boshlandi.1838 yilda Matteuchi muskulning tashqi sirti musbat, ichki sirti manfiy zaryadga ega ekanligini aniqladi. Tinch holatdagi muskulning tashqi va ichki sirtlari orasidagi potensialari esa muskulning qisqarishi, bezlar sekresiyasi, hujayralarning ta’sirlanishi paytida hosil bo’ladi. 1875 yilda rus fiziologi V.E.Danilevskiy birinchi bo’lib bosh miyaning biopotensialarni aniqladi. Biopotensialarning hosil bo’lishi ancha murakkab masala bo’lib, hozirgacha uning to’liq nazariyasi yo’q. Hozirgi vaqtda 1952 yil Xodjiken, Xaksli, Kachilar nazariyasi ko’p qo’llaniladi. Shu nazariyasi bilan qisqacha tanishamiz. Biror to’qimaning potensiali uning tarkibidagi hujayralar potensiallari yig’indisi deb qarash mumkin. U holda xujayra tirik organizmning asosiy struktura elementiga emas, asosiy elektrik elementi hamdir. Hujayra va uni o’rab olgan hujayradan tashqaridagi biologik muhitni, tashqi muhitdan yarim o’tkazgichli hujayra menbranasi bilan ajralgan murakkab sistema deb qarash mumkin. Huyjayra ochiq termodinamik sistema bo’lib tashqi muhit bilan uzluksiz energiya, modda va informasiya almashinadi. Bu almashinuv menbranalar orqali amalga oshiriladi. Menbrana oddiy holda lipid qatlamidan iboratdir. Lipidlar qatoriga neytral yog’lar efirlar kiradi. Hujayrada lipidlar, oqsil qatlamlari bilan 38 o’rab olingan. Menbrana lipid qatlamida diametri 0,7-0,8 nm.li teshiklar mavjud bo’lib, ular orqali suv va boshqa mayda malekulalar o’tadi, katta malekulalar esa o’ta olmaydi. Teshiklar, elektr zaryadiga ega bo’lganligi uchun, hujayraga ma’lum ishorali ionlar o’tishiga imkon beradi va teskari ishorali ionlarning o’tishiga halaqit beradi. Ayniqsa ko’p valentli ionlar o’tishi qiyin bo’ladi, chunki ularning zaryadi katta bo’lgani uchun gidrat qatlami bilan qoplanadi va effektiv diametri oshadi. Turli ionlar o’tkazuvchanligi har xil bo’lgani uchun menbrananing turli tomonida ba’zi bir ionlarning nosimmetrik tarqalishini biopotensiallar paydo bo’lishining asosiy sababi deb qarash kerak. Hujayra sitoplazmasida va tashqi muhitda eng ko’p miqdorda bo’lgan asosiy ionlar, bu K + , Na + , Cl - , va katta diametrli ionlar.M aminakislota ionlari R dir. Hujayra ichida K + , Cl - va R - ionlari, tashqarisida esa faqat K + va Cl - ionlari bo’lsin. Kaliy va xlor ionlari menbrana orqali ikkala yo’nalishda ham diffuziyalanadi, R - ioni esa hujayra ichida qoladi. Hujayra membranasidan ionlarning o’tishi. Kaliy va xlor ionlarining diffuziyasi har xil ishoralarda o’tadi, chunki xlor ionlarining tashqi muhitdan hujayra ichiga o’tishiga R- ionlari hosil qilayotgan manfiy zaryad to’sqinlik qiladi. Natijada kaliy va xlor ionlarining hujayra ichida va tashqarisidagi konsentrasiyalari bir xil bo’lmaydi. Bunda Danon tenglamasi deb ataladigan munosabat bajariladi. [K + ] u *[Cl - ] u =[K + ] t *[Cl - ] Menbrana orqali o’ta olmaydigan R- ionalr menbrana ichki sirti yonida to’planishib manfiy zaryad hosil qilishadi. Bu zaryad hujayra tashqarisidagi ionlarning tortishib, menbrana tashqi sirtida musbat qatlam hosil qiladi. Bunda hosil bo’ladigan potensiallar farqi 2 1 C C n zF RT ì - kaliy ionlari konsentrasiyasining nisbati [K+] u = [Cl-]t [K+]t [Cl-] u Qo’yidagi jadvalda turli hayvonlar uchun . T u C C va menbrana potensial keltirilgan. To’qima turi Na + K + Cl - Hayvon turi To’qima U, mV Kalmer nervi 0.11 41 0,074 xashorat kanot muskuli 80-90 Baqa nervi 0,31 44 - baqa oyoq muskuli 40-80 Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling