O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Download 405 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVI. MAVZU ISH REJASI
Tayanch iboralar
Tirik tillar. Buxoro yahudiylari, o‘zlarini eroniy deb atovchi guruh, geografik joylashishi, diniy odatlar, standart til, ikki tillik, ko‘p tillik Savollar Hozirgi zamon eroniy tillar dunyoning qaysi hududlariga joylashgan? Hozirgi zamon eroniy tillarning tasnifida qanday muammolar mavjud? Hozirgi zamon fors adabiy tili qaysi sheva asosida shakllangan? Hozirgi tojik adabiy tilining normasi qaysi dialektga asoslangan? XVI. MAVZU ISH REJASI: Afg‘on tili. Osetin tili. Kurd tili. Beluj tili. Afg‘on tili (pashto) Afg‘on tili yoki pashto tili, asosan, Afg‘oniston va Pokistonda tarqalgandir. pastun ko‘p.sh. pastana so‘zi afg‘onlarning nomidir. Bundan pasto tilning nomi kelib chiqqan. Afg‘onlar o‘z tillarini, pashto deb atashadi. Pashtu so‘zi ingliz tilidagi pusitu so‘zining buzilgan shaklidir (transletirratsiya shakli). Afg‘on (pashtu) tilida hammasi bo‘lib 12-14 mln. aholi gapirishadi, shu jumladan 5-6 mln. kishi Pokistonda yashaydi. Savr inqilobi davrida va ayniqsa, «tolibon»lar xarakati davrida juda ko‘plab pashtunlar Pokistonga o‘tib ketishdi. Shuning uchun pashtunlarning aniq sonini belgilash qiyin. Ularning aksariyati hali ham qabila shaklida yashab, asosan, chorvachilik bilan shug‘ullanishadi. Kupsonli afg‘on qabilalaridan durroniylar (Qandahor va Farrah viloyatlarida) va gilzaylar (G‘azni viloyatida) XVIII-XIX asrlarda feodal tizimga o‘tganlar. qolgan qabilalar esa boshlang‘ich qabila udumiga amal qilib, siyosiy va iqtisodiy masalalarni oqsoqollar kengashida (jirg‘a, Luy jirg‘a) hal qiladilar. Afg‘on tili ikki katta dialektga ega. G‘arbiy yoki janubiy-g‘arbiy. Ulardan eng asosiysi Qandahor dialekti bo‘lib, bu dialektda gapirishuvchilarni pashtunlar deb atashadi. Afg‘onistondagi pashtu adabiy tili shu dialekt asosida shakllanmoqda. Ikkinchi dialekt sharqiy yoki shimoliy-sharqiy bo‘lib, asosiysi bu Peshovar dialektidir. Bu dialektda gapirishuvchilarni paxtunlar deb atashadi. Bu dialektda so‘zlushuvchilarga, asosan, Pokistonda yashovchi pashtunlar kiradi va bu dialekt adabiy til darajasiga ko‘tarilmagan. Sharqiy afg‘on adabiy til standarti (paxto)ning asos tayanchi Yusufzay qabilasining tilidir. Bu dialektda gazeta va jurnallar nashr etiladi. Afg‘on tilining bunday ikki dialektga bo‘linishiga sabab g‘arbiy afg‘on dialektidagi «Z, S» tovushlarining sharqiy afg‘on dialektiga “X, D” tovushlariga mos kelishidir. M.Qandaxor dialektida tiza tosh – Peshavor dialektida tida; shunga o‘xshash: pasto pashtu tili – paxto-paxto tili. Shundan ilmiy adabiyotlarda pashto va raxto terminlari uchrab turadi. Afg‘on yozuvi arab alifbosiga asoslangan bo‘lib, unga bir qator belgilar kiritilgan. Afg‘on tilida badiiy adabiyot XVI-XVII asrlarda vujudga keldi. Afg‘on tili 1933-yildan Afg‘onistonda rasmiy davlat tili hisoblanadi. Ungacha fors tili davlat tili vazifasini bajarardi. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling