O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Download 405 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pahlaviy papiruslari
- Parfyan tili yodgorliklari
- So‘g‘d tili yodgorliklari
Moniy matnlari
XX asrning boshlarida Sharqiy Turkistonda arxeologik qazishmalar natijasida topilgan turli tillarga oid eng qadimgi yozuv va san’at yodgorliklari jahon ilmiy ahlini xayratga soldi. Bular Xitoyda Tan sulolasi xukumronlik qilgan davrda (618-907-y.) sharqiy Turkistonda keng tarqalgan budda, moniy va xristian diniga oid xujjatlar va bayonlar edi. Moniy diniga oid xujjatlar payG‘ambar Moniyning Sosoniylar davrida Erondan sharqiy Turkistonga (216-276-y.) badarg‘a qilinishi bilan bog‘liq edi. Uning tarafdorlari er. III-IV asrlarida o‘z faoliyatlarini sharqqa qarab, Xuroson, O‘rta Osiyo va sharqiy Turkistonga ko‘chirdilar. Turfondan topilgan Moniy matnlari O‘rta fors tilida yozilgan bo‘lib, ular oromiy-Suriya yozuvining o‘zgargan moniy shrifti asosida yozilgan edi. Moniy tomonidan yaratilgan yozuv pahlaviy matnlariga nisbatan yaxshiroq bo‘lib, unda tovush tarkibi va o‘rta fors tilining grammatik tuzilishi ham aniqroq berilgan edi. Bundan tashqari Moniy yozuvlarida idiogrammalar umuman yo‘q. Pahlaviy papiruslari Misrning Fayum viloyatida o‘rta fors tilida yozilgan alohida bir guruh pahlaviy papiruslari XIX asrning oxirida topilgan bo‘lib, bular eramizning VII asriga oid edi, kursiv yozuv bilan yozilgan va aftidan ish qog‘ozlari bo‘lsa kerak. Ularni o‘rganish juda sust ketayapti. Parfyan tili yodgorliklari Turfondan topilgan moniy matnlari ikki dialektda yozilgani ma’lum bo‘ldi. Bir matnlar o‘rta fors tilida, ikkinchi bir matnlar qandaydir o‘rta Eron dialektida yozilgan. Bu parfyan (pahlavik) tili ekan. Parfyan tilida tosh yozuvlar tanga pullar, moniy matnlari yozilgan. Turkmanistonning Ashxabod yonidagi Nisa shahri atrofida olib borilgan arxeologik qazishmalar parfyan tilidagi xujjatlarni fan olamiga taqdim etdi. So‘g‘d tili yodgorliklari Xitoy Turkistonida topilgan ko‘plab qo‘lyozmalar ichida alohida shrift bilan yozilgan xujjatlar ham bor edi. Agar Suriya xati bilan xristian dini mazmunidagi, moniy yozuvi bilan moniy dini mazmunidagi va uchinchi xat so‘g‘d yoki keyinchalik «milliy so‘g‘d» nomi bilan mashhur bo‘lgan buddiy dini mazmunidagi bitiklar edi. Topilgan xujjatlarning tili deyarli bir xil bo‘lib, ular eroniy tillar oilasiga mansub edi. So‘g‘d yozuvlari, shuningdek, O‘rxun daryosining chap qirg‘og‘idagi uyg‘urlarning qadimgi poytaxti Qorabolg‘asunda (shimoliy Mo‘g‘uliston) ham topilgan. So‘g‘d yozuv yodgorliklari Zarafshon vodiysida mug‘ tog‘i g‘orlaridan ham topilgan. Topilgan qog‘ozlarning biri arab, uchtasi xitoy, qolgan hammasi so‘g‘d tilida edi. Bu yerdagi so‘g‘d shriftlari Xitoy Turkistonidan topilgan so‘g‘d yozuvlariga aynan o‘xshash edi. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling