III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Asosiy qismda fanning mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo`yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo`lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak.
Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohotlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari e‘tiborga olinishi tavsiya etiladi.
Ma’ruza mashg‘ulotlari.
1-Mavzu: Loyihani boshqarish asoslari va konsepsiyasi
Investitsiya loyihasining tushunchasi, maqsadi va strukturasi. Loyihalarni tasniflash: katta va kichik, ichki va tashqi, texnik va notexnik, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlari. Loyiha ishtirokchilari. “Loyihani boshqarish” tushunchasi. Loyihani boshqarish, investitsiyalarni boshqarish va funksional menejmentning o’zaro bog’liqligi.
2- Mavzu: Loyiha bo‘yich investitsiya strategiyasini ishlab chiqish
Investitsiya strategiyasi tushunchasi va uning ahamiyati. Loyiha bo’yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish tamoyillari va bosqichlari. Investitsiya strategiyasini shakllantirish va loyiha strategiyasini ishlab chiqish. Loyiha bo’yicha investitsiyalash maqsadi va strategik yo‘nalishlarini (resurslardan foydalanish) aniqlash. Loyihaning innovatsion faoliyat xususiyatlari va innovatsiya strategiyasini ishlab chiqishning ahamiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |