Kurs ishining ob'ekti: bu mavzu bo'yicha o’gil bolalarning kundlik kiyimlarining bichilgan bo'laklariga ishlov berish, kiydirib ko’rishga tayyorlashni tahlil qilish.
Kurs ishining maqsadi: Oshxonada kiyiladigan kiyimlarining bichilgan bo'laklariga ishlov berish,kiydirib ko’rishga tayyorlash mavzusini o’rganish va tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishining predmeti: Oshxonada kiyiladigan kiyimlarining bichilgan bo'laklariga ishlov berish,kiydirib ko’rishga tayyorlash mavzusiga oid ma’lumotlarning ham amaliy, ham nazariy tavsifi.
Kurs ishining vazifalari:
1. Mashinada ishlash qoidalari.Mashinada ipsiz tikish. Mashinaga ip o‘tkazish. Biriktiruvchi, ziy va bezak choklarini tikishni o’rganish;
2. Bichish va tikish haqida ma’lumot berish;
3 O'g'il bolalar ko’ylaklari andozalar loyihasini tuzish;
4. O'g'il bolalar kiyimlari andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish. haqida ma’lumot berish, o'rganishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish ikkita bob(4ta paragraph),xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. MASHINADA ISHLASH QOIDALARI VA BICHISH VA TIKISH HAQIDA MA’LUMOT
1.1. Mashinada ishlash qoidalari. Tikuv mashinasida ishlash qoidalari.
Mashinani ishga tayyorlash. Mashinaning moylarini ar-
tib, tepkisini ko‘tarib, ustki va ostki iplarini o‘tkazib, baxya uzunligi to‘g‘rilab qo‘yiladi.
Ishni boshlash. Gazlamani tepki tagiga qo‘yib, igna tushiriladi. Ipning oxirini ushlab, tepki tushiriladi va ish boshlanadi.
Ishni bajarish. Belgilangan joydan baxyaqator tikish (gazlamani tortish yoki surish mumkin emas).
Ishni tugatish. Ignani, tepkini ko‘tarib, gazlamani chap qo‘l bilan tortib, ipni 10–15 sm qoldirib uziladi. Tepkining tagiga bir bo‘lak gazlama qo‘yib, tepki tushirib qo‘yiladi. Mashina ignasi ham pastki holatga tushirib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |