3. Bezak choklar
3.1. Bir-biriga qaragan taxlama
|
b
|
Bir-biriga qaragan taxlama 3 ta chiziq bilan o‘rta chiziq – 1, yon chiziq – 2, tikish oxiri chizig‘i – 3 (chizma – a). Bir-biriga qaragan taxlamani hosil qilish uchun bo‘lak belgilangan o‘rta chiziq – 1 bo‘yicha o‘ngini ichkariga qilib qayriladi. Yon chiziq – 2 bo‘yicha oxirgi tikish chizig‘i – 3 gacha avval ko‘klanadi, so‘ngra mashinada tikiladi. Oxirgi tikish chizig‘ida – 3 chok mahkamlanadi. Ko‘klash choki olib tashlanadi, taxlama ikki tomonga yorib, (belgilangan o‘rta chiziq tikish chokida aniq yotishi kerak) dazmollanadi (chizma – b). Taxlama chuqurligi fasonga bog‘liq.
|
3.2. Bukma
|
0,1–0,3
|
O‘ng tomondan bitta chiziq belgilanadi. Bajarish vaqtida bo‘lak belgilangan chiziqdan teskari tomon ichiga buklanib, avval ko‘klanadi, so‘ngra mashinada tikiladi. Ko‘klash choki olib tashlanib, bukma bir tomonga qaratib dazmollanadi. Chok kengligi 0,1–0,3 sm.
|
O‘quvchilar texnologik xarita yordamida chok turlarini tikadilar, tayyor namunalarning har birini nomlab albomga yopishtiradilar.3
Andozalarni gazlama ustiga qo‘yish hamda kiyimni bichish texnik talablarga muvofiq bajarilishi lozim.
Tukli gazlamalar, shuningdek, har xil tusdagi gazlamalardan kiyim bichish vaqtida asosiy gazlamadan tikiladigan detallarning barcha andozalari (adip va ostki yoqalar bundan mustasno) bir tomonga qaratilishi kerak. Kiyim duxoba, baxmal, nimbaxmal, chiyduxobadan bichilayotganda andozani gazlama tuki pastdan yuqoriga qarab turadigan qilib joylash kerak. Shunda tayyor kiyimning gazlamasi yaltirab turmaydi. Gullari har tomonga qaratilgan gazlamalarda andozalarni gazlama gullari pastdan yuqoriga yoki, aksincha, yuqoridan pastga qarab turadigan qilib joylash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |