O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti «Tasdiqlayman»
II BOB. O'G'IL BOLALAR KIYIMLARI ANDAZANI GAZLAMAGA JOYLASHTIRISH, BICHISH VA TIKISH
Download 0.86 Mb.
|
ERGASHEV MUHAMMAD O’GIL BOLALAR KIYIMLARINING BICHILGAN BO\'LAKLARIGA ISHLOV BERISH
II BOB. O'G'IL BOLALAR KIYIMLARI ANDAZANI GAZLAMAGA JOYLASHTIRISH, BICHISH VA TIKISH.
2.1 O'g'il bolalar ko’ylaklari andozalar loyihasini tuzish Kiyim detallari andoza bo‘yicha bichiladi. Andoza tayyorlashdan oldin kiyim detallarining chizmasida vitochkalar, yon chiziqlar, yeng, shim va boshqa detallar chiziqlarining barcha o’tmas burchaklari ulaming uchiga mumkin qadar yaqinroqdan dumaloqlanadi. So‘iigra kiyim orqasi va oldi detallarining, yengning ustki va ostki yarmining, shimning old yarmi bilan orqa yarmi juftlashtirilib bir-biriga ulanadigan zihlarining o‘zaro mos kelishi tekshiriladi; bunda konstruksiya chizJqlaridan arzimagan darajadagina chetga chiqishga yo‘l qo‘yiladi. Shu tarzda aniqlangan chizmalarda choklarga hamda kiyim etagini, yeng uchi va shim pochasini, yubka etaklarini bukish uchun qabul qilingan texnologik va texnik shartlarga muvofiq chok haqi belgilanadi. Andozalar tayyorlash usuliga qarab, asosiy andoza, ikkilamchi (hosila) andoza va yordamchi andoza kabi turlarga ajratiladi, bajaradigan vazifasiga qarab esa, etalon-andoza (originallar), ish andozasi va yordamchi andoza kabi xillarga ajratiladi. Etalon - andozalar ish andazalarini tekshirish uchun kontrol vosita sifatida xizmat qiladi. Ular tajriba sexlarda saqlanadi va original-chizmalar yoki oilchovlar tabeli bo‘yicha kamida kvartalda bir marta tekshirib ko‘riladi. 1 sh andozalaridan bevosita texnologik jarayonlarda (kiyim bichish, bichiqlarni tekshirish va hokazolar vaqtida) foydalaniladi. Bu andozalar oyiga kamida bir marta etalon andozalar bo‘yicha tekshiriladi. Kesilgan joylardagi chetga chiqishlar normativ-texnik hujjatlarga muvofiq belgilanadi. Odatda ish andozalari 3-5 komplekt qilib tayyorlanadi. Yo r d a m ch i andozalar kiyimning qayirib bukish chiziqlari, kesib tashlanadigan joylari, cho‘ntaklar, izmalar, tugmalar va hokazolar o‘rnini qo‘shimcha ravishda belgilash uchun xizmat qiladi. Asosiy andozalar kiyim loyihasining chizmasi bo‘yicha tayyorlanadi; bu andozalarda chok haqi, kiyim etaklarini qayirib bukish, ortiqcha joylami kesib tashJash haqlari albatta hisobga olingan boiadi. Kiyimning orqasi, oldi, yenglari, yon chiziqlariga, yubkaning, slimning old va orqa yarmiga qo‘shib beriladigan chok haqi “Tikilgan kiyimlar, qaviqlar, baxyalar va choklar” davlat standartiga muvofiq belgilanadi. Aholining shaxsiy buyurtmasiga muvofiq kiyim tikishda asosiy loyiha andozalardan foydalaniladi. Asosiy loyiha andozasini tayyorlagan vaqtda chok haqi berilmaydi. Kiyimni bichganda tegishii joylarda chok haqi tashlab ketiladi, bu esa kiyim balansini yaxshilash maqsadida unga birmuncha o‘zgartirish kiritishga va kompozision yechimlarga imkon tug‘diradi. Kiyim detallarining chetlarini to‘g‘ri va aniq ulash mumkin boilishi uchun, andozalami tayyorlagan vaqtda kertiklar qilinadi. Asosiy andozalar ishlab chiqilgandan keyin detallarining juftlashtiriladigan konturlari tekshirib ko‘riladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling