I к к i 1a m ch i (hosila) andozalar asosiy andozalar bo‘yicha tayyorlanadi. Ikkilamchi andozalarga quyidagilar kiradi: asosiy gazlamadan tikiladigan detallarning (adip, yoqa) andozalari; astarbop gazlamadan tikiladigan detallarning (kiyimning oldi va orqasi, yengning ustki va ostki qismlari, jiletka astari, yubka astari, shim old yarmining astari) andozalari; oraliq gazlamadan tayyorlanadigan detallar (kiyimning ko‘krak qismiga, yelkaga va yoqa oralig‘iga qo‘yiladigan flezilin yoki dublirin)ning andozalari.
Y o r d a m ch i andozalar kiyim detallarining asosiy va ikkilamchi andozalaridan foydalanib tayyorlanadi.
Yordamchi andozalarda cho‘ntaklar, vitochkalar, burmalar, izmalar, tugmalar va hokazolar o‘mi ko‘rsatiladi.
Asosiy, ikkilamchi va yordamchi etalon-andozalaming hamda ish andozalarining barcha komplektlarida kesiladigan joylardagi chiziqlar bo‘yicha (andozaning chetidan 1 mm qochirib) 8-10 sm oralatib tamg‘a bosiladi yoki chiziq chiziladi; tamg‘a va chiziqlar andazaning eskirish darajasini tekshirib turish uchun kerak.
Andozaning birida, odatda kiyim oldining detalida, barcha detallar va andozalaming vazifasi bo'yicha ro‘yhati tuziladi. Tarmoq standartiga muvofiq ruxsat etiladigan detallar andozalariga (ostki yoqa, bord adipni, yenglar astari vahokazolarga) yo‘l qo‘yiladigan uloqlar chiziladi.
Ish andozalarida kesish aniqligidan yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlami ko rsatib qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kiyimning nihoyat darajada aniq bichilishi talab qilinadigan joylarida (yoqa o‘mizi, yelka zihlari, yeng o‘mizi, yeng boshi) yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlar +0,1 sm ga teng; ustki detallaming boshqa joylaridagi yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlar ±0,25 sm, astar va oraliq gazlamadan tayyorlanadigan detallarda ±0,4 sm ni tashkil etadi.
MAKTABGACHA YOSHDAGI O‘G‘IL BOLALAR
KO‘YLAGINI LOYIHAJLASH
O‘g‘il bolalar ko‘ylaklari turli fasonlarda bo‘lishi mumkin
Ko‘ylaknmg to‘r qismi
To'g‘ri burchak chizilib, burchakka Bn nuqta qo‘yiladi.
BnBl — OrbU = 31 sm (ort bo‘lakdagi bel chizig‘i).
BnKv= Yeo‘Ch+QYeo‘Ch = 15,3+(l,5-2) = 17,3 sm.
BnE = KU = 45 sm (ko‘ylak uzunligi).
Bn, K, Bl, E nuqtalardan gorizontal chiziqlar o‘tkaziladi.
KKt = KYaA+QK = 32+(6-8) = 38 sm.
K, nuqtadan pastga etak qismi bilan kesisliguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi va mos ravishda B1[E1 nuqtalar bilan belgilanadi.
Bl-Bnj = OlbU = 29 sm (old bo‘lakdagi bel chizig‘i).
Bn, nuqtadan chap tomonga gorizontal chiziq o‘tkaziladi.
KK, = OrK+QOrK = 13,5+1,5 = 15 sm (orqa kenglikni aniqlovchi chiziq holati).
K nuqtadan bo‘yin chizig‘i bilan kcsishguncha vertikal chiziq o‘tkaziladi va kesishish nuqtasi a bilan belgilanadi.
KjKj = Ye,A3+QYelA = 19:3+3,5 = 9,8 sm (yeng o‘mizi kengligi).
K,K3 = OrK+QOlK = 11,7+1 = 12,7 sm (old bo‘lak kengUgini aniqlovchi chiziq).
Do'stlaringiz bilan baham: |