Mashina choklarini tikish. Kerakli ish jihozlari: tikuv mashinasi, g‘altak ip, 5x8 sm o‘lchamdagi sidirg‘a gazlama bo‘laklari, ish qutichasi, maxsus chizg‘ich, qaychi.
Mashina choklari uch turli bo‘ladi (1-jadval).
1. Biriktirma choklar. 2. Ziy choklar.
3. Bezak choklar.
Mashina choklarini tikish bo‘yicha texnologik xarita
7-jadval
Chok turi
|
Chizma
|
Tikishni bajarish tartibi
|
1. Biriktirma choklar
|
1.1 Bir
tomonga yotqizib dazmollash (a)
1.2. Yorib dazmollash
(b)
|
|
Biriktirma chokni tikishda ikki gazlama bo‘lagi o‘ngini o‘ngiga qilib, qirqimlar bir xil qilinadi, avval qo‘lda ko‘klanadi va biriktirma chokda qirqim bilan parallel holda tikiladi. Chok kengligi 0,5–1,5 sm. Ko‘klash chokining ipi olib tashlanadi va chokni tekislab, chok haqlari bir tomonga yotqizib yoki orasi yorib dazmollanadi.
|
1.3. Qo‘yma chok
|
|
Bir bo‘lakning o‘rniga ikkinchi bo‘lak o‘ngini qo‘yib, ko‘klab chiqiladi. To‘g‘ri ko‘rinishidagi chok bilan qirqimdan 0,5 sm kenglikda tikiladi. Ko‘klash cho kining ipi olib tashlanadi va chokni tekislab dazmollanadi.
|
|
|
2. Ziy choklar
|
2.1. Ochiq qirqimli buklama chok
|
|
Qirqim avval yo‘rma qaviqda tikib olinadi, so‘ngra qirqimini buklab, ko‘klab tikiladi.2 Ko‘klash chokidan 0,1 sm oraliqda ma shinada bostirib baxyaqator tikiladi va chokning oxiri mustahkamlanadi. Ko‘k lash chokining ipi olib tashlanadi va tekis lab dazmollanadi. Bo‘lak qirqimi teskarisiga 0,5–0,7 sm bukiladi. Chok kengligi 0,1–0,3 sm.
|
2.2. Yopiq qirqimli buklama chok
|
|
Bo‘lak qirqimi teskarisiga buklab ko‘klanadi, so‘ngra fasonda ko‘rsatilgan kenglikda yana bukiladi va ko‘klanadi. Bukilgan ziydan ko‘klash chokidan 0,1 sm oraliqda baxyaqator yuritiladi, chokning oxiri mus tahkamlanadi. Ko‘klash chokining ipi olib tashlanadi va tekislab dazmollanadi. Birinchi bukilish kengligi 0,7 sm.
Chok kengligi 0,1–0,2 sm.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |