O'zbekiston respublikasi oliy
"Xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg'onlik tusini oladi
Download 308.52 Kb.
|
talim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning pedagogik shart-sharoitlari oliy talim misolida (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi Prezidentimizning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga
- ", — deya bejiz takidlagani yoq.
- Muhtaram birinchi Prezidentimizning "Yuksak manaviyat - yengilmas kuch" asarida aytganlaridek
- Lekin, masalaning yana bir nozik tomoni borki
"Xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg'onlik tusini oladi.
12 Chunki, odamlarning maqsadlari xilma-xil halqlar o'rtasida tortishish va talashish ko'p. SHunday kishilar ham bo'ladiki, ularning tabiatiga yolg'on xabar tarqatish o'rnashib qolib, go'yoki unga shu vazifa yuklangandek bo'ladi va xabar tarqatmasdan tinchiyolmaydi. Bu yomon xohishlardan va tabiatiga buzuq fikrlarning joylashganligidan kelib chiqadi"J Qarang bundan o'n asr avval yashab o'tgan bobokalonimiz bugungi kun voqeligi, ayniqsa, o'zini adolatparvar, inson huquqlari himoyachisi, oddiy so'z bilan aytganda, "jurnalist" deb yurgan ayrim kimsalarga bahs berib o'tgan ekanlar. Axborotni himoyalash masalalariga rivojlangan mamlakatlar katta ahamiyat beradi. Hozirgi paytga kelib halqaro munosabatlar yangi axborot texnologiyalari asosida shakllanayotgani bois, axborotni himoyalash va yoshlarni axborot psixologik xavfsizligini ta'minlash jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. "Bugungi kunda, - degan edi, O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, - insoniyat qo'lida mavjud bo'lgan qurol-yarog'lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf - insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo'layotgan kurashlar ko'p narsani hal qiladi". Kurashning bu turida eng samarali qurol - axborot. SHu bois, axborotni o'z maqsadlariga xizmat qildirishga intilish keskin tus olmoqda. Axborot, uni uzatish, qayta ishlash va yig'ish bosqichlari o'ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Ya'ni, insonning oddiy, kundalik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan hatti-harakatlarining asosini ham, dunyo mamlakatlarining insoniyat taqdiriga daxldor bo'lgan qarorlarining manbaini ham axborot tashkil etadi. Bu esa o'z navbatida g'oyaviy ta'sir o'tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. 3 Bugungi kunda dunyo bo'ylab o'z manfaatlarini keng yoyishning eng maqbul usuli - axborot hurujlari bo'lsa, eng samarali vosita - axborot tizimlari va vositalari hisoblanadi. "Aslida, hayotning o'zi turli-tuman g'oyalar kurashidan, bahsu munozaralardan iborat. Taraqqiyotning ma'no-mazmuni, kerak bo'lsa, falsafasi ham shunda. Ammo hamma gap har qanday tahdid yoki tahlika oldida vahimaga tushmasdan, ana shu kurash va sinovlarga doimo tayyor turishda ogoh va sergak bo'lishdadif', degan edi birinchi Prezidentimiz I.Karimov. "Sovuq urush" davrida yadroviy hurujlardan cho'chib yashagan dunyo endi terrorizmning shavqatsiz tajovuzlaridan saqlanish yo'llarini izlamoqda. Zero, vaqt va makon tanlamaydigan bu ofat xohlagan vaqtda, xohlagan joyda o'zining mash'um basharasini namoyon etib qolishi mumkin. Kishini xavotirga soladigan sabab shuki, terroristik hurujlar kiber makonda ham faollashib bormoqda. SHu bois, ko'plab davlatlarning oldida axborot- kommunikatsiya va kompyuter tizimlarida ishonchli axborot xavfsizligini ta'minlash masalasi turibdi. Globallashuvning avj olishi millat "chegaralarini" yo'q qilib yubormoqda, ommaviy ma'naviyatni shakllantirishga olib kelmoqda. Buning natijasida har bir millatga xos bo'lgan urf-odat, an'ana, qadriyatlar o'z ahamiyatini "yo'qota" borish xavfi yuzaga kelmoqda. Bu millatning ma'naviy qashshoqlashuvi sodir bo'lishga, ularning o'zligini anglamaydigan manqurtlariga olib keluvchi tahdidlarni yuzaga keltirmoqda. Axborot globallashuvi va yoshlar ma'naviyati, har qanday axborot oqimining yoshlar ma'naviyatiga ta'siri, zararli axborotlar tahdidi xususida so'z yuritganimizda avvalo bu masala zamirida jamiyatimizning, davlatimizning milliy xavfsizligi yotganini nazarda tutishimiz lozim. Zero bu mavzuda so'z yuritar ekanmiz avvalo ikki masala mavzuning dolzarb nuqtasiga aylanadi: birinchisi axborot oqimi-mafkuraviy tahdid; ikkinchisi - yoshlar ma'naviyati, ya'ni turli xildagi axborotlarga nisbatan yoshlarimizda shakllangan immunitet masalalaridir. 4 Gap shundaki, axborot oqimi o'z mohiyatiga ko'ra ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan bo'ladi. Uning qanchalik yoshlarimizga ta'siг qilishi uning oldiga qo'yilgan maqsad sari puxta yo'naltirilganligiga bog'liq. Tabiiyki, axborot oqimining salbiy ta'siri esa ularda shakllangan mafkuraviy himoya tizimining mukammalligi omiliga bog'liq. To'g'ri, avvalo hammada ham bunday qobiliyatlar birdek rivojlangan emas. Ammo, bu qobiliyatlarni shakllantirish, idrok ko'nikmalarini hosil qilish, inson tug'ilganidan to shaxs sifatida shakllanguniga qadar davom etadi. Xususan, bunda ma'lum bir yoshning ko'p kitob o'qishi, o'z mamlakati tarixini o'rganishi, urf-odatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiya topishi, bir so'z bilan aytganda, unda milliy e'tiqod - milliy faxr shakllanishi muhim o'rin tutadi. O'z millati qadriyatlarini qadrlagan, o'z tarixini bilgan, Vatanga e'tiqodi shakllangan yoshlarning axborot oqimlarining ta'siriga tushib qolish ehtimoli kam. CHunki bunday yoshlarda o'ziga xos psixologiya va masalaga o'ziga xos yondashuv paydo bo'lgan bo'ladi. U har qanday axborot zamirida ma'lum bir maqsadni o'rgana boshlaydi.5 Bugungi zamon globallashuvi jarayonida kimki axborotga egalik qilsa, o'sha dunyoga hukmronlik qiladi, degan ibora bejiz paydo bo'lgani yo'q. Darhaqiqat, hozirgi kunda yadro quroli ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda 20 ga yaqin davlatda harakatlar davom etayotgan bo'lsa, 120 ga yaqin davlat esa axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib bormoqda. Ular buning uchun hatto million-millionlab dollar mablag' sarflashdan ham tap tortishmayapti. Ayniqsa, ma'naviy tahdidga, yoshlar ongini egallashga qaratilgan axborot xurujlari avj olsa olaptiki, aslo pasaymayapti. Ba'zi bir g'arazli kuchlar tomonidan bu borada turli usul va uslublardan foydalanib kelinmoqda. Ayniqsa, axborot xurujlarining yolg'on axborot tarqatish, ijtimoiy ongni manipulyatsiya qilish, milliy-ma'naviy qadriyatlarni yemirish, mentalitetga mutlaqo yot bo'lgan begona qadriyatlarni targ'ib etish, halqning tarixiy xotirasini buzish va o'zgartirish, kiberterrorizm kabi turlari keng tarqalmoqda. Eng achinarlisi, yosh avlodning 90 foizi asosiy axborot manbai sifatida "o'rgimchak to'ri" deb nom olgan internet tarmog'iga murojaat qilmoqda. Albatta, bu tarmoqning qulay axborot manbai ekani, istagan narsangizni undan bir zumda topa olishingiz mumkinligi, soniyalar ichida dunyoning narigi chekkasi bilan bog'lanish imkoniyati mavjudligi muhim omil. SHu bilan birga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining bu cheksiz in'omidan o'z g'arazli manfaatlari yo'lida foydalanuvchilar soni ham ortib borayotganidan ko'z yuma olmaymiz. O'zbekistonda ham internetdan foydalanuvchilar soni kun sayin o'sib, hozirgi paytda 9 milliondan oshgani, ularning aksariyati yoshlar ekanini hisobga olsak, bu holat barchamizni yanada ogoh va sergak bo'lishga undaydi. [Birinchi Prezidentimiz Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo'llagan tabrigida: "...Takror bo'lsa-da, aytmoqchiman — axborot olamida qandaydir devor o'rnatish, o'z qobig'iga o'ralib, mahdudlikka yuz tutish yo'li bizga aslo ma'qul emas. SHu bilan birga, bugun yon-atrofimizda, uzoq-yaqin mintaqalarda yuz berayotgan voqealarni inobatga oladigan bo'lsak, hali ongi, hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg'itishga qaratilgan g'arazli kuchlar ham internet imkoniyatlaridan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga urinayotgani va bunday intilishlarning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini e'tibordan soqit qilib bo'lmaydi", — deya bejiz ta'kidlagani yo'q. Darhaqiqat, bugun global axborot makoniga real ko'z bilan qarasak, jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida nosog'lom manfaatlar, ziddiyat va qarama- qarshiliklar ta'siridagi agressiv, milliy axborot makonimizga, ma'naviy qadriyatlarimizga va barkamol avlodni tarbiyalashdek ezgu g'oyamizga mutlaqo zid bo'lgan axborotlar oqimining kirib kelayotganidir. Axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq va yaqin mintaqalardagi turli xil siyosiy, mafkuraviy va boshqa kuchlar o'zlarining chirkin manfaatlari yo'lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, axborot erkinligini suiiste'mol qilib, axborot tahdidlari orqali hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan farzandlarimizni chalg'itish, ularning ongi va qalbini egallash yo'lidagi harakatlarni kuchaytirayotgani sir emas. Shunday ekan, bugungi yoshlarimiz hamma sohaga qiziquvchan, yangiliklarni bir zumda o'zlashtirib oladigan, har qanday axborotni tez qabul qiladigan xislatlarga egaligini hisobga olib, ularni turli manbalardan, yot maqsadlarni ko'zlab tarqalayotgan axborotlardan munosib himoyalay olishimiz darkor. Xo'sh, bu kabi ijtimoiy xavfi yuqori bo'lgan global muammolarga qarshi kurashish uchun nima qilish darkor? Ammo hali istiqbolda qilinishi lozim bo'lgan ishlar talaygina. Bu kabi ijtimoiy xavfi katta bo'lgan muammolardan xoli bo'lish uchun mamlakatimizda ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish bo'yicha yirik milliy loyihani yaratish zarur. Boisi, "Google" kompaniyasi tahlillariga ko'ra, O'zbekistondan kuniga "odnoklassniki.ru" saytiga 200000, "Fasebook" saytiga — 90000 ga yaqin, "moymir" saytiga 40000 nafardan ortiq kishi kirayotir. Vaholanki, yurtimizdagi doira.uz, vsetut.uz, odnoklassniki.uz, sinfdosh.uz, muloqot.uz, olam.uz kabi saytlarda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarimizning barchasi jamlansa ham yuqoridagi miqdorga yetmaydi. SHuningdek, davlat idoralari, fuqarolik institutlari, jamoat tashkilotlarining aholi, ayniqsa, yoshlar bilan muntazam muloqotda bo'lishlariga erishish, internet tarmog'ini milliy qadriyat va an'analarimizni o'zida aks ettiruvchi veb-saytlar bilan boyitish, ta'lim muassasalarini internet tarmog'iga ulashda odob-ahloq qoidalariga muvofiq bo'lmagan veb-saytlardan foydalanishga cheklovlarni joriy etish, yoshlarda axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish zarur. Aholining xolis va haqqoniy axborotga ega bo'lishini ta'minlash, har bir fuqaro tafakkurida mafkuraviy immunitetning shakllanishiga sharoit yaratish, g'oyaviy muxoliflarimizning harakatlariga qarshi ma'naviy-ma'rifiy targ'ibotni kuchaytirish, voyaga yetmagan yoshlarga oid milliy qonunchiligimizga ma'naviy tahdidlar, axborot xurujlarining oldini olishga qaratilgan zarur o'zgartish hamda qo'shimchalar kiritish darkor. Bu borada, ayniqsa, xorij tajribasi bilan tanishish ham foydadan xoli bo'lmaydi. Masalan, Buyuk Britaniyada "O'zini tutish kodeksi" va "Xavfsiz tarmoq" mustaqil jamg'armasi zararli, noqonuniy axborotlar oqimini nazorat qiladi. Ayrim Yevropa davlatlarida qonun asosida nomaqbul saytlarni yopib qo'yish (blokirovka qilish) belgilab qo'yilgan. Xususan, Germaniyada bu masala sud qaroriga ko'ra amalga oshiriladi. Rossiyada esa turli axborot xurujlariga qarshi 17
Shuni unutmaslik lozimki, bugun yurtdoshlarimiz ongiga bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan darajada ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o'ylangan, ilmiy asosda puxta tashkil etilgan, uzluksiz olib boriladigan ma'naviy tarbiya bilan javob berish lozim. Toki yoshlarimiz milliyligini saqlab qolgan holda, dunyoni chuqur anglaydigan, davr shiddati bilan qadamma-qadam tashlaydigan insonlar bo'lib yetishsin. Ana shunda ahloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g'oyalar yurtdoshlarimizga o'z ta'sirini o'tkaza olmaydi.6 Kelajagi buyuk va ertangi kuni porloq yurtga, millatga har tomonlama sog'lom, ma'nan yetuk yoshlar zarur. SHu bois, bugungi kunda yosh avlod tarbiyasiga bo'lgan e'tibor bizda davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Birinchi Prezidentimizning: "Bugun yoshlarimiz hal qiluvchi kuch bo'lib hayotga kirayapti. Men bu yoshlarga o'zimga ishongandek ishonaman", degan so'zlari zamirida ham ana shu haqiqat mujassam. Shunday ekan, yoshlarimiz ongini egallashga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarga, milliy manfaatlarimizga raxna solishga, ma'naviyatimizga tajovuz qilishga, umrimiz mazmuni bo'lgan tarixiy xotiramizni buzishga urinayotgan g'arazli kuchlarga qarshi doimo ogoh turishimiz darkor. Ana shundagina bizni hech kim, hech narsa o'z tanlagan yo'limizdan ortga qaytara olmaydi va biz ko'zlagan ulug'vor maqsadlarimizga albatta yetamiz.7 1.2 Zararli axborotlar tahdidi muammosining hozirgi kundagi holati Bugungi yoshlarning aksariyati asosiy axborot manbai sifatida internetga murojaat qilishadi. Lekin ularda axborot immuniteti shakllanmagan mish-mishlar dunyosi bo'lmish "Internet" orqali ma'naviyatga salbiy ta'sir vujudga kelishi mumkin. Ba'zi yoshlarimiz - turli xil G'arb seriallari ta'sirida, milliy qahramonlarimiz jasoratidan bexabar o'sayotganligi sababli ma'naviyatga qaytadan chuqur e'tibor qaratmas ekanmiz, ularning zehni o'tkir, dunyo bilimlarini egallagan bo'lishlariga qaramasdan, Vatan manfaati yo'lida xizmat qilishlariga, begona g'oyalarga berilmasligiga kafolat ham berolmaymiz. Ularni eng avvalo Vatanga e'tiqodni, urf-odat va qadriyatimizga sadoqatli qilib tarbiyalasakkina, istalgan buzg'unchi axborotlarga nisbatan o'z axborot immunitetlari shakllanadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, yosh avlodning 90 foizi asosiy axborot manbai sifatida internet tarmog'iga murojaat qilmoqda. Albatta, bu tarmoqning qulay axborot manbai ekani, istagan narsangizni undan bir zumda topa olishingiz mumkinligi, soniyalar ichida dunyoning narigi chekkasi bilan bog'lanish imkoniyati mavjudligi muhim omil. SHu bilan birga, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining bu cheksiz in'omidan o'z g'arazli manfaatlari yo'lida foydalanuvchilar soni ham ortib borayotganidan ko'z yuma olmaymiz. Respublikamizda ham internetdan foydalanuvchilar soni kun sayin o'sib, hozirgi paytda 9 milliondan oshgani, ularning aksariyati yoshlar ekanini hisobga olsak, bu holat barchamizni yanada ogoh va sergak bo'lishga undaydi.8 Birinchi Prezidentimizning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga : "...Takror bo'lsa-da, aytmoqchiman — axborot olamida qandaydir devor o'rnatish, o'z qobig'iga o'ralib, mahdudlikka yuz tutish yo'li bizga aslo ma'qul emas. SHu bilan birga, bugun yon-atrofimizda, uzoq-aqin mintaqalarda yuz berayotgan voqealarni inobatga oladigan bo'lsak, hali ongi, hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg'itishga qaratilgan g'arazli kuchlar ham internet imkoniyatlaridan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga urinayotgani va bunday intilishlarning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini e'tibordan soqit qilib bo'lmaydi", — deya bejiz ta'kidlagani yo'q. Bugun global axborot makoniga real ko'z bilan qarasak, jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida nosog'lom manfaatlar, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta'siridagi agressiv, milliy axborot makonimizga, ma'naviy qadriyatlarimizga va barkamol avlodni tarbiyalashdek ezgu g'oyamizga mutlaqo zid bo'lgan axborotlar oqimining kirib kelayotganidir. Axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq va yaqin mintaqalardagi turli xil siyosiy, mafkuraviy va boshqa kuchlar o'zlarining chirkin manfaatlari yo'lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, axborot erkinligini suiiste'mol qilib, axborot tahdidlari orqali hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan farzandlarimizni chalg'itish, ularning ongi va qalbini egallash yo'lidagi harakatlarni kuchaytirayotgani sir emas. SHunday ekan, bugungi yoshlarimiz hamma sohaga qiziquvchan, yangiliklarni bir zumda o'zlashtirib oladigan, har qanday axborotni tez qabul qiladigan xislatlarga egaligini hisobga olib, ularni turli manbalardan, yot maqsadlarni ko'zlab tarqalayotgan axborotlardan munosib himoyalay olishimiz darkor.9 Milliy qonunchiligimizda yoshlarni nosog'lom axborotlardan himoyalash mexanizmlari mavjud. Misol uchun, "Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida yoshlar orasida odob-ahloqni buzishga, shu jumladan, zo'гavonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni ta^'ib qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar, "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi Qonunda esa behayolik, shafqatsizlik va zo'ravonlik haqida hikoya qiluvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta'siг ko^satuvchi va huquqbuzarliklar sodir etishlariga sabab bo'luvchi adabiyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish etishning taqiqlanishi belgilab qo'yilgan.10 Shuningdek, davlat idoralari, fuqarolik institutlari, jamoat tashkilotlarining aholi, ayniqsa, yoshlar bilan muntazam muloqotda bo'lishlariga erishish, internet tarmog'ini milliy qadriyat va an'analarimizni o'zida aks ettiruvchi veb-saytlar bilan boyitish, ta'lim muassasalarini internet tarmog'iga ulashda odob-ahloq qoidalariga muvofiq bo'lmagan veb-saytlardan foydalanishga cheklovlarni joriy etish, yoshlarda axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish zarur. Aholining xolis va haqqoniy axborotga ega bo'lishini ta'minlash- , har bir fuqaro tafakkurida mafkuraviy immunitetning shakllanishiga sharoit yaratish, g'oyaviy muxoliflarimizning harakatlariga qarshi ma'naviy-ma'rifiy targ'ibotni kuchaytirish, voyaga yetmagan yoshlarga oid milliy qonunchiligimizga ma'naviy tahdidlar, axborot xurujlarining oldini olishga qaratilgan zarur o'zgartish hamda qo'shimchalar kiritish darkor. Yurtimizda internet halqaro axborot tarmog'ini milliy ma'lumotlar bilan to'ldirish ham bugungi kunning eng dolzarb zaruriyatidir. Ta'kidlash joizki, bu borada bir qator yutuqlarga erishilmoqda. SHuni unutmaslik lozimki, bugun yurtdoshlarimiz ongiga bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan darajada ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o'ylangan, ilmiy asosda puxta tashkil etilgan, uzluksiz olib boriladigan ma'naviy tarbiya bilan javob berish lozim. Toki yoshlarimiz milliyligini saqlab qolgan holda, dunyoni chuqur anglaydigan, davr shiddati bilan baqamti qadam tashlaydigan insonlar bo'lib yetishsin. Ana shunda ahloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g'oyalar yurtdoshlarimizga o'z ta'sirini o'tkaza olmaydi.] 11 Darhaqiqat, bugun O'zbekiston qo'lga kiritayotgan salmoqli yutuqlar, barcha sohalarda olib borilayotgan izchil islohotlarning yuksak natijalari va samaralari jahon hamjamiyatini hayrat va havasga solmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotidagi bu tarixiy erishishlarning boisi esa, albatta, erkin va ozod, tinch-osoyishta hayotimizning mevasidir. Tarixiy xotira ham, shu ma'noda, mustaqilligimizni mustahkamlash, halqimizning farovon kelajagini ta'minlash, boy milliy merosimiz va qadriyatlarimiz, urf-odat, an'analarimizni e'zozlash, yurtimizni taraqqiy etgan ilg'or mamlakatlar qatoriga olib chiqish uchun fuqarolarimizda daxldorlik tuyg'usini shakllantirishga xizmat qiladi.Kelajagi buyuk va ertangi kuni porloq yurtga, millatga har tomonlama sog'lom, ma'nan yetuk yoshlar zarur. SHu bois, bugungi kunda yosh avlod tarbiyasiga bo'lgan e'tibor bizda davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Birinchi Prezidentimizning: "Bugun yoshlarimiz hal qiluvchi kuch bo'lib hayotga kiryapti. Men bu yoshlarga o'zimga ishongandek ishonaman", degan so'zlari zamirida ham ana shu haqiqat mujassam.12 Shunday ekan, yoshlarimiz ongini egallashga qaratilgan har qanday xatti- harakatlarga, milliy manfaatlarimizga raxna solishga, ma'naviyatimizga tajovuz qilishga, umrimiz mazmuni bo'lgan tarixiy xotiramizni buzishga urinayotgan g'arazli kuchlarga qarshi doimo ogoh turishimiz darkor. Ana shundagina bizni hech kim, hech narsa o'z tanlagan yo'limizdan ortga qaytara olmaydi va biz ko'zlagan ulug'vor maqsadlarimizga albatta yetamiz. Internetning ta'siri: yot, buzg'unchi g'oyalarning kirib kelishi (diniy ekstremizm, millatchilik, irqchilik, sadizm misolida); G'arb yashash tarziga xos, lekin o'zbek mentalitetiga zid g'oyalar, qarashlarning yoshlarga ta'siri (kiyinish, chekish, pirsing, tatuirovkalar va hokazo); pornografik axborotlarning yoshlar tarbiyasiga ta'siri; tekshirilmagan axborotlar (bo'xtonlar). Internetning ulkan imkoniyatlari, unda axborot oqimining tezkorligi, auditoriyaning cheklanmaganligi, o'z maqsadlarini terroristik yo'l bilan amalga oshirishni odat qilib olgan - yovuz kuchlarning manfaatlariga ham xizmat qiladi. endilikda Internet tizimida yuzlab terroristik saytlarning manzillari aniqlangan. Terrorizm - Internetda o'ta izchil voqelik: saytlar to'satdan paydo bo'ladi va tez- tez formatini o'zgartirib turadi. Kutilmaganda esa, o'z mundarijasini saqlagan holda, ammo manzilini o'zgartirish yo'li bilan ko'zdan g'oyib bo'ladi. Terroristik guruhlar Internetdan asosan quyidagi sakkiz usul orqali foydalanadilar: Psixologik urush Reklama va targ'ibot Ma'lumotlar to'plash Vositalar to'plash Qo'lga tushirish va safarbar etish Tizimlar tashkil etish Axborot ta'minoti Rejalashtirish va koordinatsiya Aholini (jamiyatimizni) kiberterrorizm va Internetdagi terroristik harakatlardan himoya qilish bilan birga, bir qator antiterroristik harakatlar majmuini ishlab chiqish talab etilmoqda. Internetdagi faoliyatning ijobiy tomonlari quyidagilar bo'lishi mumkin: dunyoqarashning kengayishi; ob'ektiv va negativ axborotlarni qabul qilib, ularni tahlil qilish imkoniyati (bunda yosh yigit yo qizning axborotga "to'q bo'lishi" va ularni saralay olish qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Agar unda axborotga bo'lgan "did" bo'lmasa, u axborot oqimida "cho'kib" ketishi mumkin ya'ni, ta'siriga berilib ketishi); masofaviy o'qishlarda ishtirok etish imkoniyati; axborotlarni tanlash imkoniyati borligi.13 Bugungi kunda voyaga yetmaganlarni ma'naviy tahdidlar va informatsion xurujlardan himoya qilishdek dolzarb masalala muhokama etilishi, ushbu yo'nalishdagi ishlarni tahlil qilish, qolaversa, mavjud muammo va kamchiliklarga barham berishda barcha insonlar birdek masuldirlar. Muhtaram birinchi Prezidentimizning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida aytganlaridek "Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob'ektiv tan olish kerak - bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo'shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog'lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas. SHu ma'noda, globallashuv - bu, avvalo, hayot sur'atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir".14 XXI asr - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir va bog'liqlik tobora kuchayib borayotgan murakkab jarayonlar qurshovida, ya'ni globallashuv zamonida yashayapmiz. Bugun nafaqat yurtimizning, balki dunyoning u chekkasidan bu chekkasiga qadar - bir qadam. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sharofati bilan inson o'z uyida o'tirganicha dunyoning turli chekkalarida qanday voqea- hodisalar yuz berayotganini nafaqat eshitish, ayni chog'da ko'rib-kuzatish va hatto o'z munosabatini bildirish imkoniga ega. Hozirgi kunda mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 9,8 milliondan oshdi. 16 mingga yaqin Uz domenidagi veb-saytlar faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq veb-sayt ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatga olingan. Ta'limni axborotlashtirish tizimida barpo etilgan infratuzilmalardan, o'qish va boshqarish maqsadida axborot resurslarining yangi raqamli ko'rinishlaridan keng foydalanishga yo'l ochilmoqda.15 Ayniqsa, axborot-resurs markazlari barpo etilib, faol ishlamoqda. Ushbu markazda turli ta'lim faoliyatlari yo'nalishlari bo'yicha 125 ta elektron ta'lim vositalariga kirish imkoniyati mavjud. Ta'lim muassasasi lokal tizimi (Wi-Fi) orqali internetga chiqish tashkil etilgan. 82 foiz o'qituvchilar axborot texnologiyalari foydalanuvchilarining sertifikatiga ega. Bularning hammasi ta'lim jarayonini yanada qiziqroq tashkil etishga imkon beradi. Lekin, masalaning yana bir nozik tomoni borki, uni ham unutmasligimiz lozim. Texnik imkoniyatlarning va telekommunikatsiya tizimiga kirishning kengayishi, elektron axborot vositalarining rivojlanishi, ularning Internet bilan mos kelishi va onlayn rejimida muloqot qilish yo'llarining ko'pligi voyaga yetmaganlar o'rtasida axborot xavfsizligiga tahdidni yanada kuchaytiradi. Bunda g'oyaviy ta'sir yo'naltirilgan mamlakatlar aholisining xohish-istaklari, mentaliteti, mavjud muammolari jiddiy o'rganilgan holda, asosiy e'tibor kishilar ongi va dunyoqarashiga ta'sir ko'rsatishga, shakllangan qadriyatlarni o'zgartirishga, ularning "regulyator"lik rolini kamaytirishga yoki butunlay yo'qqa chiqarishga qaratiladi. Yurtimizda voyaga yetmaganlar tomonidan kompyuter o'yinlarini o'ynash bo'yicha o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, kompyuter o'yinlariga qancha vaqt sarflaysiz? — savoliga 86% respondent 1-2 soat, deb javob qaytargan, 10% respondent 3-4 soat, 3,3% respondent 7 soat va undan ko'proq vaqtni kompyuter o'yinlari o'ynash bilan o'tkazishini aytgan. 0,7% respondent 5-6 soat vaqt davomida o'yin o'ynayman, deb javob qaytargan. Internet orqali kirib kelayotgan xavflarning yoshlardan ham ko'ra bolalar ongiga ko'proq ta'sir qiluvchi usuli — bu kompyuter o'yinlaridir. Bugungi kunda kompyuter o'yinlarining eng ommalashgan janrlari, masalan, «Call of duty», «Mortal Combat», «Sylend Hill» va boshqalar yoshlar ongini zaharlashga, ularning ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishga qaratilgan ma'naviy xurujlardir. Ular orasida shunday mazmundagi o'yinlar borki, unda «sen o'ldirmasang, seni o'ldiradilar» aqidasi ilgari surilgan.SHuning uchun, zamonaviy media-makonida voyaga yetmagan foydalanuvchilarning soni oshib borayotganligi, o'z navbatida, ularning jismoniy va ma'naviy-ahloqiy jihatdan himoya qilish muammosining dolzarbligini ham oshirmoqda.Bir tomondan, har bir bolaning imkoniyatlari maksimal tarzda amalga oshirilishi va hayotiy salohiyatni shakllantirish, ta'lim, tarbiya va faoliyatning ijtimoiy pozitiv turlarida o'zini ko'rsata olishi uchun sharoit yaratish lozim. Ayni paytda buning uchun yangi axborot texnologiyalarini qo'llamasdan va internet tizimidan foydalanmasdan erishib bo'lmaydi. Boshqa tomondan esa, yoshlar uchun har jihatdan qulay va hayrixohlik ruhidagi axborot makonini barpo etish bilan bog'liq muammolar o'z ahamiyatini 25
Download 308.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling