O„zbekiston respublikasi oliy
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Shaxs otlari sandig„i”
- Kiyim-kechak nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlari
1-topshiriq. ―Shaxs otlari sandig‗i‖dagi so‗zlarni jadvalga to‗g‗ri joylashtiring.
285
“Shaxs otlari sandig„i”
2-topshiriq. ―Shaxs otlari sandig‗i‖dagi so‗zlardan jadvalning ikki yoki uch guruhiga to‗g‗ri keladiganlarini ajrating. Masalan, bola – shaxsni yoshiga ko„ra atovchi ot; bola – shaxsni qarindoshligiga ko„ra atovchi ot. O„quvchilarga o„zlariga tanish bo„lgan narsa-buyum nomlarini guruhlash topshirig„ini berish ham samara beradi. Bunda sinf o„quvchilarini beshtadan (5x5, 5x5,5x5...) kichik guruhchalarga bo„lish va ularning har biriga alohida topshiriq berish mumkin. Masalan, kichik guruhga topshiriq: Kiyim-kechak nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzing. kichik guruhga topshiriq: Oziq-ovqat nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzing. kichik guruhga topshiriq: Uy-ro‗zg‗or buyumlari nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzing. kichik guruhga topshiriq: Xomashyo nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzing. kichik guruhga topshiriq: Qurol-asbob nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzing. 286
Kiyim-kechak nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlari1.Xotin-qizlarning kiyim-kechak nomlarini ifodalovchi otlar. xotin-qizlarning oddiy kunlarda kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar. xotin-qizlarning tantanali kunlarda (bayram, to‗y, bazm...) kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar. Yil fasllari bilan bog„liq tarzda: xotin-qizlarning bahorda kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar: –ustki kiyimlar: nimcha, plash, kostyum, jempir... –ichki kiyimlar: (atlas, adras) ko„ylak, kofta, yubka, sarafan... –bosh kiyimlar: do„ppi, shapka, shlyapa, beretka. –o‗ragichlar: ro„mol, sharf, sharfcha. –oyoq kiyimlar: etikcha, botinka, krassovka, butsi. xotin-qizlarning yozda kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar. –ustki kiyimlar: (harir) ko„ylak, kofta, yubka, futbolka... –oyoq kiyimlar: shippak, basanoshka, (old va yon qismi ochiq) tufli. xotin-qizlarning kuzda kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar. –ustki kiyimlar: kurtka, kostyum, (yengsiz) chopon, xalat, (uzun) nimcha... –ichki kiyimlar: (qalinroq) ko„ylak, lozim, kofta, yubka, sarafan, vodolaska... –bosh kiyimlar: shapka, shlyapa, beretka. –o‗ragichlar: ro„mol, sharf, sharfcha. –oyoq kiyimlar: tufli, krassovka, makasinka... xotin-qizlarning qishda kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar. –ustki kiyimlar: chopon, palto, kurtka... –ichki kiyimlar: (junli, drap) ko„ylak, lozim, shim.. –bosh kiyimlar: papoq, telpak... –o‗ragichlar: ro„mol, sharf. –oyoq kiyimlar: etik, etikcha, maxsi-kovush... 287 2.Erkaklarning kiyim-kechak nomlarini ifodalovchi otlar. 3.Bolalarning kiyim-kechak nomlarini ifodalovchi otlar. Tabiiyki, qolgan guruhlar ham xuddi shunday yana ichki guruhchalarga ajraladi. ―Аniq vа mаvhum оtlаr‖ mavzusi o„quvchi nutqini aniq (sayis, nishona, bosmaxona, sallagul, marvaridgul, do‗l, sel) va mavhum (shukrona, tuyg‗u, bag‗rikenglik, quvvat, nafislik, hayolilik, odob, saxiylik, hilmlik, tavoze kabi) otlar bilan boyitadi. Shu o„rinda aniq otlarni mavhum otlar bilan solishtirish (qalam–qalamkashlik; jadid– jadidchilik) imkoniyati paydo bo„ladi. Shuningdek, otlarning lug„aviy guruhlarini o„rgatishda yakka va jamlovchi otlarni farqlash (xalq– fuqaro, olomon–kishi, to‗da–kimsa, guruh–shaxs, armiya–soldat,otar– qo‗y, uyur–ot, gala–bo‗ri, poda–sigir) ham o„quvchiga fikr ifodalashida qulaylik tug„diradi. O„quvchilar otlarning son shakllari bilan tanishar ekanlar, daraxt- daraxtlar, uy-uylar singari so„zlarning shakli ustida ishlaydilar, ko„plik ma‟nosini ifodalovchi boshqa vositalarni aniqlaydilar; bu so„zlar ishtirokida gaplar tuzib ko„plikni ifodalovchi qo„shimchalar ma‟nosini sharhlaydilar. ―Otlarning kichraytirish va erkalash shakllari‖ mavzusi o„rganilar ekan, o„quvchilarga otlarning kichraytirish shakllari bilan bog„liq so„z juftlarining ma‟no farqini topish (qush–qushcha, shahar– shaharcha; toy–toychoq, qo‗zi–qo‗zichoq; tugun–tugunchak; qop- qopchiq), shuningdek, otlarning erkalash shakllari bilan bog„liq so„z juftlarining ma‟no farqi topishga e‟tibor qaratilgan (Po‗lat–Po‗latjon, Salima–Salimaxon, Karima–Karimabonu; Yoqut–Yoqutoy, Zaynab– Zaynabniso, Bilol–Bilolbek; qiz–qizaloq, bolam–bolaginam) topshiriqlarni berish o„rinli. Yasama otlar, asosan, affiksatsiya (shaxs otlari: kompyuterchi, yilqichi;sholikor, g‗allakor; tishunos, o‗lkashunos; aravakash, kirakash; etikdo‗z, zardo‗z; kitobxon, gazetxon; zargar, kimyogar; soatsoz, kemasoz; mantipaz, oshpaz; dorboz, askiyaboz; sutxo‗r, sudxo‗r; mulkdor, muhrdor; bog‗bon, darvozabon; sinfdosh, kursdosh va b.; narsa-buyum otlari: qalamdon, kuldon; kurak, elak, to‗shak; o‗roq, suvoq; supurgi, chopqi, tepki, tomizg‗i; qatlama, suzma; o‗lchagich, o‗chirg‗ich, qisqich; qirindi, cho‗kindi; shaqildoq; do‗mbira, jizza; tugun, quyun; kekirdak; ilmoq, quymoq; o„rin-joy otlari: bodomzor, o‗rikzor, pistazor; O‗zbekiston, Tatariston; o‗tloq, 288 qumloq; Gulobod, Ne‘matobod; Toshkent, G‗azalkent; qabulxona, to‗yxona; sayilgoh, oromgoh; mavhum otlar: do‗stlik, poklik; qo‗shnichilik, uzumchilik; og‗aynigarchilik, odamgarchilik; elektrlashtirish, avtomatlashtirish; sevgi, kulgi, tepki (kasallik), turtki, tuyg‗u; chidam, unum, kechirim; tilak, kekirik; og‗riq, buyruq, qiynoq; isitma, terlama; o‗kinch, sevinch; bekinmachoq, tortishmachoq; qurilish, o‗pirilish; maqtov, qo‗rquv; otaliq, tuzliq kabi) va kompozitsiya (simcho‗p, Beshyog‗och, xontaxta, xandonpista, go‗shtqiymalagich) usulida yasalishi bilan bog„liq amaliy faoliyat ham o„quvchi nutqini yangi so„zlar bilan boyitishga qaratiladi. 1-topshiriq. Berilgan chizmaga diqqat qiling va u xususida xulosa chiqaring. 289
“Ot” so„z turkumini o„rganishda milliy tarbiyaning bu qirrasi o„qituvchining diqqat markazida bo„lishi lozim. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling