4. 0 ‘rish - mollar yaylovda boqilgandan keyin, yeyilmay qolgan
o'tlarni o'rish lozim. Bu tadbir keyingi o'rimlarning tekis o'sib chiqishiga
yordam beradi. Yoyilmasdan qolgan o 't dag'allashadi, quriydi, yaylovlar
sekin-sekin madaniy holatini yo'qotadi.
5. Sug'orish - madaniy yaylovlarda qolgan o'tlar o'rilgandan
keyin
amalga oshiriladi.
6. O 'g'itlash - rejada ko'rsatilgan bo'lsa sug'orishdan oldin o'g 'it
solinadi.
7. Mollar boqilgandan keyin so'nggi borona yordamida maydonga
yoyiladi.
Yaylovlardan foydalanish tartibi
Yillar davomida yaylovlardan yaxshi hosil olish
uchun ulardan oqilona
foydalanish lozim.
1. Yaylovlarni jihozlash.
Yaylov ferma yaqin bo'lsa(l-2 km)
mollar
sug'orishga, sog'ishga va dam olish uchun fermaga haydab keltiriladi.
Yaylov femiadan uzoq bo'lsa uning atrofida vaqtinchalik uylar quriladi.
Bunda veterinariya xizmati, cho'ponlarning yashash, mollami sog'ish va
sug'orish uchun shart-sharoit yaratiladi.
2. Yaylovlatish usuli.
Yaylovda mollar uch xil usulda boqiladi:
A.
Mollar yaylovda erkin yuradi, xohlagan joydan o'tlaydi.
B. Har bir bosh mol qoziqlarga bog'lab qo'yiladi. M a’lum doiradagi
o ‘t ycyilgandan keyin yangi joyga bog'lanadi.
D. Yaylov bir ncchta zagonlarga (maydaroq qismlarga) bo'linadi,
mollar zagonlarda qabul qilingan tartibda boqiladi.
Mollarni erkin boqish usuli O'zbekistonning tabiiy yaylovlarida
qo'llaniladi, hosili kam o'tzorlarda faqat shu usulda yaylovlatiladi.
Bog'lab boqish usuli madaniy sug'oriladigan serhosil maydoni kam
o'tzorlarda qo'llaniladi. Bu kichik fcrmalarda qo'llanishi mumkin. Bu
usulda yaylovlardan juda tejamkorlik bilan foydalaniladi. Sug'oriladigan
katta maydonli yaylovlarda bir nechta maydonlarga bo'linib mollar
yaylovlatiladi. Bu usularda ham yaylovlardan to'la va to'g'ri foydalanish
mumkin.
Bir zagonning maydonini aniqlash uchun poda soni, hosildorlik va
bir kunda bir bosh molning o't ycyish me’yori
va bir zagonda necha kun
mol boqilishini bilish kerak.
169
Bir zagon maydoni aniqlangandan keyin mavjud yaylov maydoni
shu raqamga bo'linadi, shunda zagonlami soni kelib chiqadi.
Zagonlarda maydonlami yaylovlatish, ayrim o'rim lardan
pichan
tayyorlash va urug* olish tartibi aniq rejalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: