O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/138
Sana02.12.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1779362
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   138
Bog'liq
Atabayeva H. Yuldasheva Z. Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (1)

2. Adir mintaqadagi yaylovlar.
Bu mintaqa biroz salqin va namgarchilik ko‘p bo‘ladi. 0 ‘rtacha yillik 
harorat 12,3°C, haroratning maksimumli 42°C ni tashkil etadi. Qishda 
sovuq - 4-25°C bo'ladi. Yog‘ingarchilik miqdori 200-400 mm bo'ladi. 
Tuprog'i har xil turdagi bo‘z tuproqlardir.
U chraydigan o'sim liklar: buta va yarim b u talar - izen, shuvoq, 
teresken; ko'p yillik o'tlar - betaga, karrak, ajriqbosh, oq so'xta, sebarga, 
qashqarbeda, rang va hokazolardir.
Adir mintaqasiga dengiz sathidan 500 m dan 160m gacha balandlikda 
joylashgan maydonlar kiradi. Pastki adir (500-900 m dengiz sathidan) 
relyefi tekis, asosiy ekinlari - rang, qo'ng'irbosh, no'xatak, yaltirbosh va 
boshqa bir yillik va ko'p yillik o 'tlar uchraydi. Yuqori adir 900-1000 m 
balandlikda, relyefi notekis, asosiy o'sim liklar - qo'ng 'irb o sh, rang, 
qo'ziquloq, bug'doyiq, beda va sebarga turlari, yovvoyi arpa, kiyik o 't 
hisoblanadi. Hosil 10-15 s atrofida bo'ladi.
3. Tog ‘ mintaqasidagi yaylovlar.
Bu m intaqa dengiz sathidan 1600-2800 m balandlikda joylashgan. 
Yoz oylarida o'rtacha harorat 8-12°C, qishi sovuq, sovuq kunlar 3-4 oy 
davom etadi. Y og'in lar m iqdori 500-900 mm. M intaqaning pastki 
qismlarida tuproqlarda gumus ko'p, q o 'n g 'ir rangda bo'ladi. Yuqori 
to g 'n in g tu p ro q lari kulrang, chuvalchang k o 'p uchraydi. Relyefi 
m urakkab. O'simliklarning turlari xilma-xil bo'lib, tog' yaylovlarida 
teresken, n a’matak, shuvoq. betaga, mushukquyruq, otquloq, tog' arpa, 
tulkiquyruq, tariq, qiyoq, qorabosh, olabuta, taroqbosh kabi o'simliklar 
k o 'p uchraydi.
Pastki tog'li yaylovlarda efemerlar, bargak, betaga uchraydi. Tekis 
maydonlardan pichan o'riladi va 25-30 s hosil olinadi.
4. Baland tog'yaylovlari (Alp yaylovlari).
Bu mintaqa dengiz sathidan 2600-3800 m va undan baland bo'ladi. 
Yaylov maydoni kam. Havo past, bulutli kunlar ko'p, yozda ham yog'in 
bo'ladi. Tuproqlari to'k qo'ng'ir tusda va qora bo'ladi. Bu yaylovlarda 
buta va yarim butalardan tikonli teresken, tog'shuvoq, arslonquloq,
164


betaga, karrak, oq gulxayri. sumbul, qo'ng'irbosh o'tlar ko'p bo'ladi. 
Hosili 5-14 s ga yaqin pichan olish mumkin. Bu mintaqada dorivor 
o'simliklar, mevali va manzarali daraxtlar ham ko'p o'sadi.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling