O’zbekiston respublikasi oliy va innovatsion ta’lim vazirligi


Download 247.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana16.06.2023
Hajmi247.11 Kb.
#1513362
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
favqulodda soliqlar mavjud bo‘lib, u tilla puli va mis puli, ulov puli, alaf puli, 
nafsona, mushtak, kafsan, yaksara va boshqalardir. 
Xon xazinasiga kelib tushgan soliqlar – xossachi, bek xazinasiga tushgan 
soliqlar – beklik deb atalgan. 
Qo‘qon xoligida soliqlardan ozod qilingan, ya’ni, “mulki xur” yerlar ham 
mavjud bo‘lib, ularning egalari bo‘lgan sayyid, xo‘jalar, shayxlar va eshonlar 
xonning maxsus inoyatnomalari asosida barcha soliqlardan ozod qilinganlar. 
32
Ahmedov B.R.O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari. Toshkent. 2001 yil. 


Shuningdek, xonzoda va to‘ralar, ba’zi qozi, rais, amin, darvesh va so‘filar ham 
tanob solig‘idan ozod qilingan.
33
Xonlikning deyarli barcha shahar va qishloqlarida hunarmandchilikning 
taraqqiyoti bir xil bo‘lgan bo‘lsa-da, ishlab chiqarish o‘zining ayrim xususiyatlari, 
ya’ni, mahsulotning turi, sifati bilan ajralib turgan. Hunarmandchilikning 
temirchilik, zargarlik, to‘quvchilik, degrezlik, kulolchilik, misgarlik va boshqa 
tarmoqlari keng rivojlangan bo‘lib, xonlikning har bir shahri muayyan sohada ishlab 
chiqargan mahsuloti bilan dong taratgan. Misol uchun, Qo‘qon shahri zargarlik va 
qog‘oz ishlab chiqarish, Shahrixon va Chust tikuvchilik hamda temirga ishlov 
berish, xususan, pichoqchilik, Marg‘ilon, Namangan va Andijon esa ipak 
gazlamalari, Toshkent o‘zining tikuvchilik, to‘quvchilik, cho‘yan, temir-mis 
mahsulotlari bilan mashhur bo‘lgan.
34
Xonlikda qurolsozlikka alohida e’tibor qaratilgan.Bu tarmoq shahar 
hunarmandchilik ishlab chiqarishining obro‘li sohalaridan hisoblangan. Qo‘qon 
shahrida zambaraklar, miltiqlar, qilichlar, pichoqlar, xanjarlar, qalqonlar, nayzalar 
va boshqa harbiy anjomlar tayyorlangan. 
Xonlikda hunarmandchilik va kosiblik ishlab chiqarishini asosan paxtachilik, 
ipakchilik, chorvachilik tarmoqlari va yer osti boyliklarini qazib chiqarish sohalari 
xom ashyo bilan ta’minlagan. 
Qo‘qon xonligi hayotida ichki va tashqi savdo munosabatlari alohida 
ahamiyatga ega edi. Ichki savdo – o‘troq dehqonlar, ko‘chmanchi chorvadorlar va 
shahar-qishloq hunarmandlari o‘rtasidagi an’anaviy mahsulot ayirboshlashga 
asoslangan. Aholining kundalik ehtiyojlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
tayyorlangan mahsulotlar bilan ta’minlab turilgan. Barcha ichki savdo chakana 
bo‘lib, ulgurji savdo deyarli bo‘lmagan.
35
33
Ahmedov B.R.O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari. Toshkent. 2001 yil
34
Bohodir Eshov, O‘zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi, Toshkent-2012
35
Azamat Ziyo. O`zbek davlatchiligi tarixi. T., ―Sharq, 2000.


Qo‘qon xonligining eng asosiy savdo va tijorat markazi Qo‘qon, Toshkent, 
Marg‘ilon, Andijon, Xo‘jand, Namangan, O‘sh, O‘ratepa kabi shaharlar bo‘lib, ular 
orasida Qo‘qon nafaqat xonlik, balki butun O‘rta Osiyoning savdo markazlaridan 
biri hisoblangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘qon bozorlari o‘zining mahsulotlarga 
boyligi va narx – navoning boshqa shaharlarga nisbatan ancha arzonligi bilan ajralib 
turgan. Shaharning devorlar bilan o‘ralgan katta bozorlari mahalliy aholi va chetdan 
kelgan savdogarlar bilan doimo gavjum bo‘lgan. Rus manbalarida keltirilishicha, 
XIX asrning 20-yillarida Qo‘qonda oltita bozor bo‘lib, ular yakshanba, chorshanba 
va payshanba kunlari ishlagan. Bu bozorlarda qattiq nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, 
xaridor haqqiga xiyonat qattiq jazoga tortilgan. 
Qo‘qon honligining iqtisodiy hayotida tashqi savdo ham muhim ahamiyat 
kasb etgan. Mamlakat g‘arb va janubda Buxoro, Xiva, Afg‘oniston, Eron, Turkiya, 
Hindiston, sharqda Xitoy (Qashg‘ar orqali), shimolda Dashti Qipchoq 
ko‘chmanchilari va ayniqsa Rossiya bilan keng savdo aloqalari o‘rnatgan. Ayrim 
manbalarda xonlikda yaponiyalik va angliyalik savdogarlar ham kelganligi eslatib 
o‘tiladi. 
Xonlikdan chet elga asosan ipak va ipak matolar, paxta, charm, qimmatbaho 
toshlar, oltin, kumush, zargarlik buyumlari va boshqa mahsulotlar chiqarilgan. Chet 
eldan asosan choy, metall, chinni, uy-ro‘zg‘or buyumlari, tayyor gazlama, kiyim-
kechak, poyafzal va boshqalar keltirilgan. 
Xonlikning savdogarlari Buxoro va amirlik chegaralaridagi shaharlar bilan 
muntazam savdo aloqalari olib borganlar. Har ikkala davlatning savdogalari savdo 
ishlarida faol ishtirok etib, qo‘qonlik savdogarlar Buxoro amirligiga xo‘jalik 
hayotda zarur bo‘lgan rus temiri, po‘lat va cho‘yandan yasalgan buyumlar, tamaki, 
ro‘mol, guruch va ba’zi xitoy yoki mahalliy ipak gazlamalari, choy, chinni idishlar 
olib borishgan bo‘lsa, buxorolik savdogarlar esa Qo‘qonga hind choyi, surp mato, 
harir, buyoq, afyun (taryok), zardo‘zlik mahsulotlari, ip va gazlama olib kelishgan. 
Rus chiti Buxoroning Qo‘qon xonligi bilan savdosida alohida o‘rin egallagan. 
Bu mato Orenburg yoki Petropavlovskdan Kazalinskka, undan Buxoro, Samarqand 


va Xo‘jand orqali Qo‘qonga olib kelingan. Shuningdek xonlikda Mashhaddan olib 
kelinadigan ingliz gazlamalari, oz miqdorda bo‘lsa ham Qobulning to‘n va sallalari, 
hind attorlik mollari ham keltirishgan. 
Qo‘qon xonligining Qashg‘ar bilan savdo munosabatlari xuddi Buxoro 
amirligi kabi bo‘lib, Qashg‘ardan Qo‘qonga afyun, chinni idishlar, kumush, xitoy 
ipak matolari, tola va gilamlar olib kelingan. Qozoq juzlarining Rossiyaga tobe 
etilishi hukmdor tabaqalar o‘rtasidagi o‘zaro urushlarning to‘xtashiga sabab bo‘ldi 
va bu holat O‘rta Osiyoning, jumladan, Qo‘qon xonligining Sibir, Ural, Volga bo‘yi 
bilan savdo aloqlariga keng yo‘l ochdi. 
Xonlik Hindiston bilan ham muntazam savdo aloqlarini olib borib. Manbalar 
ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistondan yiliga Qo‘qon, Toshkent, Buxoro va 
Qashg‘arga Qobul orqali 10.000 dan 15.000 tuyagacha mahsulot yuborilgan. Ular 
orasida ip gazlamalar, ipak, echki juni, otlar va boshqalar chiqarilgan. Otlar 
savdoning katta foyda keltiradigan manbalaridan biri bo‘lgan. Hind savdogarlari 
xonlikdagi shaharlarda yashab tijorat va hatto, sudxo‘rlik bilan shug‘ullanganliklari 
haqida ham ma’lumotlar bor.
36
Qo‘qonlikning tashqi aloqalarida Qo‘qon-Rossiya savdo munosabatlari ham 
alohida o‘rin tutgan. Manbalarga ko‘ra, 1861 yildan keyin rus sanoatining jadal 
rivojlana boshlaganligi xom ashyo bazasi va tashqi bozorga bo‘lgan ehtiyojning 
yanada kuchayganligi Rossiyaning Qo‘qon bozorini faol egallab, undan cheksiz 
foydalanishning asosiy sabablaridan biri bo‘lgan. Rossiyadan Qo‘qonga temir, mis, 
po‘lat, cho‘yan va temir buyumlar, chit va sifatsiz gazlamalar, oz miqdorda baxmal, 
shakar, oynalar, charm, Rossiyaga tobe bo‘lgan qozoq cho‘llaridan qo‘ylar va uning 
terisi, charm va charm mahsulotlari, kigiz olib kelingan. Xonlikdan esa Rossiyaga 
asosan paxta olib chiqilgan.
37
 
36
N.Norqulov, U.Jo`rayev. O`zbekiston tarixi. T.,Sharq 2010.
37
N.Norqulov, U.Jo`rayev. O`zbekiston tarixi. T.,Sharq 2010.


XULOSA 
Mustaqillika erishganimizdan so’ng,barcha sohalar qatori ilm-fanga ham 
alohida e’tibor berila boshlandi.Xususan Vatanimiz tarixini o’rganish,tadqiq 
etish,ochilmagan qirralarni kashf etish asosiy masalalardan biri sifatida 
ko’tarildi.Jumladan xonliklar tarixini o’rganish ham dolzarb masalalardan bo’lib 
qolgan edi.Yangi davrga kelib Yevropa mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy,madaniy va 
siyosiy jihatdan yuksalish jarayonini boshdan kechirdilar. O’rta Osiyo xonliklari esa 
aksincha chuqur tanglik holatiga tushib qoldilar. XVII-XIX asrlarda O`rta Osiyo va 
undagi davlatlar jahon sivilizatsiyasi jarayonidan tobora chetda qolaverdi, ilg`or 
davlatlardan orqada qoldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xonliklar davri 
tarixiga yangicha nazar tashlar ekan, tarixchi mutaxassislarga quyidagi savollar 
bilan murojat qilgan edilar: ― ”Nega jahonda Axmad Farg`oniy Muxammad 
Xofiziy, Ibn Sino,Abu Rayxon Beruniy, Imon Buxoriy, Amir Temur, Mirzo 
Ulug`bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII-XIX 
asrlarga kelib to shu chog`gacha erishgan yuksalish jarayonlaridan tushib ketdi? 
Nega so`ngi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi? 
Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay chor Rossiyaning o`lkamizni nisbatan 
oson zabt etishida mana shu qoloqlikning ham o`rni bo`lmaganmikin”.
38
Bu jarayonlardan Qo’qon xonligi ham chetda qolmagan.To’g’ri, xonlik 
dastlabki davrlarda ijtimoiy-iqtisodiy,madaniy jihatdan bir muncha yuksalish 
jarayonini boshdan kechirdi.Bunga yuqoridagi ma’lumorlarning ba’zilarini keltirib 
o’tishimiz 
mumkin.Mamlakatda 
savdo-sotiq,hunarmandchilik,yer 
egaligi 
munosabatlari rivojlangan edi.Bundan tashqari qishloq xo’jaligida ham birmuncha 
yuksalish bor edi.Ammo bu yuksalishlar yuqori darajada emasdi.Buni xonlikning 
ko’p jihatdan Rus imperiyasiga bog’lanib qolganligidan bilib olishimiz mumkin.Bu 
esa oxir-oqibat xonliklarning,jumladan Qo’qon xonligining imperiya tomonidan 
zabt etilishiga sabab bo’lgandi.Bunday jarayonni faqatgina Qo’qon xonligi 
emas,balki O’rta Osiyodagi qolgan xonliklar ham boshdan kechirganlar.Shuning 
38
Karimov. I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q T., ―Sharq, 1998-yil


uchu ham xonliklar davri Vatanimiz tarixida chuqur tushkinlik davri sifatida e’tirof 
etiladi.Xulosa sifatida yana shuni qo’shimcha qilish mumkinki,bu davr xalqimizning 
bir muncha xatolari bilan esda qolarli desak mubolag’a bo’lmaydi.Buni bugungi 
davr ham ko’rsatib turibdi. 

Download 247.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling